Be-200 amfibiya-samolyotlari – “uchar kemalar” nimalarga qodir?

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishZakritie mejdunarodnogo aviatsionno-kosmicheskogo salona MAKS-2019
Zakritie mejdunarodnogo aviatsionno-kosmicheskogo salona MAKS-2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Porlayotgan yulduz - Be-200 “Altair” soatiga 710 kmgacha (kreyser tezligi - 365 km/s) tezlasha oladi. Samolyot to‘lqin balandligi 1,3 metrgacha bo‘lgan suv yuzasiga qo‘na oladi. “Uchar kema” ko‘tarilishi uchun suv sirti yoki quruqlik bo‘ylab 1,5 km masofa kifoya.

Mashina yuk bilan ko‘tarilish tezligi bo‘yicha yigirmadan ortiq jahon rekordlarini o‘rnatdi va o‘z sinfida unga raqib yo‘q.

14 iyul kuni Rossiya harbiy-dengiz floti,  Dengiz aviatsiyasi uchuvchilar tarkibini jangovar tayyorlash va qayta o‘qitish markazida (Yeysk shahri) Rossiya mudofaa vazirligi uchun qurib bitkazilgan birinchi Be-200 “Altair” amfibiya-samolyoti kutib olindi. Undan tajribaviy foydalanish boshlandi. 2018-yilgi shartnomaga asosan, Harbiy-dengiz floti bu yil Beriyev nomidagi Taganrog aviatsiya ilmiy-texnik majmuasidan yana ikkita qidiruv-qutqaruv samolyotini qabul qiladi. Kelgusida Rossiya Harbiy-dengiz floti uchun “Altair” turkumini davom ettirish rejalashtirilmoqda.

Istrebiteli-perexvatchiki MiG-31K s giperzvukovimi raketami Kinjal vo vremya vozdushnoy chasti voyennogo parada v oznamenovanie 75-letiya Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941-1945 godov v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston
Yaxshi qurollangan va juda xavfli: MiG-31 – osmondagi eng kuchli ovchi

Rossiya Mudofaa vazirligi Boltiqbo‘yi, Shimoliy, Tinch okeani, Qora dengiz flotlarida va Kaspiy flotiliyasi tarkibida dengiz aviatsiyasining amfibiya bo‘linmalarini yaratmoqchi. Bu mas’uliyat hududlarda jangovar patrul, qidiruv-qutqaruv operatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi. Rossiya Harbiy-dengiz floti uchun mo‘ljallangan Be-200 samolyotlari tarkibiy va funksional jihatdan boshqa modifikatsiyalardan farq qiladi.

Ilgari, asosan Rossiya va Ozarbayjon FVV tomonidan foydalanayotgan Be-200 amfibiya-samolyotining 20 ga yaqin nusxasi ishlab chiqarilgan edi. Samolyotning oltita modifikatsiya mavjud (qidiruv-qutqaruv, patrul, transport, sanitar, yo‘lovchi, o‘t o‘chirish).

Masalan, BE-200P patrul qilishda foydalaniladi, u uzoq masofalarda davlat chegarasini (yoki iqtisodiy hududni) buzuvchilarini aniqlash imkonini beradigan ko‘plab kuzatuv uskunalari bilan farqlanadi. BE-200PS qidiruv-qutqaruv ishlarida qo‘llaniladi. O‘t o‘chiruvchi BE-200ChS eksport uchun ishlab chiqariladi, bunday samolyotlarning bittasini Ozarbayjon sotib olgan, to‘rttasiga Xitoy 2016-yilda buyurtma bergan.

Porlayotgan yulduz

Rossiya Mudofaa vazirligi bugungi kunga oltita “Altair”ga shartnoma tuzdi. Harbiy-dengiz kuchlari uchun foyda yaqqol. Reaktiv dvigatellarga ega eng yirik zamonaviy Be-200 “Altair” amfibiya-samolyotlari dengiz chegaralari va iqtisodiy hududlarni qo‘riqlashga, qidiruv-qutqaruv vazifalarini bajarishga va 5 tonnagacha bo‘lgan yuklarni - 1500 kilometrgacha radiusda, 10000 metr balandlikda tashishga qodir.

Qanot tepasida joylashgan qudratli D-436TD dvigatellari soatiga 710 km (kreyser tezligi - 365 km/s) gacha tezlikni ta’minlaydi. Samolyot to‘lqin balandligi 1,3 m gacha suv yuzasiga qo‘nishi mumkin va ko‘tarilishi uchun suv sirti yoki quruqlikdan atigi 1500 m masofa kifoya.

Bu yuklarni ochiq dengizdagi kemalar va qayiqlarga tez va xavfsiz yetkazib berish uchun juda muhimdir. Be-200 ning afzalliklari qatorida, shuningdek, avtonom joylashtirilishi, parvozning yuqori xavfsizligi va dvigatellardan biri ishdan chiqqan taqdirda suvga qo‘nish imkoniyatidir. Samolyot ikki yuz millik qirg‘oq hududida olti soatgacha patrullik qila oladi.

