Olimpiya namozi: Sport majmuasi qurilishi uchun Jome masjidi buzilishiga sal qolgan

© Sputnik / Igor Mixalev / Mediabankka o‘tishSobornaya mechet i sportkompleks "Olimpiyskiy" na prospekte Mira v Moskve.
Sobornaya mechet i sportkompleks Olimpiyskiy na prospekte Mira v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Musulmon sportchilar uchun ziyoratning asosiy joyi va imomlar "tanlanishi" haqida Sputnik maqolasida o‘qing.

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik, Mariya Naumenko, Lev Rijkov. 1980-yilgi Moskva Olimpiada arafasida murakkab vazifa hal qilinishi kerak edi: Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi qoidalariga binoan, O‘yinlar ishtirokchilari uchun ibodatxonalar va masjidlar jihozlanishi kerak edi.

Olimpiya shaharchasi diniy markazi qanday ishlagani va ayrim ulamolar ba’zida zerikkani haqida - Sputnik maqolasi.

Sportchilar suratga tushgani kirishardi

"Sovet sportchilari borasida hech qanday muammo bo‘lmagan. Men duo olgani kelgan yoki va biror ibodat marosimida qatnashgan sportchilarimizni ko‘rmadim. Bularning hammasi chet el delegatsiyalari uchun qilingandi", - deb eslaydi Tolmachidagi Avliyo Nikolay cherkovi boshqaruvchisi, protoiyerey Nikolay Sokolov. Unga 1979-yilda Olimpiya shaharchasida diniy xonalarni tashkil qilish topshirig‘i berilgan edi.

Moskvadagi Olimpiya shaharchasining madaniy markazida har biri 100 kvadrat metrdan iborat uchta zal ajratilgan. Ulardan birida xristian dinini e’tiqod qilganlar uchun ibodat xonalari (katoliklar, pravoslavlar va turli protestant oqimlari ergashuvchilari), ikkinchisida - Islom, uchinchisida  esa - Iudaizm va Buddizm e’tiqodchilari ibodat qilgan.

Torjestvennoe otkritie XXII Olimpiyskix igr v Moskve 19-iyulya 1980 goda. Na tribune - simvol Olimpiadi-80 - Medvejonok. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va boshqa respublikalarning Olimpiada-80 ga tayyorgarlik ko‘rishdagi roli

Ba’zi diniy tuzilmalar vakillari chet eldan taklif qilingan. Marosimlarni bajarish uchun 20 nafar din vakillari tanlab olingan edi. Ulardan biri Rossiyaning amaldagi bosh ravvini Adolf Shayevich edi. 

Uning ta’kidlashicha, sportchilar ibodat xonasiga faqat suratga tushish uchun kirganlar - "hech qachon sportchilar ibodat qilish uchun yig‘ilmagan".

"Kirganlarning barchasi hayron qolardi. Ular Sovet Ittifoqida din ta’qib qilinishini bilardi, Olimpiya shaharchasida esa butun bir diniy markaz paydo bo‘lgan. Bizning o‘zimiz uchun ham bunday qarorning qabul qilinishi hayratlanarli va kutilmagan hol bo‘ldi", - deydi Shayevich.

Butunittifoq Yevangelie xristian-baptistlar Kengashining sobiq rahbarlaridan biri Valter Miskevich ham maxsus ajratilgan ibodat xonalari sportchilar orasida mashhur bo‘lmaganini tasdiqlaydi.

1980 yilda Olimpiya shaharchasida xizmat qilgan Miskevich: "Bu juda zerikarli navbatchilik edi. Bizga kamdan-kam odamlar kelardi: gohida biror chet ellik yugurib kelib tiz cho‘kib ibodat qilardi. Biz ular bilan ko‘p ham aloqa qilmasdik", - deydi 1980-yilda Olimpiya shaharchasida xizmat qilgan Miskevich.

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishSvashennoslujiteli v zdanii Kulturnogo sentra Olimpiyskoy derevni vo vremya XXII letnix Olimpiyskix igr
Olimpiya namozi: Sport majmuasi qurilishi uchun Jome masjidi buzilishiga sal qolgan - Sputnik O‘zbekiston
Svashennoslujiteli v zdanii Kulturnogo sentra Olimpiyskoy derevni vo vremya XXII letnix Olimpiyskix igr

Ammo din vakillariga xorijiy OAVlar alohida qiziqish bildirgan.

"O‘nlab jurnalistlar - yaponiyaliklar va norvegiyaliklar kelishardi. Ular suratga olishardi, umuman Ittifoqda din ishlari qay ahvolda bo‘lgani haqida savollar berishardi. Ularning ko‘pchiligi Olimpiya shaharchasida yashashgan va doim madaniy markaz atrofida yurishardi", - deb eslaydi Shayevich.

