Yevropaliklarni Rossiya bilan o‘zaro hurmat bilan muloqot qilishga majburlash boshlandi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishPoiskovie raboti na meste krusheniya malayziyskogo laynera Boeing 777 v rayone Shaxterska
Poiskovie raboti na meste krusheniya malayziyskogo laynera Boeing 777 v rayone Shaxterska - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa Rossiya Federatsiyasining MH17 reysining halokatga uchrash holati bo‘yicha Niderlandiya va Avstraliya uch tomonlama maslahatlashuvlardan chiqishi to‘g‘risidagi qarori yuzasidan katta shovqin ko‘tardi.

Vladimir Kornilov. Yevropa Rossiya Federatsiyasining MH17 reysining halokatga uchrash holati bo‘yicha Niderlandiya va Avstraliya uch tomonlama maslahatlashuvlardan chiqishi to‘g‘risidagi qarori yuzasidan katta shovqin ko‘tardi.

Krushenie malayziyskogo Boeing na Ukraine - Sputnik O‘zbekiston
"Bu haqiqatan ham qo‘rqinchli": ekspert MH17 falokatining yangi tafsilotlar haqida

Shu o‘rinda bu shovqinning mohiyati va unga qo‘shilgan yuqori lavozimli amaldorlarning og‘zidan yangrayotgan feyklar, - o‘z-o‘zidan G‘arb fojianing haqiqiy sabablarini aniqlash borasidagi niyatlari yolg‘onligini tasdiqlaydi.

Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Stef Blokning rasmiy bayonoti: "Bugun Rossiya Federatsiyasi MH17 reysini yo‘q qilishi uchun javobgarligi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish to‘g‘risida bir tomonlama qaror qabul qildi". Mana qanday! Ma’lum bo‘lishicha, qayerdadir "Rossiyaning javobgarligi to‘g‘risida" muzokaralar olib borilgan ekan, va biz bunga shubha ham qilmaganmiz.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yil iyulida halokatga uchragan Malayziya “Boing” sabablari bo‘yicha birinchi maslahatlashuvlar o‘tgan yilning boshida bo‘lib o‘tgan edi.

Rossiya tomoni darhol “Halokat uchun “Rossiya huquqiy javobgarlik tan olishi” emas, balki voqea va uning haqiqiy sabablarini aniqlash biln bog‘liq barcha masalalar ularning e’tibori markazida bo‘ladi", deb belgiladi. Shu bilan birga Moskva muhim masalalardan biri - urush zonasi ustidan havo hududiga yopib qo‘ymagani uchun Ukrainaning javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish kerakligini alohida ta’kidlagandi.

Va, albatta, Blok bu haqda yaxshi biladi. Ammo atayin haqiqatni buzib ko‘rsatishga kirishadi. O‘z passajida Rossiyaning samarasiz maslahatlarni davom ettirishdan bosh tortishi "qurbonlarning qarindoshlari uchun ayniqsa og‘riqli".

Eksperti iz Niderlandov i Malayzii posetili mesto krusheniya Boinga v Doneskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Hech qanday "Buk" yo‘q, lekin asorati bor. MH17 ishida nima hisobga olinmagan?

Moskvaning bu qarori tufayli qoralashga shoshilgan ko‘plab G‘arb arboblari ham qurbonlar mavzusini o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga urinmoqda. Xususan, AQShning Niderlandiyadagi elchisi Pit Xukstra Rossiyaning maslahatlashuvlardan chiqishini "qurbonlarning qarindoshlariga va ularning adolatga bo‘lgan intilishiga yana bir zarba" deb aytdi.

Bunday yangiliklarni rasmiylar tomonidan taqdim etilgan shaklda qabul qiladigan ayrim gollandiyaliklarning reaksiyasi shunchaki qattiqroq bo‘lishi ajablanarli emas. Masalan, Blokning o‘quvchilaridan biri zudlik bilan Rossiyaga nisbatan darg‘azab maslahatlarni berdi: "Zudlik bilan barcha ruslarni Niderlandiyadan chiqarib yuboring, elchixonani yoping, darhol Rossiya bilan tashqi savdoni to‘xtating, boshqa Rossiya gazini sotib olmang. Flotimizni Qrimga yuboring".

Sharhlovchilarning deyarli hech biri ko‘ngli qolgan Gollandiya jamoatchiligiga Moskva ushbu qadamining sabablarini aniq tushuntirmayapti.

