Yaxshi raqqosga "Iskander"lar halal bermoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRaketniy kompleks "Iskander-M" na seremonii otkritiya Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma "ARMIYa-2016" vo Vladivostoke
Raketniy kompleks Iskander-M na seremonii otkritiya Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma ARMIYa-2016 vo Vladivostoke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Obuna bo‘lish
Yuqori texnologiyali va yuqori aniqlikdagi qurol-yarog‘ tizimlaridan jangovar foydalanish - mutaxassis-operatorlardan tegishli tayyorgarlik, ishonchli razvedka va zarba konturi tashkil qilish, shuningdek, siyosiy donishmandlik va qabul qilingan qarorlar uchun javobgarlikni talab etadi.
Boshqa koordinatlar tizimida eng to‘kis raketalar ham "boshqa tizimdan" bo‘lib qolishi, start olmasligi, nishonlar yonidan uchib o‘tishi yoki "10 foizga" portlashi mumkin.
Tanki T-14 Armata  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2021
Rus "Armata"si "zagranpasport"li bo‘ldi: u endi qayerga yo‘l oladi?
1in.am nashriga bergan intervyusida Tog‘li Qorabog‘da yaqinda ro‘y bergan jangovar harakatlar yakunlariga baho berar ekan, Armaniston Respublikasi bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya qurolining ishonchliligi va jangovar qobiliyatiga shubha bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Iskander" tezkor-taktik majmua raketalari yo umuman portlamagan, yo "10 foizga" portlagan (bu borada aniqlik kiritilmagan). Shu bilan birga, Pashinyan armiyada - uning tuzilmalari hamda qurol-aslahalar borasida sezilarli islohotlarni amalga oshirmoqchiligini ma’lum qilgan.
Rossiya razvernula v Sirii ZRK S-400 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2021
“Triumf”, “Armata” va albatta “Tornado”: BAAda Rossiyaning eng so‘nggi qurollari
Armaniston Respublikasi Mudofaa vazirligida bosh vazirning "Iskanderlar" haqidagi turlicha talqin qilinishi mumkin bo‘lgan gaplariga izoh berishdan bosh tortishdi. Ehtimol, Pashinyan yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmagan, yoki maslahatchilaridan biri tomonidan unga yanglish ma’lumotlar yetkazilgan. Rossiya raketa majmualari taktik-texnik xarakteristikalari va obro‘si shu darajada yuqoriki, profan(har qanday sohadan bexabar bo‘lgan shaxsga nisbatan ishlatiladi - tarj.)lar himoyasiga u muhtoj emas. Rossiya tomonidan jahon qurol bozorining uchdan bir qismi nazorat qilinishi ham bejizdan emas. 2020-yilda Rossiyada qurol-aslahalar eksporti hajmi 13 mlrd. dollarni tashkil etdi. Ushbu raqam va faktlar aksariyat mamlakatlar mashaqqatli mehnatidan topgan mablag‘lari evaziga, to‘liq bahosida xarid qiladigan mudofaa mahsulotlarining sifatidan dalolat beradi.
Mohir qo‘llarga tushgan "Iskander" TTRM (tezkor-taktik raketa majmuasi) Kavkaz tog‘lari va dengizlarda (o‘quv mashqlarida), jangovar holatlarda esa — Suriya va Afrika shimolida nishonlarni muvaffaqiyatli zabt etadi.  Bunday qurolni o‘nlab mamlakatlar sotib olishni xohlagan, va ulardan ayrimlarigina "Iskander-E"ning eksport modifikatsiyasini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Armanistonga omad kulib boqdi, sababi kvaziballiktik manevrlarni amalga oshiradigan, dushman tomonning havodan hujumiga qarshi tutqich bermas, uchish masofasi va aniqliligi bo‘yicha taqqoslash mumkin bo‘lgan raketalar mavjud emas.

Kvaziballistik vasvasa

Rossiya o‘zining yuqori texnologik imkoniyatlarini barcha mamlakatlar bilan baravar baham ko‘rmaydi. Shu fonda Pashinyanning intervyusi ochiq kunda chaqnagan chaqmoqdek bo‘ldi. "Iskander-M" majmuasi 2006-yilda Rossiya armiyasi qurollari safiga qabul qilingan, o‘z sinfida sayyoradagi "eng yaxshi" deb tan olingan va shu bois "80-yillar quroli" sifatida baholanishi - masxaralashdek tuyuladi.
