Vashington g‘azabda: uning sanksiyalari Rossiyaga katta pul olib kelmoqda

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishKapitoliy (United States Capitol) na Kapitoliyskom xolme v Vashingtone
Kapitoliy (United States Capitol) na Kapitoliyskom xolme v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning Venesuelaga qarshi sanksiyalari qanchalik kuchli bo‘lsa, Rossiya bundan shunchalik katta daromad olmoqda - tahlil.

Rossiyaga qarshi barcha sanksiyalar ushbu sanksiyalarni qo‘llayotgan mamlakatlarning siyosatchilari tomonidan qabul qilinishining bir necha bosqichlaridan o‘tadi. Idrok evolyutsiyasi deyarli har doim bir xil ssenariy bo‘yicha amalga oshiriladi: avval qo‘rqinchli bayonotlar, keyin umidlarni susayishi, so‘ngra jimlik, keyin hisoblangan ta’sir biron sababga ko‘ra erishilmaganligini tan olish va sanksiyalar tashabbuskorlari hech bo‘lmaganda Rossiya ko‘rayotgan, solishtirish mumkin bo‘lgan zararga duch kelishi,va bu hali eng optimistik baho.

Gorashiy motosikl vo vremya protestov v Irane  - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Eronga qarshi yangi sanksiya kiritdi

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Munxen xavfsizlik konferensiyasida qatnashayotgan diplomatlar va harbiylarga o‘zining kashfiyotlari to‘g‘risida xabardor qilgan Fransiya prezidenti Makron barcha bosqichlarni bosib o‘tgan siyosatchi misoli bo‘lishi mumkin. RIA Novosti xabariga asosan. 

"Bizda muzlatilgan mojarolar, ishonchsizlik tizimi, kiberxavfsizlik sohasidagi mojarolar va Rossiyada hech qanday o‘zgarishlarga olib kelmagan sanksiyalar. Men ularni olib tashlashni taklif qilmayman, faqat ta’kidlab sanab o‘tapman holos. Bizning sanksiyalarimiz va kontrsanksiyalar yevropaliklarga, shu qatori rossiyaliklarga ham shunchalik qimmatga tushmoqda-ki, ularning natijalari uncha ham ijobiy emas ko‘rinishidan”, - dedi Makron.

Bu alohida holat emas edi, balki vaziyatga fransuz diplomatlari jamoat maydonlarida davom ettirayotgan ta’sirlanish aksi. Va endi, Fransiya Prezidentining Rossiya bilan xavfsizlik borasida hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Pyer Vimon fransuz senatorlari oldida nutq so‘zlayotganda ikkilanmasdan: "Yevropaning sanksiyalari ikki hil ta’sir ko‘rsatdi: Yevropa bo‘ylab savdo-sotiqning pasayishi, ... ... biz haqiqatan shu sanksiyalar oqibatida jabr ko‘rdik. Shu bilan birga, agar raqamlarga qarasak, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi savdo, aksincha, oshdi. <...> Ikkinchidan, biz Rossiyaga ushbu sanksiyalar natijasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish imkoniyatini berdik. <...> Uchinchi element. : ma’lum darajada, yangi texnologiyalar sohasida  ustuvor hamkoriga aylangan Xitoyga Rossiyani yakinlashishiga undadik".

Beliy Dom v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyaga sanksiya kiritishdan vaqtincha voz kechdi

Biroq, Parijdagi kashfiyotlar to‘siqlarga to‘la sanksion yo‘lida jasorat bilan olg‘a ketayotgan bizning vashingtonlik raqiblarimiz uchun buyruq bo‘la olmaydi. Eng so‘nggi misol, AQShning Rossiya "Rosneft" neft shirkatining Shveysariya sho‘’ba korxonasiga qarshi Venesuela neftini sotishda kompaniyaning ishi uchun o‘ch olish uchun kiritilgan sanksiyalari. Dastlab, sanksiyalarning e’lon qilinishi Moskva birjasida biroz vahima qo‘zg‘adi, ammo Rosneft aksiyalari narxi biroz pasayganidan keyin avvalgi darajalariga qaytdi. Ehtimol, bunday sokin (va nevrotik fikrlaydigan moliyaviy bozorlar uchun hos bo‘lmagan) reaksiya kompaniyaning javob bayonotlari bilan emas, balki Amerika va Yevropa ommaviy axborot vositalari tomonidan nashr qilingan Vashingtonning Venesuela yo‘nalishi bo‘yicha istiqbollarini tahlil qilish bilan bog‘liq, shu jumladan G‘arb ekspertlariga asoslangan holda.

Konsensus tahminan quyidagicha ko‘rinadi: Vashington Rosneftning o‘ziga qarshi sanksiyalar kiritishdan qo‘rqdi, chunki bu holda butun dunyo energiya bozori zarar ko‘radi, British Petroleum va Qatarning suveren investitsiya fondi Rossiya kompaniyasidagi minoritar ulushlariga egalik qilgani esa AQSh Davlat Departamentining "qirg‘iylari" shashdini pasaytirib turadi. Venesuela qarzlarni so‘ndirish hisobiga Venesueladan neft olayotgan sho‘ba korxonaga qarshi sanksiyalar Venesuelaning neft eksportiga to‘sqinlik qilish va Rosneftni ushbu "Janubiy Amerika neft pirogi" dan uzoqlashtirishga urinishdir. Sanksiyalarning bilvosita maqsadi Rossiya rasmiylarining rasmiy Karakas va prezident Maduroni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishning bema’niligiga "ishontirish" hisoblanadi. Ushbu yondashuvning samaradorligiga juda jiddiy shubha bor, hatto Vashingtonning kuchi va donoligiga xizmat doirasida shubha qilishi mumkin bo‘lmaganlar orasida ham.