Ertalabki ibodatdan keyin televizor ko‘rgani borardik

"Biz xonani men ikkita buddist lamasi bilan bo‘lishganmiz. Har kunni ertalab men o‘zimning yarmimda ibodat qilish bilan boshlardim, ular o‘zlari tomonida, keyin esa birga televizor ko‘rgani borardik. Yagona narsa – markazda tez-tez ibodat qilgani kelib turgan katolik sportchilar muayan soni bo‘lgani”, - deydi Adolf Shayevich.

O‘zbekistonlik chavandoz Yuriy Kovshov Olimpiada-80da oltin medalni qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek chavandozi va Olimpiada-80 boshqa SSSR qahramonlari – foto

"Musulmonlar ertalab bu yerga kelishadi-da, keyin xonani qulflab ketishardi - ular uchun stadionga yoki boshqa joyga borish yanada qiziqarliroq edi", - deya qo‘shib qo‘yadi Miskevich.

Valter Arturovich eslashicha, katolik ruhoniylari Moskvaga Litvadan kelgan, u doim ularning marosimlarini qiziqish bilan kuzatgan.

"U yerda uchta katolik bor edi. Oyog‘ini uchigacha qora libos kiygan. Ular har kuni ertalab va har doim ibodat qilishar va Iso Masihning Golgofa azoblarini eslashardi", - deydi Miskevich.

Shayevichning so‘zlariga ko‘ra, barcha konfessiyalar vakillari bir-biri bilan do‘stona munosabatda bo‘lishgan va har kuni musobaqada ko‘rganlari bilan o‘rtoqlashardi.

"Biz deyarli barcha ruhoniylar bilan gaplashardik: pravoslavlar, musulmonlar bilan. Biz, aslida, bitta mehmonxonada yashaganmiz, aloqalar juda yaxshi edi, taassurotlarimiz bilan almashardik. Asosan sport haqida gaplashardik", - deydi Shayevich.

Madaniyat markazi vestibulida katta yapon televizorlari turardi. Bundan tashqari, ekranlar restoranlarda xam bor edi - ular orqali musobaqalar namoyish etilardi. Ravvin katta sport muxlisi bo‘lgani uchun musobaqaning borishini kuzatishga barcha imkoniyatlardan foydalanganini ta’kidlaydi.

XXII Olimpiyskie igri. Strelba, olimpiyskiy trap (transheyniy stend). Sleva napravo - bronzovaya medal Yorg Damme (GDR), zolotaya medal Luchano Djovanetti (Italiya), serebranaya medal Rustam Yambulatov (SSSR). - Sputnik O‘zbekiston
90-yillarda killer bo‘lishni taklif qilishgan - Olimpiada 80 sovrindori Yambulatov

Shayevich, o‘yinlardan keyin "idoraga hisobot berish" kerak bo‘lganligini eslaydi. Va u SSSR Vazirlar Kengashi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha kengashda: "hech qanday diniy tadbirlar bo‘lmadi, hech kim ibodat kitoblarini (duolar to‘plamlari - tahr.) so‘ramadi va kelmadi ham", deb hisobot bergan.

"Olimpiya shaharchasida ibodat xonalarining hech qanday reklamasi yo‘q edi. Bu yerda ibodatxona borligini tushunishlari uchun katta harflar bilan "Ibodat xonasi" deb yozib qo‘yish kerak edi. Bunday narsalar yo‘q edi. Odam bu joyni Xudo bilan, ruhoniylar bilan muloqot joyi ekanligini qanday tushunishi mumkin?! Shuning uchun, shaharchaga kelib, qayerga borishni bilmaysiz", - deya shikoyat qiladi Miskevich.

Protestant ruhoniysining so‘zlarini Moskvadagi XXII Olimpiada o‘yinlarida shahsiy birinchilikda bronza medalini qo‘lga kiritgan sovet ot sportchisi Yuriy Salnikov ham tasdiqlaydi.

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishIrlandskie sportsmeni, chleni natsionalnoy olimpiyskoy komandi vo vremya slujbi v Olimpiyskoy derevne
Olimpiya namozi: Sport majmuasi qurilishi uchun Jome masjidi buzilishiga sal qolgan - Sputnik O‘zbekiston
Irlandskie sportsmeni, chleni natsionalnoy olimpiyskoy komandi vo vremya slujbi v Olimpiyskoy derevne

"Men shaharchada ibodat xonalarini ko‘rmadim va u yerga borolmadim. Men ham cho‘qintirilganman va Xudoga ishonaman. Agar shaharchada ibodat xonalari borligini bilganimda, u yerga albatta borgan bo‘lardim. Buni chin dildan aytapman", - deydi Salnikov.