Troxstoronnyaya vstrecha prezidentov Rossii, Azerbaydjana i Armenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2021
Putin, Aliyev va Pashinyan o‘rtasida to‘rt soatlik muzokaralar yakunlandi: natijalar
Armaniston bosh vazirining Rossiya OTRMga nisbatan ochiqchasiga ayblovli bayonoti bir nechta taxminlar va xulosalar chiqarishga imkon beradi. Bu yerda sohadan bexabarlik yoki dezinformatsiya eng yomon ssenariy bo‘lmasligi mumkin (bu juda oddiy ko‘rinmoqda). Ehtimol, Rossiya qurollarini ommaviy ravishda obro‘sizlantirish - "strategik tanlov masala", Armaniston armiyasini tarkibiy va sifat jihatidan isloh qilish bo‘yicha allaqanday dasturning bir qismi bo‘lishi mumkin, savollar mana shundagina tug‘iladi. Yaqin kelajakda Yerevan qanday qurollarga ega bo‘lishni niyat qilmoqda, qaysi standartlarga muvofiq mudofaa qobiliyatini kuchaytirmoqchi? Va, eng muhimi, harbiy qurilishning yangi bosqichi qanday pirovard maqsad bilan boshlanmoqda?
Rossiya Tog‘li Qorabog‘ aholisiga qanday yordam bermoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2020
Rossiya Tog‘li Qorabog‘ aholisiga qanday yordam bermoqda - video
Qorabog‘dagi kuzgi janglardan so‘ng xulosalar chiqarilgan va rejalar tuzilgan deb taxmin qilish mantiqan to‘g‘ri. Biroq, eskitdan qolgan: "G‘alabaning har doim ko‘p otalari ko‘p bo‘ladi, mag‘lubiyat esa hamisha yetimdir", degan naql bor. Pashinyanning intervyusidan xulosa qilish mumkinki, Mudofaa vazirligi va Bosh shtabda "urush to‘g‘risida butun haqiqatni isbotlash, aniqlash, ko‘rish" bo‘yicha ko‘plab tahliliy ishlar olib borilmoqda, shu bilan birga 1000 dan ortiq jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. Bu yerda nima ko‘prog‘ini tushunish qiyin - haqiqatni izlash va strategiyani tuzatishmi yoki keyingi repressiyalar uchun "aybdorlarni tayinlash". Va mag‘lubiyatning asosiy "otalari" javobgarlikdan qochishlari uchun, ularning soni obyektiv ravishda nollarsiz sonlar bilan cheklantirilgan.
Spetsialisti protivominnogo sentra Minoboroni RF pristupili k rabote v Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2020
Nima uchun G‘arb Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha erishilgan kelishuvdan norozi
Intervyu matnining milliy xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan kattagina qismida "KXShT majburiyatlari Armanistonning xalqaro tan olingan chegaralarida shakllantirilishi" haqidagi reveransdan so‘ng Tashkilot bilan munosabatlar hech qayerda birorta qator bilan bo‘lsa ham yodga olinmagan. KXShT (ODKB) esa - Armaniston uchun urushdan keyingi notinchlik va Qorabog‘dagi zaif tinchlik sharoitida yagona ishonchli suyanchdir. Tez-tez ishlatiladigan "inqilob" va "Konstitutsiya" so‘zlari o‘z-o‘zidan hech narsani tartibga solmaydi, mamlakat xavfsizligini kafolatlamaydi. Armiya - har qanday davlatning tinchligi, barqarorligi asosidir, ammo aniq rejasiz "muhim islohotlar" haqidagi fikrlar destruktiv (halokatli) ko‘rinishga ega. Xuddi Rossiya qurolining past salohiyati, milliy armiyadagi yengib bo‘lmas korrupsiya va Harbiy texnik hamkorlik liniyasi bo‘yicha tutash postavkalarga shama tariqasida bildirilgan sayoz fikrlar singari.

Tutqich bermas va juda kuchli

"Iskander-M" raketa majmuasi 500 km masofada yuqori aniqlik bilan dushmanning juda muhim obyektlari (harbiy bazalari, qo‘mondonlik punktlari va aloqa uzellari, raketa majmualari, aerodromlardagi samolyot va vertolotlari)ni yo‘q qilishga mo‘ljallangan (Armaniston 300 km masofadan nishonga olishga qodir "Iskander-E" TTRM eksport varinatlariga ega.
