Sportchi, chempion va go‘zal: Larisa Pavlovaning voleyboldagi “oltini”

© Iz lichnogo arxiva Larisi PavlovoyOlimpiyskaya chempionka 1980 goda po voleybolu Larisa Pavlova
Olimpiyskaya chempionka 1980 goda po voleybolu Larisa Pavlova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Larisa Pavlova 1980-yildagi Olimpiya termasidagi o‘zbekistonlik yagona voleybolchi edi. Ko‘p yillar davomida u "Avtomobilist"da o‘ynadi.

Larisa Pavlova 1980-yildagi Olimpiya termasidagi o‘zbekistonlik yagona voleybolchi edi. Ko‘p yillar davomida u "Avtomobilist"da o‘ynadi, keyinchalik esa sport mutasaddisi sifatida ishladi.

Olimpiada yilidagi “Miss Voleybol”

Bo‘lg‘usi chempion o‘spirinligida katta opasidan o‘rnak olib, voleybol o‘ynashga qiziqdi. Opasi bir payt mahalliy "Spartak" jamoasida o‘ynagan va sport ustasi darajasigacha ko‘tarilgan. Keyin turmushga chiqib o‘yin maydonini tark etdi. Larisa esa sevimli voleyboliga ko‘p yillarini bag‘ishlab unda ajoyib natijalarga erishdi.

60-chi yillarning oxirida, Pavlovlar oilasi Saxalin viloyatidan Toshkentga ko‘chib o‘tishganida, Larisa mahalliy "Avtomobilist" ayollar jamoasida o‘ynay boshladi. Olimpiadagacha bo‘lgan o‘n yilikda jamoa eng yaxshi natijalarga erishgan. Uning tarkibida Pavlova voleybol bo‘yicha SSSR kubogini qo‘lga kiritdi. Talaba bo‘la turib, u 1977-yilgi Butunjahon yozgi Universiadasida g‘alaba qozondi. Umidli sportchi Ittifoq darajasida ko‘zga tashlandi.

© Iz lichnogo arxiva Larisi PavlovoyLarisa Pavlova
Sportchi, chempion va go‘zal: Larisa Pavlovaning voleyboldagi “oltini” - Sputnik O‘zbekiston
Larisa Pavlova

"Davroqe, Olimpiada oldidan turne paytida menga ikki marta "Miss Voleybol" sifatida tanlashdi. Bu podium uzra yurish talab etiladigan va ijodiy chiqishlar qilinadigan klassik go‘zallik tanlovi bo‘lmagan. Ommaviy tanlovsiz baholashardi – balkim, tashqi ko‘rinishi va xarizma bo‘yicha. Bu unvon menga SSSR chempionatida berildi,. keyin Ruminiyadagi turnirda va men bunday hushomad haqida bevosita mukofot topshirish marosimidan oldin bilganman", - deb eslaydi Larisa.

Olimpiya o‘yinlariga tanlashayotganda nazorat-meyor guruhlari har bir o‘yinchi bo‘yicha ma’lumotlarni mavsum davomida qayd qilishgan: voleybolchi nechta gol urdi? u qanday uslublardan foydalanadi? qanday xatolarga yo‘l qo‘yadi? Ushbu hisobotlar natijalariga ko‘ra SSSR terma jamoasi murabbiylar kengashi asosiy jamoada kim o‘rin egallashga loyiqligini qaror qilgan.

© Iz lichnogo arxiva Larisi PavlovoyVoleybolniy klub "Avtomobilist Tashkent"
Sportchi, chempion va go‘zal: Larisa Pavlovaning voleyboldagi “oltini” - Sputnik O‘zbekiston
Voleybolniy klub "Avtomobilist Tashkent"

"Yetakchi o‘yinchilar doim ko‘zga tashlanib turishadi va mening imkoniyatim borligini bilardim. Ammo Olimpiya mavsumi boshlanishidan oldin hammasi shubha ostida edi. Sovet voleybolchilarining tarkibi asosan mashhur “Uralochka”dan (Rossiyada eng nomdor Yekaterinburg ayollar jamoasi-tahr.), Ukraina va Belarus jamoalaridan tashkil topgan edi. Ammo men, kamtar bir o‘zbek qizi Olimpiadani orzu qilar edim. Buning ustiga, menda o‘z respublikamdan muvaffaqiyatli chiqqan voleybolchi - ikki karra Olimpiada chempioni (1968 va 1972-yillar)Vera Duyunovaning jonli namunasi bor edi", - deb eslaydi Pavlova.

