"NATO uchun noxush surpriz": Rossiya yangi o‘ziyurar pushkani sinovdan o‘tkazdi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishVistreli iz artilleriyskix orudiy
Vistreli iz artilleriyskix orudiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashina qabul qilish-topshirish sinovlaridan o‘tdi va barcha aytilgan taktik-texnik xarakteristikalarni tasdiqladi. Harbiy desant qo‘shinlari uchun atalgan istiqbolli o‘ziyurar qurol va boshqa yangi aslahalar xususiyatlari haqida — RIA Novosti materialida o‘qing.

TOShKENT, 16 dek — Sputnik, Nikolay Protopopov. Ko‘p kilometrli marsh-brosoklar sinovidan o‘tgan ishonchlilik, harakatchanlik va o‘ta vajohatli o‘t ochishlar - rus desantchilari 2S42 "Lotos" samoxod(o‘ziyurar) artilleriya qurolini qabul qilib olishga tayyorlanishmoqda. Mashina qabul qilish-topshirish sinovlaridan o‘tdi va barcha ma’lum qilingan taktik-texnik xarakteristikalarni tasdiqladi. Harbiy desant qo‘shinlari uchun atalgan istiqbolli o‘ziyurar qurol va boshqa yangi uskunalar xususiyatlari borasida — RIA Novosti materialida o‘qing.

Yengil vaznli jangchi

"Lotos" poligonda 400 kilometr masofani buzilishlarsiz bosib o‘tdi va 120 millimetrli shtat quroldan 14 marotaba o‘t ochdi. Keyingi bosqich - yil yakuniga qadar boshlanadigan dastlabki sinovlar.

Vertolet Mi-26 - Sputnik O‘zbekiston
"Uchar tank va super ovchi": rus jangovar vertolotlari Kavkaz tomon yo‘l oldi

O‘ziyurar artilleriya quroli ilk marotaba 2017-yilda keng ommaga namoyish etilgan, loyihaga esa 2009-yilda tushirilgan. Konstruktorlar desantchilar uchun "Sprut-SDM1" - tanklarga qarshi pushka negizida 152 millimetrli "Zaurales" artilleriya majmuasini yaratishni rejalashtirishgan edi, ammo natijada, garchi qudrat jihatdan bir oz qolishsa-da, biroq yanada harakatchan va yengil mashina yaratildi.

Vaqt o‘tib, "Lotos" 1970-yy oxirida qurollar safiga qabul qilingan va o‘zini yaxshi tomonlama namoyish etgan "Nona" artilleriya-minomotini o‘rnini bosadi. Qurol uchun baza sifatida BMD-4M bilan uzellar va agregatlar bo‘yicha birlashtirilgan shassini olishdi. Jangovar mashinasi massasi 18 tonnadan oshmaydi, 450 ot kuchi quvvatiga ega dizelli dvigatel esa shosseda soatiga 70 kilometrgacha tezlikda harakatlanishi mumkin. Yo‘l bosish zaxirasi — 500 kilometrgacha. Desantchilarning boshqa texnikalari singari, "Lotos" ham suzishni biladi va bir necha metrgacha chuqurlikka ega suv to‘siqlarini yenga oladi.

Tanki T-14 Armata  - Sputnik O‘zbekiston
Rus quroli: 2020-yilning dastlabki natijalari

Ishlab chiquvchilar ekipaj xavfsizligiga, birinchi navbatda, o‘ta yuqori aniqlikdagi qurollardan himoyalanishga alohida e’tibor qaratishgan. Zirhlanish darajasi yengillashtirilgan: korpusi yirik kaliberli pulemotlar tomonidan beriladigan o‘t zarbalari va oskolkalarga chidamli. Ammo perimetri bo‘ylab lazer indikatorlari mavjud bo‘lib, ular raqibning tankka qarshi qurollarni mo‘ljalga olish tizimlari tomonidan "Lotos"ning nurlanishini aniqlaydi.

Bu aqlli himoya. Olingan ma’lumot avtomatik ravishda aerozol granatalar pusk qurilmalariga uzatiladi, ular o‘z navbatida nurlanish manbasiga yo‘llanadi va boyepripaslar o‘qqa tutiladi. Avtotransport vositasini qisqa muddatda zich tutun pardasi o‘rab oladi va dushmanning yuqori aniqlikdagi lazer va infraqizil diapazonlarda ishlaydigan raketalarini chalg‘itib yuboradi.

"Nona" o‘rniga "Lotos"

Oldingi qurol bilan taqqoslanganda "Lotos"ning zarba berish imkoniyatlari sezilarli kuchaytirilgan. Tank bashnyasi - avtomatlashtirilgan jangovar bo‘linmadan iborat. Qurol - masofadan boshqariladi. Mo‘ljalga oluvchi (navodkachi) mexanik-haydovchi bilan birga mashinaning old qismida joy olgan, ekipaj komandiri va zaradlovchi - tank bashnyasida.

Otkritie mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma Armiya-2017 - Sputnik O‘zbekiston
“Bu yutuq”: Rossiya tank jangining yangi texnikasini sinab ko‘rmoqda

Yana bir xususiyat - samolyotdan faqat ekipajning barcha a’zolari bilan birgalikda desant qilib tushish mumkin. "Nona"da esa havodan tushishda faqatgina komandir va mexanik-haydovchigagina mashinada ruxsat berilgan edi.

