Jo Bayden Amerika iqtisodiyotini yo‘q qilishga va’da bermoqda

© AP Photo/John MinchilloKandidat v prezidentiSShA ot Demokraticheskoy partii Djo Bayden vo vremya debatov, organizovannix CNN / New York Times v Universitete Otterbeyn. 15-oktabrya 2019
Kandidat v prezidentiSShA ot Demokraticheskoy partii Djo Bayden vo vremya debatov, organizovannix CNN / New York Times v Universitete Otterbeyn. 15-oktabrya 2019   - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika OAVlari Jo Bayden yaqinda ABC telekanaliga bergan intervyusida ko‘rsatgan qat’iyatliligi va shafqatsizligidan mamnun.

Amerika OAVlari Jo Bayden yaqinda ABC telekanaliga bergan intervyusida ko‘rsatgan qat’iyatliligi va shafqatsizligidan mamnun. Bayden epidemiya davom etgan taqdirda, iqtisodiy faollikni to‘liq cheklash bilan yana bir bor mamlakat miqyosida qat’iy karantin joriy etish niyatida bo‘lganligi va shu bilan prezident Trampning pozitsiyasiga mutlaqo qarshi bo‘lgan yondashuvni namoyish qilishi katta zavq vujudga keltirdi. Ushbu pozitsiyaning oqibatlarini tushunish uchun Yevropa Ittifoqi, Rossiya, Bangladesh yoki Xitoydagi koronavirus birinchi navbatda epidemiologik masala bo‘lganligini, faqatgina AQShda koronavirus faqat siyosiy masala ekanligini hisobga olish kerak.

Rossiyskiy mnogofunksionalniy istrebitel patogo pokoleniya Su-57  - Sputnik O‘zbekiston
AQSh nima sababdan Su-57 qiruvchisining "yaxshilanishi"dan xavotirda

Politico nashri xabar beradi:

"Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden koronavirus mamlakat ichida tarqalishiga qarshi kurashish uchun" "hech narsadan qaytmasligini" aytdi, shu jumladan, agar kerak bo‘lsa, AQSh (iqtisodiyotini) blokirovka qilishgacha". "Men uni (iqtisodiyotni-tahr.) o‘chirib qo‘ygan bo‘lardim. Men olimlarga quloq solgan bo‘lardim, - dedi Bayden AVS muxbiri Devid Myuirga o‘zining sherigi (vitse-prezidentlikka nomzod) senator Kamala Xarris bilan qo‘shma intervyusida. - Biz hayotlarni saqlab qolish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz". Baydenning izohlari, Demokratik partiya nomzodi bo‘lgan har qanday odam AQShda kamida 175 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lgan virus tarqalishini to‘xtatish uchun qachonlardir taklif qilgan eng qat’iy ehtimoliy choralarga ishora qilmoqda".

Umuman Demokratik partiya va xususan Bayden saylovchilarga o‘zlarini AQShda epidemiyani to‘xtatish uchun eng keskin choralarni ko‘rishga tayyor, koronavirusga qarshi murosasiz kurashchilar sifatida "sotishga" harakat qilmoqda. Maqsad shundaki, ularning fonida prezident Tramp, amaldagi ma’muriyat iqtisodiy cheklovlarni uzaytirishni istamasligi, amerikaliklarning kuch ishlatish tahdidi ostida uylarini tark etishini taqiqlashni, odamlarga niqob taqishni majburlashni istamasligi sababli vafot etganlarning qoniga qo‘llari burkangan, "chollar va kampirlarning qotili"ga o‘xshatishdir.

AQShning Demokratik partiya tomonidan boshqariladigan mintaqalarida xukumatlarning talvasasi ba’zan kulgili tusga kirmoqda. Masalan, Los-Anjelesda mahalliy hokimiyat nafaqat uy-joy ziyofatlarini taqiqlab qo‘ydi (ya’ni fuqarolarning yig‘ilish va erkin harakatlanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini cheklab qo‘ydi), balki bunday cheklovlar buzuvchilarini elektr, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlaridan uzib qo‘ymoqda.

Sotrudniki eskadrili setevix operatsiy bazi VVS SShA Leklend vo vremya ucheniy po otrajeniyu kiberatak - Sputnik O‘zbekiston
"Doktrina tajovuzkorlikdan iborat": AQSh harbiylari Yer orbitasini bosib olish niyatida

Sayyoraning Amerika axborot maydonidan tashqarida bo‘lgan fuqarolari uchun bu psixozning darajasini tushunish qiyin, biroq Amerika ommaviy axborot vositalari (Trampga qarshi ish olib boruvchi va sanoat miqyosidagi "ma’lumot cho‘kindilari" yordamida oddiy odamlarning ongiga dahshat yetkazish orqali) ajoyib natijalarga erishdilar. Masalan, Franklin Templeton  moliyaviy kompaniyasi epidemiya bo‘yicha maxsus jamoatchilik fikrini o‘rganish so‘roviga buyurtma berdi va quyidagi xulosalarga keldi: "Biz COVID-19 bilan kasallanishning sog‘lik uchun jiddiy oqibatlaridan juda tashvishlanayotgan yoki xavotirda bo‘lganlarning ulushi 25 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lganlarning barcha yosh qatlamlari uchun deyarli bir xil ekanligini aniqladik, va u 65 yoshdan oshganlarning ulushidan kam emas. Bu ko‘rsatkichlarning o‘limning haqiqiy ko‘rsatkichiga mos kelmasligi juda hayratga soladi: 18-24 yoshdagi odamlar orasida sog‘lig‘idan jiddiy tashvishlanayotganlarning ulushi COVID'dan o‘limlar umumiy sonidan 400 baravar yuqori; 25-34 yoshlilar uchun - 90 baravar yuqori".