© Iz lichnogo arxiva Larisi PavlovoyVoleybolistki
Sportchi, chempion va go‘zal: Larisa Pavlovaning voleyboldagi “oltini” - Sputnik O‘zbekiston
Voleybolistki

SSSR olimpiya terma jamoasining tarkibi o‘yinlardan bir yarim oy oldin Sverdlovsk viloyatidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qabul qilindi. Mamlakat sharafini himoya qilish "Uralochka"dan sakkizta, SSKAdan uchta va o‘zbekistonlik iqtidorli voleybolchi qiz - Larisa Pavlovaga ishonib topshirildi.

Ko‘p millatli muxlislar va murabbiyning sehrli nasihati

Shunday qilib, 1980-yil iyul oyida Olimpiadaning barcha sportchi-qatnashchilari Olimpiya shaharchasiga joylashdilar. Umumiy bayram hissi barcha o‘yinlar davomida tark etmadi. Sovet sportchilari hammadan ko‘proq Bolgariyalik hamkasblari bilan muloqot qilishdi - yaxshiyamki, tillar juda o‘xshash. Ayniqsa Pavlova dastlabki nazorat o‘yinlaridagi yaponiyalik muxlislarni eslab qoldi. O‘sha paytda ham ularda sahnaga sportchilarga sovg‘a sifatida o‘yinchoqlarni tashlash odat edi.

Har kuni Olimpiya shaharchasida milliy tadbirlar, konsertlar, diskotekalar, kino namoyishlari o‘tkazilardi. Sovet estradasining barcha yulduzlari shu yerda edi.

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishXXII letnie Olimpiyskie igri (19 iyulya - 3-avgusta 1980 goda). Drujeskie rukopojatiya sovetskix i peruanskix voleybolistok. Malaya sportivnaya arena Sentralnogo stadiona imeni V. I. Lenina.
Sportchi, chempion va go‘zal: Larisa Pavlovaning voleyboldagi “oltini” - Sputnik O‘zbekiston
XXII letnie Olimpiyskie igri (19 iyulya - 3-avgusta 1980 goda). Drujeskie rukopojatiya sovetskix i peruanskix voleybolistok. Malaya sportivnaya arena Sentralnogo stadiona imeni V. I. Lenina.

"Ayniqsa hotiramda, xalq artisti Gennadiy Xazanov bilan bo‘lgan uchrashuvlar qolgan: u O‘yinlar timsoli edi va u har kuni rafiqasi Zlata bilan birga kelar edi. Ammo biz madaniy dasturlarda ko‘p ishtirok etmadik. To‘g‘ri, murabbiyimiz bizga buni taqiqlamagan, biz butun jamoa bilan chalg‘imaslikka qaror qildik. Biz faqatgina bo‘lajak o‘yinlarni o‘ylar edik, o‘z formamizni saqlashga harakat qildik. O‘yinlar ishtirokchilariga barcha tomoshalar bepul bo‘lgan, bizni hatto Katta teatrga ham taklif qilishgan. Ammo biz katta maqsadimizga erishishni ko‘ngilhushliklardan afzal ko‘rdik”, - deydi sportchi.

Voleybolchilar jamoasining qo‘shnilari basketbolchilar edi, qizlar doim bir-biridan igna va iplarni olib turishardi, o‘yinchilar raqamlari va gerblarini tikishda yordam berishardi.