Rossiya TIV, agar gollandiyaliklar oxir-oqibat boshqa yo‘lni tanlamaganda - inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga Rossiyaga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilmaganda, maslahatlashuvlarni mamnuniyat bilan davom ettirishini tushuntirdi (aytmoqchi, u yerda katta umidlar bor edi). TIV bayonotida: "Niderlandiyaning bunday nodo‘stona harakatlari uch tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishni va ularda ishtirokimizni ma’nosiz qiladi. Uch tomonlama maslahatlashuvlarni buzilishi uchun javobgarlik butunlay rasmiy Gaaga yuklatiladi. G‘arb matbuoti bu noqulay holatni ta’kidlamaslikka harakat qiladi yoki hatto umuman eslamayapti. Darvoqe, Gaaga sudiga da’vo arizasi bilan ularning qarindoshlariga ziyon yetkazishdi.

Dogovorennost soblyudayetsya ne v polnoy mere: Lavrov o rejime prekrasheniya ognya v Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
“Kelishuvga to‘liq rioya qilinmayapti”: Lavrov Qorabog‘dagi vaqtinchalik sulh haqida

Haqiqat shundaki, ikkinchisi nomidan individual da’volar Gaaga sudiga bir necha bor berilgan. Birinchi bunday bayonot 2016-yildan beri ko‘rib chiqilib, keyinchalik yangi da’vo bilan to‘ldirildi. Ya’ni, MH17 ishi avjida edi. Shu yilning 10-iyulida Niderlandiya hukumati xuddi shu sudga davlatlararo da’vo arizasini yozishdanva hatto u yerda oldin ko‘rib chiqilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash uchun berilganligini ikkiyuzlamachilik bilan da’vo qilishdan yaxshiroq narsani topolmadi.

Va bu  - Gollandiya tomonida aniq yolg‘on. Jahon huquqiy kapitali bo‘lgan Gaaga davlatlararo sud da’vosi Gaaga sudiga berilganda, u yerda bir xil ish bo‘yicha hal qilingan barcha alohida ishlar mamlakatlar o‘rtasidagi nizo tugaguncha bir zumda to‘xtatilishini bilmasligini tasavvur qilish qiyin. Bu 2018-yilda Yevropa Kengashiga a’zo davlatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilingan Inson huquqlari tizimiga oid Yevropa konvensiyasini isloh qilish to‘g‘risidagi Kopengagen deklaratsiyasining 45-bandida aniq ko‘rsatilgan.

Lavrov o stroitelstve Severnogo potoka - 2: teper eto delo chesti dlya Germanii - Sputnik O‘zbekiston
G‘arbdan o‘rnak olishni bas qilish kerak - Sergey Lavrov

Ya’ni, Gaaga MH17 qurbonlarining qarindoshlari orqasidan yashirinmoqda, biroq shu bilan birga ularning da’volari bo‘yicha sud qarorini bir necha yilga kechiktirmoqda (va Gaaga sudida davlatlararo ishlarni ko‘rib chiqish juda uzoq vaqt talab qilishi mumkin). Gollandiya matbuoti, albatta, bu haqda yozmaydi.

Shuni ham yonddan chiqarmaslik kerakki, Niderlandiyaning Gaaga sudiga kiritilgan arz-da’vosi boshqa yuridik tashkilot - BMTning Xalqaro sudi bilan manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarmoqda, u yerda Ukrainaning Rossiyaga qarshi ishini ko‘rib chiqilmoqda, unda ham MH17 uchun javobgarlik nazarda tutilgan.

Yevropa sudi (YeIdagi eng yuqori instansiyasi) 2014-yilda Gaaga sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan davlatlararo ishlar boshqa xalqaro sud organlarining yurisdiksiyasini buzmasligi kerak degan fikrni bildirgandi. Ya’ni, Gollandiya hukumati nafaqat alohida ishlarni ko‘rib chiqishni kechiktirmoqda, balki turli instansiyalar o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarmoqda, bu ham ishga xalaqit qilishi mumkin.

Qonuniy savol tug‘iladi: nima uchun Gaaga IHESga sud jarayonlarini va Rossiya bilan maslahatlashuvlarni  bir vaqtning o‘zida shiddat bilan boshlashi, aynan hozirda o‘zining janjalli da’vosini topshirishi kerak edi? Gollandiya matbuoti Moskvaning qarorini “chaynab”, negadir o‘zlarining bosh vaziri Mark Ruttening bu savolga javobini talab qilmayapti. U shunchaki "yeng yaxshi vaqtni tanlaganini" aytib, nima uchun shunday deb o‘ylashini tushuntirishdan bosh tortdi.

