NATO nima uchun Qora dengizga kirmoqchi?

© AFP 2023 / DANIEL MIHAILESCUVoyennie korabli Postoyannoy morskoy gruppi NATO-2 prinimayut uchastie v voyennix ucheniyax na Chernom more
Voyennie korabli Postoyannoy morskoy gruppi NATO-2 prinimayut uchastie v voyennix ucheniyax na Chernom more - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
NATOning Qora dengizga kirishdan maqsadi - Rossiyaning Kavkazda roli kuchayishiga va Rossiya-Turkiya hamkorligiga to‘sqinlik qilishmi. Ekspertlar fikri.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik, Galiya Ibragimova. Jo Bayden Oq uyga kelishidan oldin Shimoliy Atlantika alyansida islohotlar boshlanmoqda. Yaqinda a’zo davlatlar TIVlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan sammitda tashkilotning asosiy prinsiplari va ish tartibi qayta ko‘rib chiqildi. Hammasi o‘zgargan bo‘sada alyansning asosiy dushmanlari – Rossiya va Xitoy o‘zgarishsiz qoldi.

NATOni yangi inqirozlarga muvofiqlashtirish

Yens Stoltenberg alyans tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Bu yangi yil boshida NATO davlat rahbarlari uchrashuvi oldidan bo‘lib o‘tadigan so‘nggi va yakuniy ish sammiti bo‘ldi. Unda ishtirokchilar jamlanib qolgan savollarga javob topish va yangi ishtirokchilarning kutilmagan harakatlariga tayyor turishni anglatadi. Bunday “sovg‘alar” bo‘lishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi.

Tanki T-14 Armata  - Sputnik O‘zbekiston
NATO Belarusga bostirib kirsa, Rossiya qanday harakat qiladi – harbiy ekspert

Masalan, o‘tgan yilgi sammit vaqtida Emmanuel Makron NATO bosh miyasi o‘lganini ta’kilagan edi. Bu majlisda diskussiyaning asosiy mavzusiga aylangan va barcha rejalarni chalkashtirib yuborgan edi. Chunki alyans a’zolari darhol blok ichida hamma ishlar joyida ekanini isbotlashga kirishgan edi.

Transatlantik hamkorligiga ishonmaganlardan biri Donald Tramp edi. Rossiya va Xitoyga qarshi alyansni saqlab qolish kerak degan takliflarga, Tramp dastlab alyansga to‘lanadigan badallarni oshirishni talab qilgan edi. Tashqi xavfga qarshi faqat Amerika kurashayotganini AQSh prezidenti samarasiz deb hisoblashini aytgan edi.

Bo‘lajak sammitda esa AQSh nomidan Jo Bayden ishtirok etadi. Stoltenberg xulosasiga ko‘ra Bayden NATOni avvalgi normal holatiga qaytarishiga va Amerika NATO bilan hamkorligi muhim ekanini qayd etishiga umid bildirmoqda.

Sammit oldidan bosh kotib tahlilchilarga murojaat qilib, tashkilot ichidagi muammolarni o‘rganib, ularni hal qilish uslublarini taklif qilish va yaqin 10-yillik reja tuzishini so‘ragan. Bularning hammasi "NATO-2030" deb nomlangan edi.

Gruziyada Munosib sherik - 2020 mashqlari yakunlandi. NATO harbiylari mamlakatda nima qildi? - Sputnik O‘zbekiston
NATO harbiylari Gruziyada nima qildi?

Alyans muammolarini o‘rganish bilan TIV rahbarlari shug‘ullanishdi. Fransiya va barcha a’zolar tashkilotning “miyasi o‘lmaganini” lekin islohotlar kerakligini tasdiqlashdi.

“Himoya ittifoqini yangi xalqaro vaziyatga moslashtirish kerak. Mojaroli holatlarda, bu hatto eng asosiy prinsiplarga zid bo‘lsa ham,  NATO tezkor va birlashgan holda harakat qilishi kerak”, - deyligan yakuniy tahliliy hujjatda.

Hisobot mualliflari taklif qilgan asosiy o‘zgarish – NATOdagi veto huquqini qayta ko‘rib chiqishdir. Ayni damda tashkilotning barcha a’zolari ushbu huquqqa ega. “Agar qarorlarni hamma bir ovozdan ma’qullash talabi cheklansa, alyans ichidagi tanglik yengillashadi”, - deb xulosa qilishgan dokladchilar.

Barcha vazirlar ularning fikriga qo‘shilishdi, lekin  bunday g‘oyalarni novatorlik deb atashdi.

Yana “Moskva qo‘li”

Lekin tashqi xavflar borasida barcha ishtirokchilar yakdillik bildirishdi: transatlantika ittifoqiga eng katta xavf bu - Rossiya va Xitoy tomonidan.

“Moskva o‘z yadroviy arsenalini yangilamoqda va yangi raketalarni Shimoldan Suriyagacha va  Liviyagacha joylashtirmoqda. Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro oqibatida ham ushbu hududda Rossiya ishtiroki kuchaydi”, - deydi Stoltenberg.

Perexvat samoletov-razvedchikov VVS SShA nad Chernim morem - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya qiruvchilari Qora dengiz ustida AQSh razvedka samolyotlarini to‘xtatib qolishdi

“Kreml sobiq Ittifoq respublikalari ustidan gegemoniyaga erishmoqchi va ularning suverenitetiga putr yetkazmoqda. NATO doimiy agressiv bo‘lgan Rossiya bilan raqobat qilish uchun yangi muhitga moslashishi kerak”, - deyilgan bosh kotib hisobotida.