Lujnikidagi Olimpiya bayrami ochilish marosimi bilan boshlandi. Barcha jamoalar navbatma-navbat stadionga chiqib kelib, sharaf aylanasidan yurib, keyin alfavit tartibida saflanishgan. "Tribunalarda - SSSRning butun rahbariyati. Bunday odamlar sizga mehr bilan qo‘l siltashini ko‘rish juda yoqimli edi", - deb eslaydi Pavlova.

Uy olimpiadasida Sovet milliy terma jamoasining bosh murabbiyi Nikolay Karpol ("Uralochka"ning uzoq yillik murabbiyi - tahr.) edi. Voleybolchi har bir o‘yin oldidan u yig‘ilishlarni qanday o‘tkazganini eslaydi, kim, qayerda turishini va nima qilishini tushuntirardi. U qizlarga raqib jamoaning zaif tomonlarini izlash va to‘pni ular yomonroq qilayotgan tomonga yo‘naltirish muhimligini o‘rgatardi. U kombinatsiyalangan strategiyani talab qilardi: undagi asosiysi - bu bog‘lovchi o‘yinchi, u pasni qayerga uzatish yaxshiroqligini ko‘rishi kerak.

"Nikolay Vasilyevich bilan ishlash juda qiziq edi. U doim, ayniqsa vatanimiz yuragidaligimiz uchun ham g‘alaba qozonishimiz kerakligini aytardi. Albatta u bizga baqirardi, lekin bu murabbiyga mumkin. Ammo ba’zida shunday ham bo‘lardiki, biz charchaganmiz, kuchimiz ketgan ... Nikolay Vasilyevich esa shunchaki aytib qolardi: "Qizlar, safga turing!" ... Va bo‘ldi, shu zahotiyoq qayerdandir quvvatimiz oshib, kuch kelib va biz kurashishga shay turardik", - deydi Olimpiada chempioni.

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishMoment vstrechi jenskix voleybolnix komand SSSR - Peru na XXII Olimpiyskix igrax v Moskve.
Sportchi, chempion va go‘zal: Larisa Pavlovaning voleyboldagi “oltini” - Sputnik O‘zbekiston
Moment vstrechi jenskix voleybolnix komand SSSR - Peru na XXII Olimpiyskix igrax v Moskve.

Voleybol jamoaviy o‘yin bo‘lib, unda jamoaning har bir a’zosi hamma uchun mas’uldir.Hamma yahlit monolit bo‘lishi kerak, bir-birini yarim nigohdan tushunishi kerak. Bunda nafaqat taktika, kombinatsiyalar, aqlli uzatmalar va to‘p qabul qilishlari, balki chidamlilik ham zarur.

"Menimcha, voleybol eng zakovatli o‘yinlardan biridir. Bunda jamoa bilan birgalikda o‘ylab, bir onda qaror qabul qilish juda muhim. Olimpiada bizda shunchalik ishtiyoklar jumbushga kelganki, uni umr bo‘yi eslaymiz. Raqobatchilarimiz jiddiy edi, ayniqsa Germaniya va Peru jamoalari. Biz hammamiz kamon o‘qiday edik. Biz birga o‘q otdik va g‘alaba qozondik", - deydi mahrurlanib Larisa Mixaylovna.

U ko‘zlarida yosh bilan, bo‘ynidagi munosib oltin medal bilan shohsupada turganidagi his-tuyg‘ularini eslaydi: madhiya yangramoqda, ulkan stadion tomoshabinlari jilmayishib quvonishmoqda, butun jamoa xursand, murabbiy yig‘lab kulib turipti.

"Buni so‘z bilan ifodalash qiyin. Lahza hisslarini tushunish uchun boshdan kechirish kerak. Tuyg‘ular haddan tashqari ko‘p, sen vataning sharafini himoya qilganingdan mag‘rurlanib ketayapsan. Demak, shuncha yillik mehnatlaring zoe ketmagan. Hozir ham uzoq o‘tmishga sho‘ng‘ib, ovozim titrayotganini his qilyapman. U yerda, Moskvada biz bitta jamoa edik", - deb tan oladi Pavlova.

