Amerika energetikasining "qora o‘limi" Trampni batamom yakson qilishi mumkin

© AFP 2023 / Justin MerrimanShaxteri na ugolnoy shaxte Xarvi v Sikamore, shtat Pensilvaniya
Shaxteri na ugolnoy shaxte Xarvi v Sikamore, shtat Pensilvaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bo‘lajak AQSh prezidentlik saylovlari mavzusini chetlab o‘tish juda qiyin, chunki gap dunyoning birinchi iqtisodiyoti rahbari, sayyora miqyosidagi pul bosmaxonasi egasi va eng kuchli yadro potensialiga ega armiya bosh qo‘mondoni saylovi haqida ketmoqda.

Sergey Savchuk. Bo‘lajak AQSh prezidentlik saylovlari mavzusini chetlab o‘tish juda qiyin, chunki gap dunyoning birinchi iqtisodiyoti rahbari, sayyora miqyosidagi pul bosmaxonasi egasi va eng kuchli yadro potensialiga ega armiya bosh qo‘mondoni saylovi haqida ketmoqda. Yoz hali davom etmoqda, ammo Amerikaning siyosiy maydonidagi ehtiroslar tobora qizib bormoqda.

Neftanoy stanok-kachalka - Sputnik O‘zbekiston
“Neft asri tugayapti”: ekspertlar neft bozorini yana shokka tushirmoqda

Saylovlar ushbu notinch va inqirozli yilda o‘tkazilishi bilan Donald Trampning omadi chopmadi. Chunki birinchi yarim yillik natijalari unga qarshi ishlamoqda: Sog‘liqni saqlash vazirligining COVID-19ga qarshi kurashida mag‘lubiyati (150 mingdan ortiq o‘limlar), oshib borayotgan ishsizlik darajasi (martdan beri 22,6 million yangi ishsiz), uglevodorodlar bozorlaridagi inqiroz (gaz va STG narxi 25-yil oldingi past narxlarga tushishi). Qo‘lida bunday kartalarga ega bo‘la turib, partiyani g‘alabaga olib borish juda qiyin. Jo Bayden bu borada mutlaqo toza va o‘z reytingini oshirish uchun bu salbiy ichki tendensiyalardan foydalanishi shubha yo‘q.

Ammo yana bir muhim jihat borki, u saylov taroz pallasi biron bir tomonga ag‘darishi tayin. Gap ko‘mir qazib olishning pasayishi haqida ketmoqda.

Muhimlik haqida gapirayotib, biz hech ham mubolag‘a qilmadik. Oldingi saylov kampaniyasida Xillari Klinton va uning saylovoldi shtabi taniqli shaxslar va san’atkorlarga tayangan. Gollivud va media yulduzlari Klinton xonimni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaganlar, Trampni esa irqchilikdan tortib Rossiya maxsus xizmatlari bilan yaqin do‘stlikka qadar barcha tasavvur qilib bo‘ladigan gunohlarning markazi sifatida ko‘rsatdilar. Respublikachilar jamoasi aqlliroq bo‘lib chiqdi va g‘alaba qozondi.

Amaldagi prezident o‘rta sinfga tayangan va uning ustunlaridan biri - ko‘mir kasaba uyushmalari bo‘ldi. Butun e’tibor alternativ energetikaga qaratilgan, qazib olinadigan uglevodorodlar esa deyarli insoniyatning asosiy muammosi bo‘lib qolgan zamonaviy axborot trendi fonida, AQShning 25 shtatida, ya’ni mamlakatning deyarli yarmida, ko‘mir qazib olinishi e’tiborga olinmay qolib ketdi.

Rabota neftanix stankov - kachalok - Sputnik O‘zbekiston
Qudratli neft davlati ustida qora bulutlar quyuqlashmoqda

Agar ovoz berish xaritasiga ko‘mir konlarining xaritasini taqqoslab ko‘rsak, ko‘mir qazib olinadigan va Trampni qo‘llab-quvvatlaydigan hududlar mukammal darajada bir-biriga to‘g‘ri keladi. Trampga Oval kabinet eshiklarini  amerikalik konchilar o‘z qo‘llari bilan ochib berdi, chunki malla sochli nomzod sanoatni yo‘q qilishni to‘xtatish, ishlab chiqarishni tiklash va ish berishga va’da bergan. "Trump digs coal!" (Tramp ko‘mir qaziydi-tahr.) shiori saylovchilar bilan deyarli har bir uchrashuvda jaranglagan va ular yaxshi bo‘ladi deb ishonishgan.

Milliy ko‘mir sanoati va Trampning prezidentlik ambitsiyalari ostidagi asosiy bombani avvalgi Barak Obama o‘rnatdi. U quyosh batareyalari va boshqa qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqaruvchilarning va’dalariga o‘ch edi va 2016-yil fevral oyida American Recovery and Reinvestment Act  (Amerika qayta tiklanish va qayta investitsiyalash to‘g‘risidagi qonun-tahr.)ga imzo chekdi, unga muvofiq mamlakat budjetidan uglerodsiz energiyani rag‘batlantirish uchun 90 milliard dollar ajratildi va yana 150 milliard dollar investitsiyalar shaklida xususiy va nofederal yashil loyihalarga sarflandi.

