YeOII umumiy gaz bozori qanday muammolarga duch kelmoqda?

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishBlok reduktirovaniya, dlya regulyatsii davleniya gaza v truboprovode
Blok reduktirovaniya, dlya regulyatsii davleniya gaza v truboprovode - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2021
Obuna bo‘lish
YeOII umumiy gaz bozori haqidagi shartnoma ushbu yil davomida tayyor bo‘lishi va 2022-yilda imzolanishi rejalashtirilgan.
O‘tgan haftada Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko YeOIIda umumiy gaz bozori loyihasi amalga oshirilishini e’lon qilgan edi, lekin YeOII hududida gaz transporti uchun tariflar  masalasi hozircha ochiqligicha qolmoqda. Bu borada hozircha kelishuvga erishilgani yo‘q.

Loyihani tezlashtirish 

Yaqin orada Rossiya YeOII umumiy gaz bozori haqida xalqaro shartnoma tayyorlaydi va ittifoq a’zolari uning ustida ishlashga kirishadi, bu haqida “Belarus-1” telekanali efirida Roman Golovchenko ma’lum qildi.
Flagi stran-uchastnis YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2021
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda qachon yagona valyuta paydo bo‘ladi?
“YeOII davlat rahbarlari tomonidan 2025-yilga qadar integratsiyani chuqurlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Hozir Rossiya Federatsiyasi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) tomonidan berilgan topshiriqqa binoan, umumiy gaz bozori haqida xalqaro shartnoma  tayyorlamoqda. Menimcha biz yaqinda umumiy gaz bozori shartnomasi loyihasi ustida ishlashga o‘tamiz”, - dedi Belarus bosh vaziri.
YeIK Kollegiyasi raisi Mixail Masnikovich aytishiga qarganda, Shartnoma ushbu yil davomida tayyor bo‘lishi va 2022-yilda imzolanishi rejalashtirilgan.
Eslatb o‘tamiz, 2016-yilda YeIK Kengashi YeOII davlatlari umumiy gaz bozorini shakllantirish konsepsiyasini tasdiqlagan edi. Unga ko‘ra Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya 2025-yilga kelib umumiy gaz bozorini shakllantirishi kerak.
Gazning umumiy bozori – YeOII hududida ushbu xom ashyo savdosi qoidalarini umumlashtirish, narx siyosatida yagona yondashuvlardan foydalanish, a’zo davlatlar qonunchiligini umumlashtirish va gaz transport tizimlaridan foydalanishning yagona qoidalarini belgilashni nazarda tutadi.

Manfaatlar mojarosi

Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, Belarus va Armaniston Rossiya ichki bozori narxlarida gaz olishdan manfaatdor. Rossiya o‘z navbatida YeOII davlatlarining yanada chuqurroq integratsiyasi tarafdori.
Flagi Rossii, Kirgizstana, Kazaxstana, Belarusi, Armenii, a takje s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2021
YeOII G‘arb sanksiyalariga birgalikda javob beradi
O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan YeIK Oliy kengashida Rossiya prezidenti Vladimir Putin “yagona tarif faqat yagona budjet va yagona soliq tizimiga ega bo‘lgan yagona bozorda o‘rnatilishi mumkin”, - degan edi.
Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, Belarus va Armaniston bu darajada integratsiya qilishga tayyora emas. Rossiya esa, o‘z navbatida, ma’lum siyosiy kafolatlarsiz, iqtisodiy xatarlarni o‘z bo‘yniga olishga tayyor emas.
“YeOII davlatlarinin umumiy gaz bozori 2025-yilda ishga tushishi rejalashtirilgan. U bir necha prinsiplar asosida ishlaydi, - deyli Texnologiyalarni rivojlantirish instituti ekspertlar a’zosi Dmitriy Koptev. Bular – YeOII a’zolari uchun olib kirish va olib chiqish bojlarini bekor qilish, gaz trasnport tizimlaridan foydalanishda – barchaga barobar imkoniyat yaratish, gaz savdosilda yagona tartib o‘rnatish, narx shaakllantirish, tarif siyosatida yagon yondashuv va a’zo davlatlar qonunlarini muvofiqlashtirish asosida .
Qisqa qilib aytganda, gaz savdosi Ittifoq a’zolariga ichki va tashqi bozorda, transport xarajatlari bilan  bir xil daromad keltirishi kerak, - deydi ekspert.
Devushki fotografiruyutsya na mobilniy telefon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
"Uydagidek" tarifi: YeOII hududida 2025-yilga kelib rouming yo‘q bo‘ladi — ekspert
Koptev aytishga ko‘ra, ushb loyiha Rossiya uchun birinchi navbatda siyosiydir, chunki usiz YeOIIning real integratsiyasini ta’minlash juda qiyin. Qirg‘iziston va Qozog‘iston uchun bu – ikki tomonlama masala xolos, chunki Qirg‘iziston Qozog‘iston gazining importchisi.
Armaniston va Belarus uchun umumiy gaz bozori tashkil qilish degani – Rossiyadan sotib olinayotgan gazining  narxi biroz pasayishiga umid paydo bo‘ladi degani. Ular uchun eng yaxshi narx – bu Rossiya ichki bozori narxlari bo‘lgan bo‘lardi, lekin bu hech qachon amalga oshmaydi, - deydi ekspert.
Kelishilmagan so‘nggi masala bu – gaz transportirovkasi uchun tariflarni belgilab olishdir. Armaniston va Belarus uchun gazning narxi, oxir oqibat transportirovka narxiga bog‘liq bo‘ladi. Ularni tushunish mumkin, ular o‘z xarajatlarini kamaytirishni istaydi. Rossiyaga esa, ularning YeOIIni yagona makroiqtisodiy hudud sifatida saqlab qolish uchun harakat qilishi kafoliati kerak, - deydi Koptev.
“Umumiy bozor deganda – YeOII davlatlari orasida gaz savdosida hech qanday cheklov bo‘lmasligi tushuniladi, - deydi Rossiya Milliy Energetika xavfsizlik fondi tahlilchisi Igor Yushkov.   
Masalan hozir, Rossiya gaz quvurlari orqali gaz eksport qilish huquqi faqat “Gazprom”ga tegishli. Lekin Rossiyada ichida NOVATEK va “Rosneft” ham katta hajmda gaz ishlab chiqarishadi, lekin ular o‘z gazini Belarusga yetkazib bera olishmaydi”, -  deydi ekspert. 
Belarus rahbariyati esa “umumiy bozor” deganda Rossiya gazini Smolensk viloyati narxlarida sotib olish deb tushunadi, lekin buning iloji yo‘q, chunki Rossiya ichki iste’molchilar uchun gaz narxi davlat tomonidan subsidiya qilinadi.
Undan tashqari Belarus Rossiya quvurlari orqali Qozog‘iston gazini ham o‘z hududiga o‘tkazib yuborishga ruxsat berishi kerak deb hisoblaydi. Armanistonning ham pozitsiyasi shunga o‘xshash, - deydi Yushkov.