"Moskvada ibodatdagi har qanday sportchi ibodat xonasiga kirishi mumkin edi, bu ta’qiqlanmagan edi. Ammo Olimpiada O‘yinlarida ishtirok etayotganini va buni ustiga ibodatdaligini rasman ma’lum qilish - bu aql bovar qilmaydigan ish edi. Hamma jim edi", - deydi pravoslav ruhoniysi Nikolay Sokolov.

Kinozal va suvenir do‘konlari: Olimpiada-80 ruhoniylari hordiq chiqarishi

Vaqt o‘tishi bilan ruhoniylar o‘zlariga har xil ovunishlarni ixtiro qilishlariga to‘g‘ri kelardi.

Miskevich: "Hech kim kelmaganida vaqt juda og‘ir o‘tadi. Men kinoteatrga tez-tez borib turardim, u yerda eng yaxshi sovet filmlari namoyish etilardi, zal esa doim bo‘sh edi", - deydi Miskevich.

Yana Valter Arturovich "ajoyib sartaroshxonalar va turli xil suvenir do‘konchalari" bor Olimpiya shaharchasida aylanib yurishni yaxshi ko‘rardi.

"Men magazinlardan mamnuniyat bilan cherkovlar, diqqatga sazovor joylar tasvirlari bor, Ivanovning "Masixning odamlarga ko‘rinishi" rasmi tushirilgan otkritkalarini sotib oldim", - deb eslaydi Miskevich.

Alina Xam  - Sputnik O‘zbekiston
Olimpiada oldidan menga hatto familiyamni o‘zgartirishni taklif qilishgan - Alina Xam

Shuningdek, Olimpiya shaharchasida kechqurunlari doim diskotekalar va sovet estradasi yulduzlari ishtirokida konsertlar uyushtirilardi.

"Bizning yetakchi san’atkorlarimiz tashrif buyurardi: Lev Leshenko, Vladimir Vinokur, Edita Pyexa, Lyudmila Zikina. Odatda ularning konsertlariga tushish oson emas edi. U yerda men Iosif Davidovich Kobzon bilan tanishib oldim. U shaharchaning diniy markazida ravvin ham borligidan hayron qoldi”, - deydi Adolf Shayevich.

"Zikina ibodat xonasiga kelib: "Ha, albatta, Xudo bor, Xudo bo‘lmasligining iloji  yo‘q ... Odamlarga Xudo to‘g‘risida eshitishi uchun ko‘proq imkoniyat berish kerak", degani hech esimdan chiqmaydi. Bizning ziyo ahli, madaniyatimiz vakili: “odamlarga axloq, ma’naviy hulqni o‘rgatish kerak”, degan so‘zlarini eshitish yoqimli edi", - deb eslaydi Miskevich.

Jo’me masjidi buzilib ketishiga oz qoldi

1980 yilda Moskva jo’me masjidi Yaqin Sharqdan kelgan musulmon sportchilar va rasmiy delegatsiyalarning ziyoratgohiga aylandi.

Biroq, O‘yinlar arafasida, diniy arboblar ushbu bino uchun kurashishlariga to‘g‘ri keldi. "Olimpiyskiy" sport majmuasini qurish uchun tarixiy binolarning deyarli butun kvartali buzildi. Bunday taqdir masjidga ham tahdid solgan. Oldin ham holatlar bo‘lgan: masalan, Olimpiya shaharchasini qurish paytida pravoslav cherkovi buzib tashlangan.

"Mening otam Abdulqodir Valitov barcha idoralarga xatlar yozdi. Siz xalqaro sport tadbirini o‘tkazapsiz. Arab mamlakatlaridan mehmonlar kelsa, ularni qayerga olib borasiz? Ma’nosida," - deydi Otradnoyedagi "Yardam" masjidi imomi Ismoil-hazrat Valitov.

Bundan tashqari, Misr va Saudiya Arabistonining SSSRdagi elchilari ham masjid uchun turishdi. Natijada, hukumat buzish haqidagi qarorini bekor qildi.