Neftanoy tanker v more - Sputnik O‘zbekiston
Boshqa tanlov yo‘q: AQSh Rossiya neftiga qaramligini tan oldi

"Venesuelani Putin tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini to‘xtatish juda mushkul", - deydi "Amerika Ovozi" radiosi.

Reyter agentligi xabar berishicha: "Agar Moskva Venesuela neftini eksport qilishni davom ettirish niyati bo‘lsa, u AQShning bugungi sanksiyalarini chetlab o‘tishning alternativ usullarini albatta topadi", - deb yozadi Signum Global Advisors kompaniyasi vakili Endryu Bishop o‘z mijozlariga yozgan xatida.

"Amerika Ovozi" jurnalistlari ham paradoksal kashfiyot qilishdi: AQShning Venesuelaga qarshi sanksiyalari qanchalik samaraliroq bo‘lsa, Rossiya amerikalik iste’molchilardan shuncha ko‘proq daromad oladi. Bu AQSh tashqi siyosatining ko‘zga ko‘rinmas oqibati bojxona ma’lumotlari tahlili orqali aniqlandi: "AQSh Energetika vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Venesuelaning og‘ir neftiga bog‘liq bo‘lgan Meksika ko‘rfazi bo‘yidagi neftni qayta ishlash zavodlari joriy yilda sanksiyalar (Venesuelaga qarshi – Tahr.) joriy qilinganidan beri Rossiya neft mahsulotlarini importini deyarli uch baravar oshirdi".

Prezident RF Vladimir Putin i predsedatel Kitayskoy Narodnoy Respubliki (KNR) Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Xitoy qoidalarni qayta yozmoqda. AQSh “yangi davr”da yashashga tayyorlanmoqda

Bundan tashqari, ularning o‘zlari sanksiyalarning yana bir natijasini aniqlashdi: "Amerika Ovozi" ga ko‘ra, Venesuela o‘z neftini jahon bozorida sota olmasligi sababli, uni Rossiya kompaniyalariga chegirma bilan sotmoqda (ya’ni rus xaridorlari bundan qo‘shimcha daromad olishmoqda), va shu bilan birga, neftni sotishdan olingan pul Rossiya qurollarini sotib olish uchun olingan qarzlarni to‘lashga ketmoqda. Ya’ni, pul yana Rossiyaga u yoki bu shaklda qaytib kelmoqda. Ushbu sxemani tavsiflovchi manbaning aniq yollanganligini hisobga olgan holda, amerikaliklar tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga shubha bilan qarash mumkin.

Ammo bizning okean ortidagi sheriklarimiz vaziyatni aynan shu tarzda ko‘rishadi va ularning voqelikni talqin qilishlarida shubha qilishmayapti va bu ular endi ulkan ruhiy azoblarni boshdan kechirayotganlarini anglatadi. Ular bu azoblarni Amerikaning Venesuelada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishlari tufayli Rossiya tez sur’atlar bilan pul ishlayotganini anglaganidan tortishmoqda. Oq uyda "Amerikaning orqa hovlisida"gi (Janubiy Amerika Vashingtonda shunday nomlanadi) bunday geosiyosiy dzudoga hech kim o‘rganmagan.

Raspredelitelno-perevalochniy kompleks nefteproduktov LUKOYL-II - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya AQSh sanksiyalaridan unumli foydalandi - Die Welt

Bunday sharoitda Davlat Departamentiga "bu ruslarni bir narsa qilish kerak" degan talab qo‘yilishi mantiqan to‘g‘ri, shuning uchun u qo‘lidan kelganini qilmoqda. Bundan tashqari, Amerika diplomatiyasi uzoq vaqt davomida jiddiy muzokaralar olib borish qobiliyatini allaqachon yo‘qotgan. Sanksiyalarni kiritish mumkin bo‘lsa, muzokara olib borishdan nima foyda? Shunga ko‘ra, sanksiyalar bundan keyin ham kiritiladi va shundan so‘ng jurnalistlar va ekspertlar AQShning davlat nashrlari sahifalarida o‘quvchilarga AQSh sanksion tayoqni aylantirish uchun qancha pul to‘lashi (yoki foydani yo‘qotishi) haqida tushuntirish beradilar.

Va shu nuqtayi nazardan, Moskva va Parij o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish istiqbollari (juda uzoq kelajakda bo‘lsa ham) afzalroq ko‘rinadi. Yevropa siyosiy elitasi bilan munosabatlarning barcha murakkabliklariga qaramay, uning hech bo‘lmaganda ba’zi vakillari o‘z harakatlarining oqibatlari haqida o‘ylash qobiliyatini namoyish etmoqdalar.

Shu ma’noda, rasmiy Vashington, ongli amerikalik mutaxassilarning barcha tavsiyalariga qaramay, hozirgacha sanksiyaviy botqoqlar bilan qoplangan yo‘l atrofida aylanishni afzal ko‘rmoqda. Natijani oldindan aytish mumkin. Ammo bu AQSh uchun yana yoqimsiz kutilmagan voqea bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0