Buni oddiy ogohlik deb hisoblasa bo‘lar edi, ammo bu borada nyuans bor: xuddi shu havotirdagi fuqarolar gigiyena va niqob kiyishni emas, balki maktablar, korxonalar, davlat idoralari yopilishining va umuman xavfsizlik to‘liq ta’minlanmaguncha barcha normal hayotni cheklash tarafdorlaridir.

Franklin Templeton so‘rovining buyurtmachilari alohida aniqlagan, aynan ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilari va asosiy ommaviy axborot vositalarining (ya’ni aksil-Tramp) iste’molchilari orasida tarqaladigan ushbu psixozga murojaat qilish orqali Bayden saylovda g‘alaba qozonganidan keyin iqtisodiyotni o‘chirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Vaksina - Sputnik O‘zbekiston
AQSh COVID-19 vaksinasini ishlab chiqishda Rossiya yordamini rad etgan - CNN

Muammo shundaki, Bayden gapirayotgan iqtisodiyotni o‘chirib turish, aslida, uni o‘ldiradi.

"Butun boshli mamlakatni blokirovka qilish <...> sizga oyiga YaIMning uch foizigacha tushadi, shuning uchun sayyoraning hatto eng badavlat davlatlari ham qo‘shimcha ikki yoki uch oylik to‘liq blokirovkani amalga oshirishga qodir emas", - deydi Shveysariyaning UBS banki Osiyo-Tinch okeani mintaqasi aksiyalar bo‘limi rahbari Xartmut Issel CNBC'ga.

Epidemiyaga qarshi kurash mavzusini shu qadar ko‘p siyosiylashtirib tashlamagan va uni saylovoldi tashviqoti mavzusiga aylantirmagan mamlakatlarda vaziyat to‘g‘ri qabul qilinmoqda: endi iqtisodiyotni to‘liq muzlatib qo‘yishning iloji yo‘q. Buni turli xil siyosatchilar va ishbilarmonlik vakillari, shu jumladan Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Toni Bler, Siemens bosh direktori Djo Kezer va Fransiya Bosh vaziri Jan Kasteks ham gapirib o‘tgan.

Bu ma’noda AQShning hech qanday farqi yo‘q va u hattoki undan ham yomonroq holatda, vaholanki AQSh iqtisodiyotni birinchi marta to‘xtatganidan keyin tiklanishiga ishora ham yo‘q. The New York Post gazetasining ma’lum qilishicha, "Nyu-Yorkning och qolgan aholisi Kvinsda bepul oziq-ovqat uchun chorak mil masofalik navbatlarda turishmoqda".

Perviy polet noveyshego bespilotnika Oxotnik - Sputnik O‘zbekiston
"Ko‘rinmas" qotil: Rossiyaning "ovchi" droni AQSh va NATOni nega tashvishga solyapti?

Taniqli iqtisodchi va Allianz  sug‘urta gigantining yetakchi iqtisodiy maslahatchisi Muhammad El-Erianning fikriga ko‘ra, "kichik biznesning koronavirus tomonidan yakson qilinishi AQShdagi kapitalizmga tahdid solmoqda".

CNBC moliyaviy telekanali tayanayotgan hukumatning rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, "AQSh (ishga layoqatli) aholisining deyarli yarmi ishsizdir".

Shu fonda Jo Bayden, aniqrog‘i, uning siyosiy texnologlari - saylovchilarni ko‘proq koronavirus bilan qo‘rqitish va ularga yanada jiddiyroq iqtisodiy cheklovlar (qonunbuzarlarni elektr va suv ta’minotidan uzish bilan) orqali ularni o‘z tomoniga jalb qilishlari kerakligiga tayanmoqdalar. Eurasia Group yirik xalqaro konsalting kompaniyasining egasi Yan Bremer to‘g‘ri ta’kidlaganidek, umuman elektorat Baydendan ko‘ra Trampga ko‘proq ishonadigan yagona masala bu iqtisodiyotdir va Baydenning bunday bayonoti amaldagi prezidentning saylovoldi kampaniyasiga qo‘shimcha imkoniyatlar berishi mumkin.

Agar bu imkoniyatlar amalga oshirilsa, bu biroz qayg‘uli ham bo‘lar edi. Amerika iqtisodiyoti yana bir (qanchalik qisqa bo‘lishidan qat’iy nazar) ommaviy karantindan qanday omon qolishini kuzatish juda qiziq bo‘lar edi.

Yangiliklar lentasi
0