Turkiya AQSh qiruvchilarida S-400ni sinovdan o‘tkazmoqda: ortga qaytish yo‘q

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishTrenirovka voyennoy texniki k paradu Pobedi v Yekaterinburge
Trenirovka voyennoy texniki k paradu Pobedi v Yekaterinburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
S-400 "Triumf" zenit-raketa tizimining yangi sinovi orqali Anqara respublikaning mudofaa qobiliyatini va haqiqiy suverenitetini mustahkamlash bo‘yicha qat’iy pozitsiyani namoyish qilmoqda

S-400 "Triumf" zenit-raketa tizimining yangi sinovi orqali Anqara respublikaning mudofaa qobiliyatini va haqiqiy suverenitetini mustahkamlash bo‘yicha qat’iy pozitsiyani namoyish qilmoqda - Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan dunyodagi eng yaxshi qurollarni sotish yoki ularni AQShning harbiy-texnikaviy hamkorlikdagi allaqanday imtiyozlariga o‘rniga almashtirishsiz.

Tanki T-14 Armata - Sputnik O‘zbekiston
Armata eksportga ketmoqda: Rossiyaning eng yangi T-14 tankini kimlar sotib olishga tayyor

4 iyuldan boshlab Turkiya Murted aviabazasida turli balandlik va masofalarda uchayotgan F-16 va F-4 qiruvchi samolyotlariga qarshi Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini (ZRT) yangi sinovlarini o‘tkazmoqda. Anqara Vashingtonning Rossiya havo hujumiga qarshi mudofaa va raketalarga qarshi tizimlarini ishlatish bilan bog‘liq ko‘plab ogohlantirishlarini e’tiborsiz qoldirdi.

“Triumf”ni AQShda ishlab chiqarilgan F-16 Viper va F-4 Phantom II qiruvchi samolyotlarida sinovdan o‘tkazishi bejiz emas. O‘tgan yili AQSh xavotirlariga qaramay, turk mutaxassislari S-400ni Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlariga qarshi - Anqara uzra turli balandliklarda sinab ko‘rishdi. “Triumf”ning ko‘p bosqichli sinovlari 2020-yil noyabrgacha davom etadi.

S-400larni yetkazib berish o‘tgan yozda boshlanib, Anqara va Vashington munosabatlarida ziddiyatlarga olib keldi. Amerikaliklar turk hamkorlaridan kelishuvdan voz kechib, Patriot tizimlarini sotib olishlarini talab qilishdi, Turkiyani F-35 qiruvchisining qo‘shma ishlab chiqarish dasturidan chetlatish bilan tahdid qilishdi. Anqara harbiy-siyosiy bosimga bardosh berdi, yon bosishni rad etdi va bir necha bor “Triumf” alyansga tahdid solmasligini ta’kidladi.

Rossiya Turkiyaga S-400ning to‘rtta divizionini yetkazib berish bo‘yicha 2,5 milliard dollarlik birinchi shartnomasini o‘tgan yil noyabr oyida yakunladi. 2020-yil iyun oyida Anqara va Moskva “Triumf”larning ikkinchi to‘plamini (polkini) yetkazib berish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdilar. Shunda Turkiya Respublikasi mudofaa sanoati kotibiyati rahbari Ismoil Demir shunday bayonot berdi: “S-400 tizimi foydalanish uchun sotib olinmoqda. Nuqta”. AQSh esa hanuz Turk zaminida “Triumf”ni yo‘q qilish yo‘lini izlamoqda: ular uni sotib olishni, Amerika komplekslari bilan almashtirishni taklif qilishmoqda, va yangi sanksiyalar bilan tahdid qilishmoqda.

“Triumf” abadiy

Turkiyada S-400ning sinovlari aniqlanish masofasini tekshirish, kuzatuv barqarorligi, yo‘q qilish samaradorligi va boshqa jangovar parametrlarni aniqlash uchun o‘tkaziladi. Anqara yaqinida, Murted aviabazasida joylashtirilgan rus zenit-raketa tizimlari bir necha bor haqiqiy ayerodinamik nishonlarda, shu jumladan F-35 va F-22 samolyotlarida sinovdan o‘tkazilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, maxfiy va go‘yoki radarlar uchun ko‘rinmas beshinchi avlod Amerika qiruvchilari, uch marta “Triumf”lar aniqlash va zarba berish radiusida ko‘ringan. Qora dengiz va Turkiya hududi orqali Yaqin Sharqqa rotatsiya va ko‘chirilishi paytida, AQSh harbiy-havo kuchlarining F-35 va F-22 yo‘nalishlari Murted aviabazasidan 200 kilometr naridan o‘tkaziladi.

Batareya amerikanskix raket PVO Patriot - Sputnik O‘zbekiston
Amerika Patriot tizimlarining yangi muvaffaqqiyatsizligi

Fighter Jets World nashri xabariga ko‘ra, Turkiya havo mudofaasi mutaxassislari radiolokatsion stansiyalari imkoniyatlarini turli xil rejim va balandliklarda sinab ko‘rishmoqda. Turkiya tomoni Rossiyaning S-400 tizimlarini Amerika beshinchi avlod qiruvchi samolyotlarida sinovi tafsilotlarini oshkor qilmayapti. Ammo, harbiy ekspert Viktor Barenesning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tekshiruv ishtirokchilaridan biri “Rosoboroneksport” vakili bilan suhbatda shunday dedi: “Amerika samolyotlari radar ekranlarida shiftdagi pashshadek ko‘rinadi”. Shikoyatlar yo‘qligi va yangi yetkazib berish istiqbollarini hisobga olgan holda, Anqara “Triumf”dan to‘la qoniqdi, deb taxmin qilish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.