“Rossiya xavfi”ni zararsizlantirish bo‘yicha ishlab allaqachon boshlab yuborilgan. Buning dalili sifatida Stoltenberg Gruziya va Ukrainani misol qilib keltirdi. Hozir ikkala davlat ham Alyansning kengaytirilgan imkoniyatli a’zosiga aylanishgan. Bu G‘arbning razvedka ma’lumotlari va ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradi, lekin blokning to‘laqonli a’zosiga aylanishga imkon bermaydi.

Rossiyani ushlab turish maqsadida Alyans Qora dengizda ishtirokini ham kengaytirmoqchi. Bu “Rossiyaning Qrimda kuch to‘plashiga javob bo‘ladi”. Tafsilotlar hozircha ochiqlanmagan.

“NATOning Qora dengizdagi harakatlari OBSE mazmunini o‘ldirmoqda. Ular yagonalik va bo‘linmaslik prinsiplariga mensimasliq qilishmoqda”, - dedi Rossiya Federatsiya Kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi Konstantin Kosachev.

Qora dengizdagi ustuvor vazifalar

“Hozir NATOning asosiy vazifasi – AQSh prezidenti almashishiga tayyor bo‘lishdir. Blokda Bayden tashkilot jipslashishiga yordam berishiga va Tramp tufayli paydo bo‘lgan muammolar yo‘q bo‘lishiga ishonishadi. Lekin yangi prezident ham alyan budjetiga barcha a’zolar YaIMining 2% ini to‘lashi kerak, deb talab qilishda davom etishi mumkin”, - deydi Rossiya xalqaro ishlar kengashi direktori Andrey Kortunov.

AQSh va Yevropaning raketalar bo‘yicha til biriktirishi: nemis jurnalistlarining taxmini - Sputnik O‘zbekiston
NATO davlatlari yadroviy urushga tayyorgarlik ko‘rmoqdami?

Siyosatchi xulosasiga ko‘ra, Bayden kelishi NATO va Rossiya munosabatlaridagi taranglikni kamaytirmaydi, lekin Moskva ko‘plab xalqro mojarolarga jalb qilinganini hisobga olgan holda, alyans o‘zaro muloqotni inkor qila olmaydi, - hech bo‘lmasa harbiylar darajasida.

Rossiyaning Kavkazda ta’siri ortib borishi bilan, NATO Qora dengizga kelgisi kelib qolgan.

“Tog‘li Qorabog‘ga Rossiya harbiylarining kirishi G‘arbning e’tiboridan chetda qolmadi. Bu hudud Qora dengiz yaqinida joylashgan, NATO uni o‘z manfaatlari hududi deb hisoblaydi. U yera Moskvaning kuchayishi ular uchun navbatdagi chaqiriq. Shuning uchun ham ular Qora dengiz hududiga ko‘proq diqqat qilishmoqda”, - deydi Kortunov.

Lekin ushbu dengiz hududida Rossiya NATOning yagona raqibi emas. Bu yerda ularning kuchayishi nafaqat Moskva balkim Anqaraga ham qarshi qaratilgan bo‘lishi mumkin. Turkiya blok a’zosi bo‘lishiga qaramasdan, ko‘plab maslalar bo‘yicha boshqacha fikrga ega. Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Gretsiya, Fransiya, Germaniya va AQSh bilan ham qarama-qarshiliklari bor. Ularning yana bir maqsadi – kelajakda Rossiya va Turkiya yaqinlashuvini oldini olishdir”.

Amerikanskiy strategicheskiy razvedivatelniy BPLA RQ-4 Global Hawk - Sputnik O‘zbekiston
Amerika droni Qrim chegarasida razvedka o‘tkazdi

NATOinng Qora dengizga kelishini Ukraina ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Bunda ular asosiy sabab qilib - Rossiyaning Qrimda harbiy jihatdan kuchayishi ko‘rsatilgan.

“Yarim orolda harbiy obyektlar qurilishini Kiyev transatlantika uchun navbatdagi xavf deb talqin qilmoqda. Ukraina – Qrimda Rossiya jangovar tizimlarining joylashtirilishini – katta e’tibor talab qiladigan muammo deb ko‘rsatishda davom etadi”, - deydi Kortunov.

Illyuziyalar bilan xayrlashing

NATOning Qora dengiz hududiga bo‘lgan e’tiborini Tbilisi ham qo‘llab quvvatlaydi, deb hisoblaydi Gruziya jamoat ishlari universiteti  professori Tornike Sharashenidze. Bunga sabab - Janubiy Osetiyadagi Rossiya harbiylaridir.

“Gruziya NATOga o‘rta muddatda ham a’zo bo‘la olishiga umid qilmaydi. Lekin  blok bilan hamkorlikni kengaytirish tarafdoridir”, deydi Sharashenidze.

Tog‘li Qorabog‘dagi urush Rossiyaning Kavkazdagi rolini kuchaytirdi. Armanistonning ittifoqchisi bor – bu Rossiya. Ozarbayjonda – Turkiya bor. Gruziyada – esa hech qanday ittifoqchi yo‘q, demak u faqat NATOdan umid qilishi mumkin.

Lekin na Gruziya na Qora dengiz hududi NATO uchun hozir usuvor vazifa emas. Eng asosiy muammo – Bayden bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish. Kelgusi yil boshida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan sammit – birinchi sinov bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0