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishMolyashiyesya vo vremya patnichnogo namaza u Moskovskoy sobornoy mecheti. Vipolzov pereulok, dom 7. Na vtorom plane - zdanie SK "Olimpiyskiy".
Moskva Jome masjidi (eski binosi) va uning yonida 1980-yilda qurilgan Olimpiya sport majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
1/5
Moskva Jome masjidi (eski binosi) va uning yonida 1980-yilda qurilgan Olimpiya sport majmuasi
© Sputnik / A. Rodionov / Mediabankka o‘tishVid na Moskovskuyu sobornuyu mechet.
Moskva Jome masjidi va uning yonida 1980-yilda qurilgan Olimpiya sport majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
2/5
Moskva Jome masjidi va uning yonida 1980-yilda qurilgan Olimpiya sport majmuasi
© Yuriy Somov / Mediabankka o‘tishVid na Moskovskuyu Sobornuyu mechet.
Moskva Jome masjidi eski binosi.  - Sputnik O‘zbekiston
3/5
Moskva Jome masjidi eski binosi.
© Sputnik / Yuriy Somov / Mediabankka o‘tishVid na Moskovskuyu Sobornuyu mechet.
Moskva Jome masjidi eski binosi (2015 yilda yangilangan).  - Sputnik O‘zbekiston
4/5
Moskva Jome masjidi eski binosi (2015 yilda yangilangan).
© Sputnik / Gleb Kiselev / Mediabankka o‘tishMoskovskaya sobornaya mechet otkrilas posle rekonstruksii v Moskve.
Moskva Jome masjidi yangi binosi va Olimpiya sport majmuasi.  - Sputnik O‘zbekiston
5/5
Moskva Jome masjidi yangi binosi va Olimpiya sport majmuasi.
1/5
Moskva Jome masjidi (eski binosi) va uning yonida 1980-yilda qurilgan Olimpiya sport majmuasi
2/5
Moskva Jome masjidi va uning yonida 1980-yilda qurilgan Olimpiya sport majmuasi
3/5
Moskva Jome masjidi eski binosi.
4/5
Moskva Jome masjidi eski binosi (2015 yilda yangilangan).
5/5
Moskva Jome masjidi yangi binosi va Olimpiya sport majmuasi.

"Olimpiada paytida chet el delegatsiyalari va ma’lum kunlarda musobaqalari bo‘lmagan ishtirokchilar Moskva jo’me masjidiga kelishardi. U yerda barcha musulmonlar bilan birga namoz o‘qiganlar. Buni men o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman", - deb eslaydi Rossiya musulmonlari Diniy boshqarmasi raisining maslahatchisi Xaris Saubanov.

Valitovning yana bir o‘g‘li Islom-hazratining ta’kidlashicha, masjidga Sovet sportchilari ham kelishgan.

Ruhoniylar Olimpiya shaharchasiga qanday tayinlanishgan

Olimpiya shaharchasida akkreditatsiyadan o‘tish uchun Din ishlari bo‘yicha Kengash "sinaxta din xizmatchilarini: pravoslav va katolik ruhoniylarini, lyuteran pastorlari, ravvin, imom, buddistni tanlashi va tayyorlashi kerak edi. Ammo Miskevich va Shayevich ta’kidlashlaricha, ular Olimpiya shaharchasida xizmat qilish uchun maxsus tanlovdan o‘tmaganlar.

Olimpiada-80: rabotayet KGB SSSR - vivoz prostitutok, vori v zakone i siganskie baroni - Sputnik O‘zbekiston
Olimpiada-80 sirlari: KGB, lo‘lilar baronlari va jinoyatchilarning chiqarib yuborilishi – video

"Aynan Olimpiada tufayli men Moskva ravvini bo‘ldim. 1980-yilda men ravvinlik diplomini oldim, Budapeshtda o‘qishdan qaytdim. Men SSSRda Sovet hukumati davrida ma’lumot olgan birinchi ravvin bo‘ldim. Men asli Birobidjandan (RF Yevrey avtonom viloyatining poytaxti - tahr.) bo‘lganligim sababli, meni u yerga yubormoqchi bo‘lishdi. Ammo Olimpiada bo‘ldi va bu davrga meni Moskvada qoldirib, o‘yinlarda ishlashimga ruxsat berishdi", - deya sharhladi Adolf Solomonovich.

Moskvaga minglab ibodat kitoblari yuborildi

AQSh Olimpiada-80ga boykot e’lon qildi va amerikalik sportchilar Moskvaga kelmadi. Ammo AQShdan O‘yinlarga ibodat xonasi uchun Iudaizm bo‘yicha adabiyotlar maxsus yuborildi.

"Biz aynan Olimpiada uchun Amerikadan ravvin Artur Shnayerdan bir necha ming ibodat kitoblarini, Musoning Beshlik Kitobi, Tavrotning nusxalarini oldik. Ittifoqda, O‘yinlar munosabati bilan bizga ko‘p sonli diniy nashrlarni qabul qilishga ruxsat berildi. Men ulardan bir qismini Olimpiya shaharchasiga olib keldim. Pravoslavlar va musulmonlar ham, menimcha, chet eldan ko‘plab kitoblarni olgan", - deydi Adolf Solomonovich.

© Sputnik / Boris Prixodko / Mediabankka o‘tishMoskovskaya sobornaya mechet
Olimpiya namozi: Sport majmuasi qurilishi uchun Jome masjidi buzilishiga sal qolgan - Sputnik O‘zbekiston
Moskovskaya sobornaya mechet
Yangiliklar lentasi
0