Ammo javob aniq. Dastlab Gollandiya hukumati Xalqaro Tergov Tergov guruhi tomonidan tergov yakunlanishini va da’vo sudga o‘tkazilishini kutayotgani doimiy aytib kelgandi.

Mana shu yilning mart oyida uzoq vaqtdan beri kutilgan sud jarayoni Sxipxoll aeroporti hududida shovqin, shov-shuv bilan, dunyodagi deyarli barcha telekompaniyalar kameralari ostida boshlandi. Darhol ayon bo‘ldi: bu jarayon tashkilotchilari uchun nimadir noto‘g‘ri bajarildi.

Birinchidan, to‘rtta "ayblanuvchi" MH17 yo‘q qilinishiga hech qanday aloqasi yo‘q (bu jarayon yanada rivojlanib boraversa, bu hammaga mutlaqo aniq bo‘ladi). Ikkinchidan, xuddi shu shovqinli urinish Rossiya maxsus xizmatlari ofitseri (ya’ni, Rossiya davlati) sudga bog‘lashga urinish qulab tushdi. Esingizda bo‘lsa, 2018-yil bahorida, Rossiyaga qarshi Bellincgat tuzilmasi taklifiga binoan  butun dunyo ommaviy axborot vositalari jar solishdi: mana bu - Kremlga olib boradigan etishmayotgan bo‘g‘in! Ular ma’lum bir Oleg Ivannikovning ismini ko‘rsatdilar. Negadir, MH17 bo‘yicha Gaaga sudining birinchi sud majlisida prokurorlar Ivannikovni gumon qilinuvchi deb hisoblanmasligini va bu ish bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini oddiygina aytganda, o‘sha ommaviy axborot vositalari bu haqiqatni deyarli e’tiborsiz qoldirdi. Feyk uchun, albatta, hech kim kechirim so‘ramadi.

Lavrov: Litva i Polsha diktuyut Belarusi svoyu volyu cherez Tixanovskuyu - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya bu imperiyami - Lavrov javob berdi

"Boing" halokatining navbatdagi yilligi yaqinlashganda qurbonlarning yaqinlariga bu ish barbod bo‘lgani ayon bo‘ldi. Ular go‘yo juda ko‘p tashvishlanayotgan o‘sha amerikalik elchi Xukstraga yozgan maktubida aniq ko‘rsatib o‘tishdi. Ular AQSh sudda davlat kotibi Jon Kerri 2014-yilda gapirgan voqeaning xuddi shu sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini taqdim etishga chaqirishdi. Tushunganingizdek, hech qanday suratlar taqdim etilmadi. Ammo Xukstra endi qurbonlarning qarindoshlaridan xavotirda va Rossiyani biron bir narsada ayblamoqda.

Suddagi barbod bo‘lganini va Gaaga MH17 halokatining olti yilligida jamoatchilikka hech narsa bera olmasligini tushunib, bu qat’iy qadamni IHESga da’vo bilan qildi. Faqatgina sanaga mo‘ljallab - e’tiborni ishdagi noqulay savollardan chalg‘itish, uni yangi sudga, sud jarayonning yangi cho‘zilishiga olib kelish.

Xo‘sh, norasmiy guruh tarkibida bo‘lsa ham, hech bo‘lmaganda Niderlandiya bilan qandaydir muloqot boshlashga umid qilgan Rossiya qanday harakat qilishi kerak edi? Agar boshqa tomon o‘zi uchun hamma narsani hal qilib qo‘ygan bo‘lsa, qanday muloqot haqida gapirish mumkin?

Sergey Lavrovning: "G‘arbdagi tashqi siyosat uchun mas’ul bo‘lgan odamlar o‘zaro hurmat bilan suhbatlashish zarurligini anglamaydilar. Ehtimol, biz ular bilan muloqotni bir muncha vaqt to‘xtatishimiz kerak" - degan so‘zlarini eslamay iloji yo‘q. Aytishimiz mumkinki, Rossiyani MH17 bo‘yicha maslahatlashuvlardan chiqarish qarori vazirning so‘zlarini amalga oshirish uchun birinchi qadamdir. Birinchisi, ammo oxirgisi emas. Rossiyaning yevropaliklarni o‘zaro hurmat muloqotiga majbur qilish yo‘li boshlandi. U uzoq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0