Prezident Rossii Vladimir Putin provodit yejegodnuyu press-konferensiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2020
Bunaqasi dunyoda hech kimda yo‘q - Putin yangi qurol haqida
Majmuaning asosiy afzalliklari: strategik mobillik, harbiy navbatchilikni yashirin tarzda olib borish va raketa zarbalarini berish imkoniyati, avtomatik hisob va uchish topshirig‘ini kiritish, olovli va radioelektron qarshilik sharoitlarida ham jangovar vazifalarni katta ehtimol bilan bajarishga qodirlik.
Jangovar samaradorlik ikki turdagi - ballistik va qanotli raketalardan foydalanish evaziga oshirilgan. Marshdan birinchi raketaning uchirilishi - sanoqli daqiqalarni oladi, pusklar o‘rtasidagi interval — bir daqiqa. Raketaning uchish tezligi — soatiga 7200 kmdan ortiq (ya’ni uchish 3-4 daqiqani oladi). Trayektoriyaning dastlabki va yakuniy uchastkalarida boshlang‘ich massasi 4 tonnaga teng bo‘lgan 9M723K1 raketasi soniyasiga 2000 m dan yuqori tezlikda harakatlanadi, kvazi-ballistik (hisoblanmaygan) egri chiziq bo‘ylab harakat qiladi va 30g gacha bo‘lgan ortiqcha yuk bilan manyovlarni amalga oshiradi (bu esa mavjud bo‘lgan barcha havodan hujum mudofaasi va raketalarga qarshi mudofaa tizimlari yordamida raketani tutib olishni yo‘qqa chiqaradi).
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2020
Putin boshqa davlatlarni eng yangi qurol bilan hayratda qoldirishga va’da berdi
"Iskander"ning har bir pusk ustanovkasi mobil va avtonomdir. U istalgan joyda va istalgan vaqtda, hatto razvedka sun’iy yo‘ldoshlari yoki aviatsiyalardan mustaqil ravishda harakatlana oladi. Nishonga to‘g‘rilash uchun dastur, inersial navigatsiya tizimi GLONASS sun’iy yo‘ldoshlari signallaridan foydalaniladi. Raketalarni parvoz vaqtida qayta yo‘naltirish mumkin, bu esa harakatchan nishonlarga hujum qilish imkonini beradi, xususan, dushman HDK ga ham. Final uchastkada aqlli o‘z-o‘zini yo‘naltirish optik golovka aktivlashtiriladi, u noyob aniqlikni ta’minlaydi. 9M728 yoki R-500 boyegolovkalari nishondan 1 metrdan oshiq og‘maydi. "Iskander"ning yuqori aniqlikka ega raketalari kichik qaytarish sathlariga, parvozda murakkab trayektoriyalarga ega (gazodinamik va aerodinamik rullar yordamida boshqariladi). Majmu ikki tipdagi raketalarga ega: aeroballistik 9M723 — 50 km bo‘lgan balandlikda kvaziballikstik trayektoriyalar bo‘yicha uchadi, qanotli 9M728 yoki R-500 — kichik balandliklarda nishonga boradi.
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2019
Putin: Trampga gipertovushli qurolimizni sotib olishni taklif qildim
"Iskander-M" TTRK chet elning eng yaxshi tezkor-taktik majmualari(LORA, Lance, ATACMS, Pluton)dan aniqlilik, raketalarni puskka tayyorlash bo‘yicha tezkorlik va boshqa xarakteristikalar jihatdan ancha ustun. Unga o‘xshashlik jihatdan eng yaqini — isroilning LORA tezkor-taktik majmuasidir, ammo u ham masofa va aniqlilik bo‘yicha "Iskander"dan ortda qoladi (shu bilan birga "Lora" raketalari oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lgan ballistik trayektoriya bo‘ylab harakatlanadi). Amerikaliklar ortda qolmoqda — 2020-yilda ATACMS "antikvar" majmuasini modernizatsiyalashdan voz kechishdi va endi-endi uchish masofasi 300 km gacha bo‘lgan M270 MLRS va HIMARS zal bilan o‘t ochish reaktiv tizimlari uchun yuqori aniqlikdagi zarba beruvchi raketani yaratishni boshladilar.
Rossiya Federatsiyasining obro‘li mutaxassislari prognozlariga ko‘ra, "Iskander"larning chet el analoglari 2025-yilgacha paydo bo‘lmaydi.
Yangiliklar lentasi
0