"Xitoy floti 72 soat ichida yo‘q qilinadi" - Bayden jamoasi reja tuzmoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Nyu-York
Goroda mira. Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchilari yoki “yashirin hukumati”  bu safar saylovchilar oldida oldingi "AQShda ikkita partiya bor va ular bir-biri bilan ashaddiy raqobat qilmoqda" degan eski spektaklni ham istab-istamay ijro etmoqda.

Garchi Demokratik partiya nomzodi tashqi siyosatga Donald Trampdan ko‘ra muvozanatliroq va konstruktiv yondashuvni namoyish qilishi va o‘zini avvalgi qonli geosiyosiy sarguzashtlarning salbiy tajribasidan uzoqlashtirishi kerak bo‘lsa-da, amalda voqealar umuman boshqa tomonga ketmoqda.

Kandidat v prezidentiSShA ot Demokraticheskoy partii Djo Bayden vo vremya debatov, organizovannix CNN / New York Times v Universitete Otterbeyn. 15-oktabrya 2019   - Sputnik O‘zbekiston
Jo Bayden Amerika iqtisodiyotini yo‘q qilishga va’da bermoqda

"Qirol rolini aslida uning atrofdagilar o‘ynaydi" degan mashhur gap biroz bema’niroq ko‘rinishi mumkin, ammo Djo Bayden borasida - bu mutlaqo haqiqatdir. Chunki ayni damda jamoatchilik so‘rovlarida peshqadamlik qilayotgan prezident nomzodi mutlaq intellektual tanazzulga yuz tutish  bosqichidadir. U nafaqat geosiyosiy strategiyalarni qat’iy ifoda qilishni, balkim vaqt va makonda to‘g‘ri yo‘nalish olishni namoyish qila olmayapti.

Ushbu yaqqol demensiya, ehtimol, Amerika qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchilari yoki davlatning haqiqiy egalari - “yashirin hukumat”  Demokratik partiya nomzodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligining sababidir. Bunda ular hatto minimal odob standartlaridan va oldingi "maskarad" qoldiqlaridan ham voz kechmoqda.  

“Maskarad” deganda – “yashirin hukumat” tomonidan saylovchilar oldida AQShda haligacha ikkita partiya bor va ular bir-biri bilan ashaddiy raqobat qilmoqda degan o‘sha-o‘sha eski spektaklni tushunish kerak.

Bulmasa, ashaddiy respublikachi bo‘lgan Bush ma’muriyatining o‘nlab (!) davlat xavfsizlik xizmati hodimlari demokratlar Djo Bayden va Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlagan jamoaviy xatini qanday tushnish kerak?

Donald Tramp, o‘zining ko‘plab kamchiliklariga qaramay, AQShning so‘nggi  prezidentlari orasida noyob xislatga ega - u "yashirin hukumat ", OAV va hattoki o‘z safdoshlarining ulkan bosimiga qaramay, AQSh nomidan birorta ham urush boshlamadi.

Kandidat v prezidentiSShA ot Demokraticheskoy partii Djo Bayden vo vremya debatov, organizovannix CNN / New York Times v Universitete Otterbeyn. 15-oktabrya 2019   - Sputnik O‘zbekiston
Jo Bayden rasman AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatildi

U faqat Obama ma’muriyatidan meros qolgan urushlarni davom ettirdi va ularda ham, ayniqsa Suriya va Venesuelaga nisbatan (Amerika siyosati meyorlari bo‘yicha) qahramona qat’iyatlilik va vazminlikni namoyish qildi.

Shundan so‘ng qo‘llari yuz minglab iroqliklar va serblarning qoniga burkangan Bushlar sulolasi vakillari AQSh yetakchiligida yanada agressiv prezidentni ko‘rishni istaganligi ajablanarli emas. Bugun ularda o‘zlarining xohish-istaklarini bajarish uchun imkoniyat bor. Bayden ayni damda Trampdan meros bo‘lib qoladigan Xitoy iqtisodiy urushni kuch yordamida davom ettirishga, yo harbiy kuch tahdidi bilan Xitoyni ommaviy ravishda sharmanda qilishga urinib ko‘rishini namoyish qilmoqda.

AQSh ommaviy axborot vositalarida aynan “Vashington-Pekin” chizig‘ida qarama-qarshilikni davom ettirish faol muhokama qilinmoqda. Ehtimoliy demokrat-prezidentning bo‘lg‘usi jamoasi takliflaridan aynan shunday xulosaga kelish mumkin.

Masalan, Amerikaning "Bayden davri" siyosatining Xitoy yo‘nalishida olib borilishi istiqbollarini tahlil qila turib, Huffington Post (ya’ni Demokratik partiyaga qarshilikda umuman ayblab bo‘lmaydigan nashr) alohida tashvish bilan shunday deydi:

"Bayden atrofidagilarning tashqi siyosiy segmenti ham XXRga nisbatan yanada agressiv yondashuvga ishora qilmoqda. Ko‘pchilik Bayden davrida bo‘lajak mudofaa vaziri deb hisoblaydigan Mishel Flurnua yaqinda, garchi mojaro AQSh va Xitoy manfaatlariga mos kelmasa ham, AQSh harbiy kuchlari va ularning hamkorlari, misol uchun, Pekinni bosib turish maqsadida 72 soat ichida butun Xitoy harbiy-dengiz flotini cho‘ktirishga qodir kuch ishlab chiqish kerakligini aytdi. Flurnuaning fikricha, Xitoy Vashingtonni zaif deb hisoblagani uchun, o‘ziga ko‘proq ishonib ketmoqda.