Aynan Obama davrida milliy ko‘mir sanoati tez fursatlarda yomonlasha va qisqara boshladi. 2011-yilda AQSh yiliga 1,1 milliard tonna ko‘mir qazib chiqargan bo‘lsa, 2015-yilda bu ko‘rsatkich 896 milliongacha qisqardi va Amerika 2016-yilgi saylov yilini 739 million tonna bilan yakunladi.

Donald Trampga tan berish kerak: u o‘z saylovoldi va’dalarini bajarishga harakat qildi. Keyingi yilga kelib ko‘mir konlari va ochiq konlarda 775 million tonna qazib olindi, qora oltin eksporti esa ikki baravar ko‘paydi - 51 milliondan 97 million tonnagacha. Darvoqe, Pensilvaniya ko‘mirini Ukrainaga yetkazib berish aynan davrga to‘g‘ri keladi.

Prezidenti Rossii, Tursii i Irana Vladimir Putin, Redjep Tayip Erdogan i Xasan Ruxani na sovmestnoy press-konferensii v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya, Eron va Turkiya Suriya neftining noqonuniy bosib olinishini ma’qullamaydi

Ammo keyin jarayon sekinlashib, vaziyat yana yomonlasha boshladi. 2018-yilda endi 755 million tonna qazib olindi, 2019-yilda esa - 705 million tonna, ya’ni atigi bir yil ichida ishlab chiqarish 7 foizga kamaydi. Bu 1978-yildan beri eng yomon ko‘rsatkich bo‘ldi, Amerikani Jim Karter boshqargan, SSSRda hokimiyat tepasida Leonid Brejnev bo‘lgan.

Ammo bu raqamlar ortida asosiy narsa ko‘rinmaydi - odamlar taqdiri.

So‘nggi besh yil ichida Kanzas va Arkanzasda ko‘mir qazib olish butunlay to‘xtatildi, Vayoming, G‘arbiy Virginiya va Pensilvaniyada (umumiy ishlab chiqarishdan 60 foizdan ortig‘ini ta’minlagan uchta yirik ko‘mir shtati) qazib olish o‘rtacha 20 foizga qisqardi. Arizonada Navajo ko‘mir elektr stansiyasi yopildi, u bilan birga esa Kayenta koni ham yopildi, natijada uch yuzdan ortiq konchilar ishsiz qoldi va ushbu inshootlar joylashgan xopi xindular rezervatsiyasi budjeti birdaniga 12 million dollarga, ya’ni 80 foizga qisqardi.

Ammo, AQSh Energetika vazirligining tarkibiy qismi bo‘lgan Energy Information Administration (Energetikaga oid ma’lumotlar ma’muriyati – EIA – tahr.) kelgusi yilda ishlab chiqarish tiklanishiga va hech bo‘lmaganda o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarga qaytishiga ishonchi komil. Prognoz 2021-yilda tabiiy gaz narxi shu qadar ko‘tariladiki, unda energiya ishlab chiqarish uchun ko‘mirdan foydalanish yana iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lishiga tayanmoqda. EIA mutaxassislari qanday dastlabki ma’lumotlarga tayanayotgani tushunarsiz, ammo bunday mardonavor taxminlar shunchaki fuqarolar maqsadli toifasini o‘z xohish-irodasini namoyish etish arafasida tinchlantirish uchun ma’muriy resursdan foydalanishga juda o‘xshaydi.

Slanesning qulashi yoki neft qazib olishda AQSh antirekordi

2020 yilning barcha ishlab chiqarish jabhalaridagi natijalari avvalgilardan ham battar bo‘lishi umuman ayon. COVID nafaqat neft va gaz ishlab chiqaruvchilarining rejalarini, balki barcha mamlakatlar budjetlarini ham shafqatsiz ravishda buzdi va iqtisodiyot qanchalik katta va uglevodorod bozorlariga bog‘liq bo‘lsa, zarar shuncha katta bo‘ladi.

Bugungi kunda AQShda rekord darajadagi 560 million tonna neft to‘plandi, uni hech kimga sotib bo‘lmayapti. Slanes gaz quduqlari ishchilari soni 3 baravarga kamaydi va bu 1975-yildan beri eng past ko‘rsatkichdir.

Bunday dispozitsiya Trampning ikkinchi muddatga qayta saylanishiga hech qanday yordam bermaydi, axir oldingi kampaniyaning texnilogiyalaridan endi foydalanib bo‘lmaydi. Mamlakatga ko‘mir va ish joylari kerak, Donald Tramp esa o‘zining tvitterida postlarini va Amerikaning buyukligi haqidagi cheksiz mantrani taklif qilishi mumkin xolos.

Yangiliklar lentasi
0