Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston YeOII ostonasida: respublikani nima kutmoqda va Tojikiston unga ergashadimi?

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlagi gosudarstv-chlenov Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza
Flagi gosudarstv-chlenov Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlat yetakchilari O‘zbekistonni tashkilotga kuzatuvchi-davlat sifatida qabul qilinishini ma’qulladilar.

Respublikaning strategik hujjatlari shuni ko‘rsatadiki, bu - YeOII bilan hamkorlikni chuqurlashtirishdagi birinchi qadam. 2021-yil davomida tashkilot bilan imtiyozli (preferensial) savdo to‘g‘risida bitim tayyorlash, 2025-yilgacha - to‘laqonli a’zolik masalasini hal qilish rejalashtirilgan.

O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi, YeOII davlatlari bilan "o‘ralgan" Tojikiston istiqbollari to‘g‘risida ko‘ndalang savol qo‘yiladi. Shu sababli Dushanbe ham kengayib borayotgan integratsiya birlashmasi bilan o‘zaro hamkorlik modelini ishlab chiqishi zarur. Bu bilan o‘z iqtisodiy muammolarini hal qilish yo‘llarini izlashi kerak.

Flagi stran YeAES. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
YeOIIning navbatdagi sammiti qayerda o‘tkaziladi

Iqtisodiy zichlik

O‘zbekiston ham, Tojikiston ham demografik muammolarga dosh berolmayapti. Mehnatga layoqatli aholi iqtisodiyotga va ish o‘rinlari soniga nisbatan tezroq o‘sib bormoqda va ikkala davlatni mehnat migratsiyasiga qaram qilib qo‘ydi. Bunda, migratsiya asosan YeOII davlatlariga to‘g‘ri kelmoqda: Rossiya va Qozog‘iston. Jahon Banki va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining statistika departamenti tomonidan olib borilgan so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, migrantlarning pul o‘tkazmalari O‘zbekiston YaIMning kamida 13,4 %ini va Tojikiston YaIMning 31 %idan ko‘pini tashkil qiladi.

O‘zbekistonda har yili o‘rtacha mehnatga layoqatli, ammo mamlakatda ish topa olmayotgan 60 ming kishi qo‘shiladi. Ishsizlik muammosini mustaqil ravishda hal qilish uchun Toshkent har kuni 1,5 mingga yaqin ish o‘rni yaratishi kerak edi (!). Buni amalga oshirish mutlaqo imkonsiz, chunki hozirgi ish bilan ta’minlash dasturi ham mavsumiy past stavkalarni hisobga olgan holda 300 tadan kam ish o‘rinni beradi.

Tojikistonda vaziyat biroz yaxshiroq. TR statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2010-2018 yillarda mehnatga layoqatli aholi 925 ming kishiga, ish bilan band bo‘lganlar esa 193 ming kishiga o‘sdi. Respublikaning ishsiz mehnatga layoqatli aholisi soni 1,7 million kishini yoki umumiy aholining 18 foizini tashkil etadi. Bu ma’lumotlar pandemiyaga qadar bo‘lgan davrga taalluqli, hozir esa ish bilan ta’minlash bilan bog‘liq vaziyat yomonlashdi.

Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii VEES - Sputnik O‘zbekiston
Muhim qadam: Putin YeOIIda O‘zbekistonga kuzatuvchi-davlat maqomi berilishi haqida

Faqatgina ishsizlikning o‘sishini sekinlashtirish uchun Tojikiston har kuni 280 dan ortiq ish o‘rinlarini yaratishi kerak. Xitoyda bo‘lgani kabi, aholi sonining o‘sishini mexanik ravishda cheklashga urinish, to‘g‘ri kelmaydi. Muammolar hozir dolzarb bo‘lib, demografik siyosatdagi o‘zgarishlar kechiktirilgan effektga ega - kamida 10-20 yil. Agar ular umuman samarali bo‘lsa.

Demak, O‘zbekiston va Tojikiston bir xil muammolarga duch kelmoqda, ular uchun tor yechimlar to‘plami mavjud: ishchi kuchini eksport qilish, ko‘proq kapital olish va ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish uchun yangi bozorlarga chiqish. YeOII - yagona harakat yo‘nalishi, unda katta kuchlanishsiz, bu barcha imkoniyatlar ochiladi.

Integratsiya nima beradi?

O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishidan kutilgan samarani Bozor integratsiyasi institutidan (Munxen) iqtisodchi Yuriy Kofner modellashtirdi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston YaIM qisqa muddatda ittifoqning boshqa davlatlariga tovarlarni eksport qilish hajmining o‘sishi hisobiga 1,6 %ga o‘sishi va mehnat migratsiyasi hisobiga yana 2,4 %ga (1,2 milliard dollar) o‘sishi kerak. Tojikiston ko‘rsatkichlari yanada ko‘proq bo‘lar edi - YaIMning kamida 6,3 %ga o‘sish. Shuni ta’kidlash kerakki, bu faqat dastlabki 1-2 yil natijalari, keyinchalik esa daromad yanada o‘sishi kerak.