"Pushkani tanlashda - Lotos" - konstruksiyasi hajmi va vazni bo‘yicha qo‘nish uchun mo‘ljallangan texnikaga mos bo‘lgan BMD-4 bazasida yaratilganligini e’tiborga olgan holda tanlashgan edi, — deya tushuntiradi RIA Novostiga harbiy ekspert Aleksey Leonkov. — Agar massagabarit xarakteristikalarini oshirib yuborsa, Il-76 harbiy-transport samolyotlari o‘z bortiga yetarlicha samoxod qurilmalarini ololmaydi, jangovar operatsiyalarda esa ular soni kamida ikkita bo‘lishi talab etiladi".

"Lotos"ning jangovar komplekti "Nona"nikiga qaraganda ikki barobar ko‘p — taxminan 55-marta o‘t ocha oladi. Stvoli va dula tormozi nisbatan uzunligi hisobiga samarali otish masofasi 13 kilometrga yetadi. Ammo ishlab chiqaruvchilar so‘zlariga ko‘ra, maxsus rejalashtiruvchi jangovar zaxira 20 kilometrga ham uchib borishga qodir.

Tank T-72 komandi voyennoslujashix Uzbekistana vo vremya sorevnovaniy tankovix ekipajey v ramkax konkursa Tankoviy biatlon-2020 na poligone Alabino - Sputnik O‘zbekiston
"Uchinchi jahon urushi" uchun eng yaxshi tank ma’lum qilindi

Qurol gorizontal tekislikda 360 gradusga to‘g‘rilanadi. Bundan tashqari, vertikal bo‘ylab pushka balandligi burchaklari - minus to‘rtdan plyus 80 gradusgacha. Ya’ni, o‘ziyurar qurilma artilleriya pushkasi, gaubitsa yoxud minomet singari otishga qodir. Bundan tashqari, hattoki mashinada ekipaj bo‘lmagan taqdirda ham o‘t ochish to‘liq avtomatik rejimda olib borilishi ko‘zda tutilgan. Yordamchi aslaha - masofaviy boshqariladigan 7,62 millimetrli pulemot uskunadir.

Leonkov, shuningdek, zamonaviy kommunikatsiyalar tufayli yangi samoxodkani qo‘shinlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimiga osonlikcha integrallash mumkinligini ta’kidladi.

"Ekipaj nishonlar to‘g‘risida ma’lumotni yerdan olov zarbasini to‘g‘irlab boruvchidan yoki dronlardan oladi, - deydi ekspert. Dushman mudofaa obyektlarini yo‘q qilishga imkon beradigan o‘ziga xos razvedka-o‘t konturi hosil bo‘ladi. Bu juda muhim va jangda katta ustunlik beradi. Ayniqsa, o‘q-dorilar cheklangan vaqtda dushman orqa tomonida o‘tkaziladigan operatsiyalar davomida".

Tanklar va "Sprutlar"

"Lotos" — harbiy desant qo‘shinlari uchun maxsus ishlab chiqilgan yagona yangilik emas. Yaqin yillarda bu qo‘shinlar eng zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta’minlanadi, xususan, ko‘plab namunalar jiddiy "og‘irlashgan" va yanada kengroq zarba berish imkoniyatlariga ega bo‘lgan.

Tanki T-72 vo vremya komandno-shtabnix ucheniy Kavkaz-2020 na poligone Rayevskiy v Novorossiyske - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyaning T-72 tankini yakson qilish uchun robotni sinovdan o‘tkazdi

Misol uchun, ikki yildan so‘ng suzuvchi tank "Sprut-SDM1"ning davlat sinovlari yakunlanadi: 125-millimetrli artilleriya-raketa majmuasi jangovar qudrat jihatdan asosiy jangovar tanklar sanalmish T-80 va T-90dan qolishmaydi, ammo harakatchanlik bo‘yicha yengil jangovar desant mashinalariga yaqinlashtirilgan.

"Sprut"lardan plasdarmlarda, dushman orqa tomonidan shiddatli reydlarni amalga oshirishda, shuningdek, marsh vaqtida yengil zirhlangan kolonnalar mudofaasi uchun qudratli qo‘riqlash vositasi sifatida foydalanish rejalashtirilmoqda.

"Ehtimoliy raqib yangi yo‘q qiluvchi vositalar bilan qurollanmoqda, xususan, mobil bo‘linmalarga ko‘proq ahamiyat berilmoqda, - deb qo‘shimcha qiladi Leonkov. — NATOning yengil zirhlangan texnikasini bugungi kunda aksariyat hollarda yirik kalibrli avtomatlashtirilgan pushkalar bilan boyitishmoqda. Shu bois, avvalgi "bronyada" jangovar vazifalarni bajarish biz uchun nafaqat o‘ta qimmat bo‘lardi, balki bunday harakatlarni o‘z joniga qasd qilishga qiyoslash mumkin".

So‘nggi vaqtlarda Harbiy desant qo‘shinlarini to‘laqonli tank bo‘linmalari ham shakllantirmoqda. G‘arbda bu singari bo‘linmalar aeromobil, deb ataladi. Xususan, o‘tgan yili uchta desant birlashmalari tarkibida T-72B3 tanklariga ega batalonlar paydo bo‘ldi. Kelajakda HDQning yana beshta birlashmasini og‘ir jangovar texnika bilan jihozlash ko‘zda tutilgan.

Ekspertlar fikricha, tanklar "qanotli piyodalar"ning o‘t ochish qudratini sezilarli oshiradi va har qanday mojarolarda jangovar vazifalarni yanada samaraliroq hal etish imkonini yaratadi.

Yangiliklar lentasi
0