G‘alabadan keyinla Larisa Mixaylovna Toshkentga uchib ketdi. Uni eri va kichkina qizi kutishardi, ular uchun chempion davom etayotgan o‘yin-kulgini qurbon qilishga qaror qildi. Pavlova respublikaga o‘zining hamkasbi- suv polochisi Erkin Shagayev (u ham o‘z turida g‘olib bo‘lgan) va chim ustidagi xokkeychilar bilan birga keldi. O‘z ona yurti shon-sharafini ulug‘lagan yangi g‘oliblarni aeroportda gullar va samimiy so‘zlar bilan kutib olishdi. Ularning sharafiga yana SSSR madhiyasi yangradi.

Tribunadagi sport va Atlantadagi yangi debut

Larisa Mixaylovna o‘z sport faoliyatini 1983-yilda tugatdi va tan olishicha, avvaliga yangi hayotiga qiyin moslashgan.

"Sportchi - bu bolaligidanoq halollik va munosib o‘yin, tamoyillarni hurmat qilish o‘rgatiladigan maxsus millat. Undan keyin diplomat bo‘lish, biznes bilan shug‘ullanish qiyin. Menga bolalar sport maktabini birdaniga bir nechta yo‘nalish bo‘yicha boshqarish taklif qilingan: tennis, kamondan o‘q otish, o‘q otish va hokazolar. Murabbiylar bilan teng sharoitda muloqot qilish uchun har bir sport turlari xususiyatlarini kechalari bilan o‘rganib chiqqanim esimda. Men doim shunday tamoilga amal qilaman: Olimpiada chempioni hamma narsani bilishi shart, shunda u yangi lavozimida obro‘ga ega bo‘ladi. Va haqiqatda, men birinchi murabbiylik kengashimni muvaffaqqiyatli o‘tkazdim", - deb eslaydi Pavlova.

Keyinchalik u Davlat sport qo‘mitasining bo‘limlaridan birida ishladi,  Ittifoq parchalanganidan keyin esa ko‘p yillar davomida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining vitse-prezidenti lavozimini egallab, har yili sportning turli xil turlari: suzish, boks, qilichbozlik, yugurish musobaqalarini tashkil etishga yordam berdi.

Butun respublika uchun juda muhim loyiha - "Paxtakor" jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan futbol musobaqasi (1979 yilda aviahalokatda klubning deyarli butun tarkibi fojiali tarzda halok bo‘lgan). Tadbir MOQ shafeligida bolalar sport oromgohlarida o‘tkaziladi. Hozirda Larisa Pavlova MOQning faxriy a’zosi, shuningdek, Toshkent voleybol federatsiyasi raisining o‘rinbosari.

Voleybolchining hayotida yana bitta Olimpiya o‘yinlari bo‘lgan - 1996-yilda Atlantada. Larisa Mixaylovna u yerga ishchi guruhi tarkibida mutasaddi sifatida borgan.

"Agar siz o‘zingiz musobaqada qatnashmayotgan bo‘lsangiz-da va uni shunchaki tomosha qilsangiz, u butunlay boshqacha his qilinadi. Bir tomondan, men jamoamiz a’zolariga yordam berishim kerak edi, ularni yaxshi kayfiyatga yetaklashim kerak edi. Kimgadir mehr bilan, kimgadir qattiqroq munosabatda bo‘lish kerak edi – bu sportchining hissiy holatiga bog‘liq edi. Xuddi biz bilan bir payt Moskvada bo‘lgani kabi. O‘sha O‘yinlarda men turli mamlakatlar madaniyatidan yaxshigina zavqlandim: ularning har biri o‘zlarining etnik xususiyatlarini namoyish etishgan va men ularni erkin muhitda ko‘rishimga imkon bo‘ldi. Ayniqsa, sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga kelgan O‘zbekistonning raqs guruhlari va yetakchi xonandalarimiz esda qolishdi", - Pavlova o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘sha yili O‘zbekiston terma jamoasi suveren davlat sifatida birinchi marta barcha sport turlari bo‘yicha chiqish qildi. Sobiq sportchi o‘zining milliy musiqasini boshqa qit’ada jonli ravishda tinglashdan va bolalikdan ko‘ngilni iliqlaydigan raqslarni tomosha qilishdan xursand bo‘lgan.

