G‘arb "putin sinov cho‘chqachalari"dan xavotir olmoqda

Obuna bo‘lish
COVID-19 vaksinasini yaratish farmatsevtika korporatsiyalari va barcha mamlakatlar jalb qilingan poygaga aylandi.

Rossiyada va jahonda birinchi koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatga olindi. U N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqildi va unga “Sputnik V” nomi berildi.

Vrach-virusolog, direktor nauchnogo informatsionnogo sentra po profilaktike i lecheniyu virusnix infeksiy Georgiy Vikulov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya vaksinasi 2-yilgacha immunitetni shakllantirishi mumkin - Vikulov

Vaksina ro‘yxatga olinganini Vladimir Putin ma’lum qildi qildi va uning qizlaridan biri vaksinani olib ikkala bosqichni ham muvaffaqiyatli o‘tganini qo‘shimcha qildi.

Bu yangilik, shubhasiz, Rossiya tarixidagi yana bir mashhur voqeani eslatdi, unga muvofiq 1768-yil kuzida Yekaterina II va taxtning 14 yoshli vorisiga chechakka qarshi emlash amalga oshirilgan edi. Ammo, Rossiya prezidentining ushbu ma’lumotni oshkor qilishi sabablari uning buyuk ajdodi sabablaridan farq qiladi.

Ikki yarim asr oldin, imperatritsa Rossiya jamiyatidagi yangi tibbiy muolajalar haqidagi noto‘g‘ri tushuncha va qo‘rquvni yengishga harakat qildi. 2020-yilda, doim bundan chetlanishga harakat qilgan prezident, shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilishga majbur bo‘ldi, chunki mamlakat axborot urushining navbatdagi va juda iflos bosqichiga jalb qilindi.

Yuzaga kelgan jirkanchlik darajasiga baxo berishingiz uchun bittagina sarlavha kifoya: "Filippin Dutertesi Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi sinovi uchun Putinning (sinov) svinkasi bo‘lishiga rozi bo‘ldi". Aynan shunday sarlavha bilan “Nemis to‘lqini” Filippin prezidenti mamlakatda birinchi bo‘lib o‘zida Rossiya vaksinasini sinab ko‘rishga tayyorligini bildirgani haqidagi xabarni chiqardi.

COVID-19 vaksinasini ishlab chiqish poygasiga nafaqat farmatsevtika korporatsiyalari, balki butun boshli mamlakatlar ham kirishib ketdi. Ushbu jarayon bilan shug‘ullanishni Xitoy, AQSh va Buyuk Britaniyadan biroz keyinroq boshlagan Rossiyaning to‘satdan o‘zib ketishi endi G‘arbdagi hamkorlarimiz uchun og‘ir azoblarni keltirib chiqarmoqda. Buning sabablari juda ko‘p va xilma-xildir.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya vaksinasining birinchi partiyasi qachon ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

Birinchidan, eng ilg‘or g‘oyalarga qarama-qarshiligi. Avtoritar, qoloq Rossiya ilmiy va texnologik jihatdan ilg‘or sohada g‘oyat katta natijalarga erishishda G‘arbdan ustun kelishiga aql bovar qilib bo‘lmaydi. Bizning mamlakatimiz aktivlari qatorida eski epidemiologik maktab, to‘plangan tajriba va vaksinalarni ishlab chiqish sohasida katta yutuqlar bo‘lishi esa muhim emas.

Ikkinchidan, G‘arbning geosiyosiy ta’siriga tahdid. Axir, agar Rossiya boshqa mamlakatlar bilan ularning aholisini COVID-19 ga qarshi emlash bo‘yicha faol hamkorlik qilsa, u yerda o‘z obro‘sini mustahkamlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Bunga esa, albatta, yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Uchinchidan esa - pul. Bunga juda katta mablag‘lar tikilgan, va albatta bunga dunyoning yetakchi farmatsevtika kompaniyalari ko‘z tikishmoqda. Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RFPI) rahbari Kirill Dmitriyevning ma’lum qilishicha, uning tashkilotiga 20 dan ortiq mamlakatdan bir milliard doza vaksina sotib olish uchun buyurtmalar tushgan. Bu farmatsevtik kompaniyalar uchun qanchalik astronomik foydani keltirishini tasavvur qilish qiyin, ayniqsa narxni bir necha bor ko‘tarib yuborsa.

Kecha Klinik tadqiqot tashkilotlari uyushmasi (AOKI) Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligini sinovlarning uchinchi bosqichi yakunlanmaguncha koronavirus vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazmaslikka chaqirgani bejiz emas, bu uyushmaga dunyodagi eng yirik farmatsevtika gigantlari kiradi: Pfizer, Bayer, Novartis va boshqa shu kabi taniqli brendlar. Ularning his-tuyg‘ularini va og‘riqlarini tushunsa bo‘ladi, axir ular ulkan foydani boy berishmoqda, va ularda buning borasida o‘z hisob-kitoblari va rejalari bor edi.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
BSST Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasiga izoh berdi

Ularning vajlari Rossiya rasmiy tuzilmalari va epidemiolog-olimlari tomonidan rad etilgani muhim emas. Farmlobbistlar bu jarayonni sekinlashtirishga jiddiy umid qilishgani dargumon.

Ularning asosiy maqsadi Rossiya ishlanmasini mamlakat ichida emas, balki chetda obro‘sizlantirishdir. Axir, AOKI-ning ushbu murojaati G‘arb ommaviy axborot vositalariga o‘zining xavfli ekanligi haqida baland ovoz bilan jar solish imkoniyatini beradi.

Ammo endi ular "putin sinov cho‘chqachalari" ro‘yxatiga Rossiya prezidentining qizi kiritilganini ham yozishga majbur bo‘ladi. Bu esa "Kremlning yangi jinoyati" fosh etilishining ta’sirini sezilarli darajada pasaytiradi.

Manba: RIA Novosti

Yangiliklar lentasi
0