Nima uchun bu qadar tez o‘smoqda? Bu, masalan, dvornik bo‘lib ishlaydigan kishi, kollej yoki universitetda olgan mutaxassisligi bo‘yicha ish boshlagani kabi. Men alohida mehnat migrantlarining holati haqida gapirmayapman. Butun davlatlar va milliy iqtisodiyotlar xuddi shunday vaziyatga tushib qolmoqda.

Shavkat Mirziyoyev obsudil budjet na 2021 god - Sputnik O‘zbekiston
YeOII bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratamiz - Mirziyoyev

Hozirgi bir qator mustaqil mamlakatlarning sanoatlashuvi va jadal rivojlanishi tarixning so‘ngi imperiya va sovet davriga to‘g‘ri keldi. Sanoat tarmoqlari - yirik iqtisodiy mexanizmning bir qismi sifatida iqlim, tabiiy resurslar, demografik holat va aholining moyilligini hisobga olgan holda rejalashtirilgan va yaratilgan. Ular aynan birgalikda samarali ishlagan.

Sovet Ittifoqi qulaganidan so‘ng, alohida respublikalarning iqtisodiyoti butun umr zavodda ishlagan tokarchi yoki frezerchi holatiga tushib qoldi, keyinchalik esa - u barcha sex va ishchilari bilan birga havoda erib ketdi.

Boshqa ishlab chiqarish yo‘q, va shartli “tokarchi” pensiyaga chiqishdan avval "gruzchik" bo‘lish ishlashga yoki mayda remont bilan shug‘ullanishga majbur. Biroq ishlab chiqarishni tiklash orqali eski hayotga qaytish mumkin.

Katta hayot

Aniq raqamlarni ko‘rib chiqaylik. Rossiyada ishlayotgan tojikistonliklar yiliga 2,6 milliard dollarni (2019 yil ma’lumotlari) uylariga o‘tkazadi. Respublika hukumati rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada ularning soni 500 mingdan kam, muqobil hisob-kitoblarga ko‘ra esa 1,2 million kishi tashkil qiladi.

Uzbekistan vpervie prinimayet uchastie v zasedanii Visshego soveta YeEAS - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ilk bor Oliy YeOII Kengashi yig‘ilishida – onlayn translyatsiya

Oddiy hisob-kitoblar yo‘li bilan biz bir kishi uchun yiliga 2,1-5,3 ming dollar miqdorida pul o‘tkazmalarini olamiz, vatanida bitta tojikistonlik uchun YaIM darajasi 3 ming dollarni tashkil etadi (2018). Agar ish beruvchining daromadi va mehnat migrantining o‘zi hayoti uchun hech bo‘lmaganda shu miqdorda yoki yarmini sarflasa, u holda Rossiya iqtisodiyotida, noqulay sharoitlarda ham pul ishlash imkoniyati vatanidan ko‘ra, ancha yuqori ko‘rinadi.

Nima uchun? Bu katta ishda ishtirok etishning samarasi. Masalan, Markaziy Osiyodan kelgan migrantlar 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun 10 ta yirik sport obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishda ishtirok etishdi. YeOII davlatlarida bo‘lish hisobiga odamlar bunday keng ko‘lamli loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi - ulardan foyda ko‘radi.

Direktor departamenta razvitiya integratsii YeEK Goar Barsegan - Sputnik O‘zbekiston
YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomi O‘zbekistonga nima beradi?

YeOII davlatlariga ketgan va u yerda biznesda katta yutuqlariga erishgan, kapitali 1 milliard dollardan oshadigan kamida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi Forbes jurnali ro‘yxatiga kiritilgan. Tojikistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiyada dollarlik millionerga aylangan respublika 100 nafar fuqarosi haqida ma’lumot to‘pladi. Minglab odamlar karyera qildi va milliy iqtisodiyotda umid qilmagan darajada ko‘proq boylikka erishdi.

Hozirda YeOII Singapur, Vyetnam, Eron va Serbiya bilan erkin savdo zonalari to‘g‘risida shartnomaga ega. Yana 7 ta davlat, shu jumladan Xitoy va Isroil shunday iqtisodiy zonalar tashkil qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Yaponiya, Janubiy Koreya va Chili kabi 50 ta davlat Yevroosiyo ittifoqi bilan hamkorlik formatlarini muhokama qilmoqda.

Loyihaga O‘zbekiston va Tojikiston qo‘shiladimi - bu ushbu davlat rahbariyatining ishi. Ammo har yili ikki respublikaning millionlab fuqarolari Rossiya va Qozog‘istonga ishlash uchun ketib, YeOIIni tanlamoqda. Ular hozirning o‘zida yangi iqtisodiy reallikka kirishmoqdalar.

Yangiliklar lentasi
0