"Menda 1980-yilda qolib ketgan his-tuyg‘ular qisman qaytdi, ammo adrenalin va o‘z g‘alabamdan baxtiyorlik yo‘q edi. Ishtiyoqlarning shiddati bo‘yicha Moskva Olimpiadasi men uchun qadrliroq", - deya iqror bo‘ladi chempion.

Atlantadagi O‘yinlardagi faoliyati uchun O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov Pavlovani "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan taqdirladi.

Oilaviy quvonch va adabiy rejalar

Larisa Mixaylovnaning qizi Yelena ham  Qozog‘iston tarixidagi eng muvaffaqiyatli voleybolchilaridan biri bo‘ldi. Voleybolchi qiz Yevropaning eng yaxshi klublarida o‘ynadi, uning turmush o‘rtog‘i Asxat Jitkeyev esa dzudo bo‘yicha Olimpiada o‘yinlarining kumush medali sovrindori. Jitkeyevlar Olma-Otada yashaydilar va to‘rt farzandni tarbiyalamoqda. Darvoqe, ular sport sulolasini davom ettirmoqdalar: katta qizi tennis, o‘g‘li dzudo va futbol bilan shug‘ullanadilar. Larisa Mixaylovna tez-tez qarindoshlarinikiga borib turadi. Aynan karantin vaqtida, ishda tanaffus bo‘lganida, u Qozog‘istonga ketdi. Mashhur bo‘lishiga qaramay, u hatto ijtimoiy tarmoqlarda ham ro‘yxatdan o‘tmagan - u o‘zini nabiralariga bag‘ishlashni, ularga donoligi va kuchini berishni afzal ko‘radi.

© Iz lichnogo arxiva Larisi PavlovoyLarisa Pavlova
Sportchi, chempion va go‘zal: Larisa Pavlovaning voleyboldagi “oltini” - Sputnik O‘zbekiston
Larisa Pavlova

U Olimpiadadan necha yillar o‘tib ham, Yaponiyaga safari paytida uni tanishganini eslaydi.

"Bu mamlakatda Olimpiya chempionlariga hurmat juda boshqacha. Biz qizim o‘ynagan mahalliy jamoaning taklifiga binoan keldik. Biz sport majmuasi bo‘ylab aylanib yurgan edik, to‘satdan hamrohlik qilayotgan tarjimon: "Larisa-san, ana u yerdasiz!", dedi va bizning SSSR terma jamoamizning Yaponiyaga safari paytida olingan fotosuratlari qo‘yilgan stendga ishora qildi", - deydi Pavlova.

Endi Olimpiya chempioni xotiralarini yozishni orzu qilmoqda.

"Ko‘pchilik tanishlarim aytishapti, chunki mening tajribam boy, taniqli odamlar bilan ko‘p uchrashganman. Hayot voqealarga boy, ko‘p narsaga o‘rgatgan. Masalan, bir payt men tug‘riso‘z va bir so‘zli edim, bunga odamlar xafa bo‘lishardi. Vaqt o‘tishi bilan men diplomatiyaga o‘rgandim, ya’ni odamga garchi u unga zid bo‘lsa ham, o‘z fikrimni yetkazim, lekin shu bilan birga u odam bilan yaxshi munosabatda qolishni. Bugungi kunda, 70 yoshimda, men ko‘p narsalarga boshqacha qarayman", - xulosa qiladi Larisa Mixaylovna.

Sport, va hususan voleybol, nafaqat formani saqlashga, balki o‘zaro munosabatlarni, aniq rejalarni shakllantirishga va pirovardida rejalashtirilgan maqsadga erishishga yordam beradi.

Yangiliklar lentasi
0