Andreyevskiy flag - Sputnik O‘zbekiston
Potr vasiyatiga binoan: Rossiya yangi flot qurmoqda

“Altair”ni o‘zlashtirish bosqichida RF Mudofaa vazirligi uni tinch maqsadlarda ishlatilishini ma’lum qildi, lekin shunga qaramay Be-200ning universal havo platformasi unga keng ko‘lamli maxsus uskunalarni joylashtirish va murakkab harbiy vazifalarni bajarish imkonini beradi. Shunday qilib, Harbiy-dengiz floti uchun mo‘ljallangan samolyotni patrul modifikatsiyasida bortga optik-elektron aniqlash tizimi va operatorlar uchun avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari, shuningdek qumondonlik-taktik, radiolokatsion, radiogidroakustik, magnitometrik tizimlar, radiotexnik razvedka va qurollarni boshqarish majmualari o‘rnatilishi mumkin.

“Altair” dengiz, quruqlik va havo obyektlar razvedkasini amalga oshirishga, maxsus operatsiyalarni ta’minlashga, halokatga uchragan samolyotlar, kemalar va suv osti kemalari ekipajlarini qidirish vazifalarini samarali bajarishga, shuningdek shahsiy tarkib va qurollarni tashishga, yaradorlar va bemorlarni aerodrom tarmog‘isiz qirg‘oq hududlaridan (yoki tabiiy ofat hududlaridan) evakuatsiya qilishga qodir. Ehtimol, platforma suvosti kemalariga qarshi zarba berish vazifalari uchun ham moslashtirilishi mumkin.

“Uchar kema”ga zamonaviy bort radioelektron uskunalari bilan jihozlangan, shu jumladan, yangi avlod parvoz-navigatsion tizimlari bilan.

Samolyot har qanday fizik-geografik va iqlim sharoitida, kecha va kunduz, oddiy va qiyin ob-havo sharoitlarda ucha oladi. Ko‘p funksiyali Be-200 “Altair” - bu dunyo miqyosidagi samolyot va mutaxassislar unga kelajakda katta umidlar bildirishmoqda. Yaqin istiqbolda - 26-iyul kuni Sankt-Peterburgdagi Bosh harbiy-dengiz paradida ishtirok etish.

Legkiy skorostnoy bronevik Strela - Sputnik O‘zbekiston
Tezkor "O‘q": Rossiyaning yangi mobil bronemashinasi nimasi bilan noyob?

Kaspiy muhiti

Be-200ning birinchi eskadroni Kaspiy dengizida tuzilishi rejalashtirilmoqda. Shuni ta’kidlash joiz, yaqin vaqtgacha Rossiya Harbiy-dengiz floti Kaspiy flotiliyasi o‘z dengiz aviatsiyasiga ega bo‘lmagan. Kichik aviaotradlar flotiliya tarkibiga faqat Fuqarolik va Ulug‘ Vatan urushi davrida kiritilgan. Ehtimol Kaspiy dengizi “Altair” uchun sinov maydonchasiga aylanishi mumkin. Foydalanish tajribasi “uchar kema”ni takomillashtirishga, aniqrog‘i, Harbiy-dengiz floti vazifalarini hal qilish uchun havo platformasini moslashtirishga imkon beradi.

Sh bilan birga, bu Rossiyaning Kavkaz, Markaziy Osiyo va sayyoramizning boshqa qismlarida mintaqaviy ittifoqchilari va hamkorlarini harbiy-texnik hamkorlik sohasida ko‘proq qiziqishini uyg‘otishiga imkon beradi. Be-200 amfibiya-samolyoti sezilarli eksport salohiyatiga ega, unga munosib raqobatchilar yo‘q.

Kanadaning Bombardier kompaniyasi 1990-yilda o‘zining 5,3 tonna suvni qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan CL-215 “uchar kema”sini ishlab chiqarishni to‘xtatdi (dunyoda 120 ga yaqin bunday mashinalar qoldi). Yanada ko‘proq yuk ko‘tara oladigan ikkita PW123AF turbovint dvigatelli (1994 yil modeli) Bombardier CL-415 va uning asosida yaratilgan ko‘p maqsadli patrul 415MR mijozlarni qo‘rqitadigan narx toifasiga kiradi (25 yil davomida 80 dona 415MR mashinalari sotilgan). Va shunga qaramay Bombardier 415 ko‘p jihatdan “Altair”dan ortda qoladi.

Bespilotniy letatelniy apparat (BPLA) - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya 10 km masofada jangovar tizimlarini yakson qiladigan elektromagnit qurolni yaratdi

Yaponiyaning US-1A (1971 yilda ishlab chiqilgan) va US-2  (2007 yildan ishlab chiqariladi) amfibiya-samolyotlari - tor qidiruv-qutqaruv ixtisoslikka ega. Yaponiyaning yana bir “uchar kema”si - ShinMaywa - juda qimmat.

1985-1986 yillarda Xitoy faqat to‘rtta SH-5 ko‘p maqsadli amfibiya-samolyotini ishlab chiqardi, ular faqat qidiruv-qutqaruv samolyoti sifatida ishlatiladi. Xitoyning AG600 amfibiya-samolyoti jiddiy texnik qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Yong‘in o‘chirish uchun xitoyliklar Rossiyaning Be-200lariga buyurtma bergani bejiz emas. Ya’ni, “Altair”ning dunyoda deyarli har jihatdan raqibi yo‘q.

Shu bilan birga, ishlab chiquvchi-korxona konstruktorlik ishlanmalari bo‘yicha yarim asr oldindagi qadam bosgan, shu jumladan istiqbolli Be-1000 va Be-2500 ekranoplanalari loyihalari mavjud.

Yangiliklar lentasi
0