Oldinroq Turkiya mudofaa vazirligi S-400ni joylashtirish muvaffaqiyatli kechganini, Rossiya tizimi F-16 Fighting Falcon qiruvchi samolyoti radiolokatsion stansiya qoplash chegarasida - 600 kilometrdan oshiq masofada aniqlaganini, nihoyatda past balandliklarda barcha nishonlar aniqlanganini xabar qilgan edi. "Triumf" dunyo qurol bozoridagi eng mashhur 4-avlod qiruvchi-bombardimonchisini topibgina qolmay, tizim nishonga zarba berish hududiga kirishidan oldin raketalarni yuborishga doimo tayyor. Ya’ni, jangovar navbatchilik rejimida F-16 Fighting Falcon samolyoti 400 kilometr masofada avtomatik ravishda yo‘q qilinadi. Eslatib o‘taman, bitta yengil F-16 qiruvchi samolyotining narxi 50 million dollarga, “ko‘rinmas” F-35 esa ikki baravar qimmat.

Yangi imkoniyatlar davri

Murted aviabazasidagi “Triumfal”(ya’ni tantanali-tahr.) sinovlar Amerika qiruvchi aviatsiyasi mavqeyiga katta putur yetkazdi. Shunday bo‘lsa-da, Anqara bilan haddan tashqari tortishish Vashingtonning foydasiga zarar. Turkiya hududidagi Injirlik aviabazasida Amerika yadro qurollari saqlanadi, bu AQSh Havo kuchlarining qaynoq mintaqadagi asosiy tayanch punktidir. Geosiyosiy jihatdan Turkiya AQSh va NATO uchun juda muhimdir, shuning uchun ittifoqdagi o‘yin qoidalariga hech qanday xavflarsiz ta’sir o‘tkazishi mumkin. Anqarani Moskva bilan kutilmagan yaqinlashishi, G‘arb hamkorlarining diktati va tashqi bosimini yanada zaif qiladi.

Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyodagi amerika biolaboratoriyalari va COVID o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor

S-400 sotib olgani sababli Vashington Turkiyaning F-35 dasturidagi ishtirokini muzlatib qo‘ydi (Anqara “jazolandi”, ammo dasturdan chiqarilmadi). Ushbu cheklov kiritilganidan keyin Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘glu Rossiyadan so‘ngi Su-35 va Su-57 qiruvchi samolyotlarini sotib olish mumkinligini ma’lum qildi. MAKS-2019 aviako‘rigida bunday “tarixiy hodisa”ning ehtimolligini Harbiy-texnik hamkorlik Federal xizmati rahbari Dmitriy Shugayev ham tasdiqladi. Vaziyat rivojlanmoqda, ammo dastlabki natijalarni bugunning o‘zida sarhisob qilish mumkin.

Agar Turkiya haridining jangovar salohiyatini obyektiv baholaydigan bo‘lsak, unda respublikaning mudofaa qobiliyatining sifat jihatidan ko‘tarilishi sezilarli: bitta "Triumf" batareyasi 72tagacha nishonga qaratilgan raketaga ega va bir vaqtning o‘zida 36ta nishonga zarba bera oladi. Raketalar turli xilligi S-400-ga qiruvchi-bombardimonchilarni, dronlarni, qanotli raketalarni, taktik va ballistik raketalarni 5 metrdan 30 kilometrgacha balandlikda (2km dan 400km gacha masofada) samarali va farqli ravishda urib tushurishga imkon beradi. "Triumf" tizimi turli masofali zenit-raketa tizimlarini birlashtira oladi va havodan mudofaa tizimlarining muhim tarmog‘ini boshqarishga qodir (turk mutaxassislari Rossiyaning “Pansir-C1”, “Tor-M1” havo mudofaasi tizimlariga ham ehtiborini qaratishi lozim). Havo mudofaasining buzib bo‘lmas gumbazi Turkiyaga havo kuchlarining rivojlanishidagi ba’zi kechikishlarni qoplashga imkon beradi.

Shak-shubhasiz texnologik mukammallik va harbiy qudratga ega bo‘lgan Turkiyadagi rus “Triumfi”, bitta ham o‘qsiz ko‘p qirrali dunyoni kuchaytiradi, arxaik harbiy blok va uning o‘zini tayinlagan gegemonlarini joyiga qo‘yadi. Shu bilan birga, yangi imkoniyatlar davri yaqinlashmoqda va Anqarada Rossiyaning S-500 “Prometey” zenit-raketa tizimini sotib olish muhokama qilinmoqda. Rossiyaning uzoq masofali havo mudofaa tizimlari xalqaro bozorda va jangovar pozitsiyalarda G‘arbning unchalik mukammal bo‘lmagan analoglarini siqib chiqarishda davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0