Kelajak tumanda

Yushkov aytishiga ko‘ra, YeOIIda umumiy gaz bozorini tashkil qilish, gaz savdosida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmaydi. Rasman davlatlar orasida chegaralar ochiq bo‘lsa-da, lekin real bozor jiddiy o‘zgarmaydi.
“Armaniston va Belarus uchun gaz narxi deyarli o‘zgarmaydi, chunki gazni qazib olish hududidan  (Yamal-Nenesk AO.) ushbu respublikalargacha masofa ancha olis va yetkazib berish narxi qimmat. Yangi gaz yetkazib beruvchilar yangi bozorlarga kela olmaydi, chunki ularning mahsuloti narxi bugun “Gazprom” sotayotgan 1ming m.kubga 130 dollardan yuqori bo‘ladi. Sabab: ular “Gazprom” quvurlaridan foydalangani uchun salmoqli mablag‘ to‘lashga majbur bo‘lishadi”, - deydi Yushkov.
Qozog‘iston ham Belarus yoki Armanistonga gaz yetkazib bera olmaydi, chunki - masofa uzoq. Unga Xitoyga eksport qilish ko‘proq foyda keltiradi, - deydi ekspert.
“Rostini aytganda, umumiy bozor ishlab ketishiga menda ishonch yo‘q. Muzokaralar juda qiyin kechmoqda, shartnomalar imzolash muddati doim ortga surilmoqda. Tomonlar kelishuvga erishsa, umumiy bozordagi narxlar to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali yoki birjalarda belgilanadi. Birjani hali tashkil qilish kerak”, - deydi ekspert Dmitriy Koptev.
Flagi gosudarstv-chlenov Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2021
2025 yilda YeOII integratsiyasining birinchi bosqichi yakunlanadi – Putin
Narx belgilash mexanizma bugungacha aniq belgilangani yo‘q, ushbu masala YeOII hujjatlarida ham mavhum yoritib o‘tilgan. U yerda aytilishiga ko‘ra - narx belgilash iste’molchilar, yetkazib beruvchilar va a’zo davlatlarning tabiiy monopoliya subyektlari manfaatlari, ulaning samarali faoliyat yuritishi balansidan kelib chiqqan holda belgilanadi, deyilgan. Buni har bir tomon o‘z foydasiga burib olishi mumkin, - deydi Koptev.   
Nima bo‘lganda ham, biz hozircha umumiy gaz bozori haqida gapirmoqdamiz, yagona gaz bozori emas. Bu ikkala tushunchaning orasida katta farq bor. YeOIIning 5ta bozori birlashib bitta bozor bo‘lganida va uning ustida milliy boshqaruv organlaridan ustun bo‘lgan boshqaruvchi turganida – uni Yagona bozor deyish mumkin edi.
Umumiy bozor – bu boshqa narsa va uning o‘z qoidalari bor. Umumiy bozor deganda chegaraoldi savdosi, davlatlararo savdoni tushuniladi.
Xulosa qilib aytganda, YeOII davlatlarida qonunlar bir xil emas, ular muvofiqlashtirilmoqda, xolos. Shu sababli turli masalalar, jumladan transport qilish narxlari bo‘yicha juda ko‘p farqlar saqlanib qolmoqda, deydi ekspert.
Yangiliklar lentasi
0