Baydenning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yana bir maslahatchisi Djeyk Sallivan ham AQSh boshchiligida Xitoyga yaqin suv havzalarida harbiy dengiz qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazishga chaqirdi".

Agar Bayden saylanib, uning o‘zi hech qanday alohida rol o‘ynamasligini va Kamala Xarrisning shaxsidagi "de-fakto prezident" jahon sahnasida zo‘ravonlikning mutlaqo aqldan ozgan tarafdori sifatida obro‘ga ega ekanligini hisobga olsak, "Vashington burgutlari" bu kabi tajovuzlarni amalga oshirishga mutlaqo nazoratsiz va harbiy kuchni maksimal darajada oshirish va namoyish etish uchun imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

Brifing prezidenta SShA Donalda Trampa - Sputnik O‘zbekiston
Tramp AQSh va Xitoy iqtisodiyotini "ajratib yuborish"ni istisno qilmadi

Amerikalik jurnalistlarning ta’kidlashicha, garchi Demokratik partiya nomzodi tashqi siyosatga Donald Trampdan farqli o‘laroq, yanada muvozanatli va konstruktiv yondashuvni namoyish qilishi va o‘zini avvalgi qonli geosiyosiy sarguzashtlarning salbiy tajribasidan uzoqlashtirishi kerak bo‘lsa-da, amalda umuman boshqa narsa bo‘ladi.

Bunda obro‘ masalasi (tashqi harbiy aralashuvlar saylovchilarga unchalik yoqmaydi) yoki Demokratik partiyaning barcha bo‘g‘inlarini o‘z atrofida birlashtirish zarurligi (ba’zi a’zolar kichik Bush davri siysatidan chin dildan nafratlanadi) Amerika yashirin elitasining eng tajovuzkor bo‘g‘inlari manfaatlarini ilgari surish istagi kabi muhim emas:

"Demokratlar qurultoyida respublikachilarning ko‘magini jalb qilish va Baydenning Iroq urushi me’mori Kolin Pauell va marhum senator Djon Makkeyn  singari harbiy aralashuvga aloqador shaxslar bilan aloqalarini namoyish etish uchun qilingan takroriy eslatmalar ham demokratlar nomzodi, uning koalitsiyasidagi ba’zi a’zolari xohlashayotgan o‘tmishdagi xatolarga olib keladigan fikrlash tarzidan qo‘rqmaydi", - deya shikoyat qiladi huddi o‘sha Huffington Post.

Brifing prezidenta SShA Donalda Trampa - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Obama va Baydenga laqab topdi

Ushbu fonda Xitoy rasmiy OAVlarining pozitsiyasini kuzatish qiziq. Masalan, tashqi siyosiy segmenti bilan bog‘lik Global Times tabloidi, "Djo Bayden bilan, Donald Trampdan farqli o‘laroq, muammolarni hal qilish osonroq. Bu dunyoning aksariyat davlatlari, shu jumladan Xitoyning ham yakdil fikri, bunday fikrga ekspertlar Bayden rasman Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surilganidan keyin kelishdi", mazmunida maqola chiqardi.

Ehtimol, bu shunday juda nozik istehzo, chunki Xitoyning o‘ta rasmiy OAV orqali bildirgan bu pozitsiya Djo Baydenning o‘ziga zarar yetkazishi mumkin.

Boshqa tomondan, Vashington "yashirin hukumati" nomzodi g‘olib bo‘lgan taqdirda,  haqiqatda o‘z oldiga o‘zining asosiy geosiyosiy raqibini nafaqat iqtisodiy bo‘g‘ish, balki kuch orqali bosim o‘tkazish maqsad qilgani va bunga rasmiy Pekinning munosabatini ko‘rish qiziq bo‘ladi.

Eslatib o‘tish kerak, yaqinda "Gonkong uchun" iqtisodiy sanksiyalar AQShda bir ovozdan, ikkala partiya tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlashi ostida qabul qilingan.

Agar Bayden g‘alaba qozonsa, unda Xitoy nafaqat o‘ziga qarshi sanksiyalar, balki harbiy-dengiz blokadasi yoki shunga o‘xshash narsalar xavfiga duch kelishi mumkin: tarix shuni ko‘rsatadiki, "Vashington burgutlari" (ular respublikachi Bush yoki  demokrat OBama ma’muriyatidami, buning ahamiyati yo‘q) yutqazishni bilishmaydi. Agar Xitoy iqtisodiy rivojlanishda AQShni ortda qoldirsa (koronavirusdan so‘ng, Xitoyda shubhasiz kuzr bor), unda Vashingtonda o‘yin stolini ag‘darib, YaIM sohasidagi raqobatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy-dengiz floti sohasidagi raqobatga va uni XXR sohillarida amalda qo‘llashga qaytarib bo‘lmas vasvasaga duch keladi.

Yangiliklar lentasi
0