Jonga tegdi: Yevropa Ittifoqi dollardan voz kechmoqda

© Foto : pixabayKupura yevro
Kupura yevro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2021
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqi dollarga bog‘liqlikni kamaytirish, Yevropa kompaniyalarini xorijiy kompaniyalar tomonidan yutib yuborilishini – milliy xavfsizlikka tahdid deb baholashni yo‘lga qo‘ymoqchi.
TOShKENT, 1 fev —Sputnik. Yevropa Ittifoqi amerika valyutasiga bog‘liqlikni kamaytirish niyatida yevroda ko‘proq shartnomalar imzolash, Yevropa kompaniyalarini xorijiy kompaniyalar tomonidan yutib yuborilishini oldini olish - deb baholashni yo‘lga qo‘ymoqchi.  

Ishonchni yo‘qotgan ittifoqchi

Yevro mavqeyini kuchaytirish tashabbusini yevrokomissiyaning sobiq raisi Jan-Klod Yunker ilk bor 2018-yilda kun tartibiga kiritgan edi. O‘shanda Yunker AQSh prezidenti tomonidan boshlangan iqtisodiy urush oqibatida YeI milliardlab zarar ko‘rayotganini ma’lum qilgan edi.Shu sababli dollarni yetakchi jahon valyutasi maqomidan mahrum qilish masalasi ko‘tarilgan edi.
Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2020
ShHT dollardan voz kechishga jiddiy kirishdi
Dollar tizimini buzish, neftdollardan voz kechishni boshlashga qaror qilingan edi. Yunker Yevropa energetika importining 80%ini dollarda to‘layotganidan norozilik bo‘lgan edi. Shuningdek, Yevropada ishlab chiqarilgan samolyotlar yevroda emas dollarda sotilayotganini – mutlaq bema’nilik deb atagan va Vashington ko‘p martaba Yevropa kompaniyalariga zarar keltiruvchi bir tomonlama sanksiyalar kiritayotganini ham salbiy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqqan edi.
Tramp AQShni Eron bilan tuzilgan yadroviy shartnomadan olib chiqqanidan keyin esa – YeIning noroziligi yanada ortdi. Ustiga ustak AQSh Yevropa kompaniyalariga Eron bilan savdo qilishni ta’qiqlab qo‘ydi. Aks holda ularga AQSh bozorini yopish bilan po‘pisa qilindi.
Shundan so‘ng YeI Eron bilan hisob kitob qilishning aylanma yo‘llarini axtarishga kirishdi. Shu bahonada Fransiya, Germaniya Britaniya maxsus hisob-kitob mexanizmini yaratishdi. 2019-yilda ishga tushgan INSTEX hisob-kitob tizimi — Yevropa va Eron kompaniyalari orasida qonuniy transaksiyalarni soddalashtirishga qaratilgan. Keyinchalik ushbu tizimga Belgiya, Daniya, Niderland, Norvegiya, Finlyandiya va Shvetsiya ham qo‘shildi.

Ortiqcha muammolar

INSTEXning asosiy vazifasi – AQSh moliya tizimini chetlab o‘tgan holda yevropa kompaniyalariga Tehron bilan savdo qilishga imkoniyat yaratadi. Real pul almashuvini amalga oshirmaslik qa Vashington qarshiligiga duch kelmaslik uchun, INSTEX kredit ballaridan foydaldanadi.
Banknoti dollarov SShA razlichnogo dostoinstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2020
AQSh ayblovlari Berlinni dollardan voz kechishga majbur qilmoqda
Eron o‘zining sotilgan mahsulotlari evaziga kredit ballarini to‘playdi. Keyin ushbu ballar Yevropada tovar va mahsulotlar sotib olishga yo‘naltiradi.
Amalda ushbu mexanizmni ishlatish juda ko‘p murakkabliklarga duch keldi. Boshida neft mahsulotlari sotib olish uchun tashkil qilingan ushbu mexaniz oxir oqibat faqat tibbiy buyumlar va gumanitar yordam uchun foydalanildi.
So‘nggi tomchi
AQSh Yevropa uchun juda muhim bo‘lgan infratuzilma loyihasi “Shimoliy oqim-2”ga sanksiya kiritganidan so‘ng Yevropaning qator kompaniyalari ushbu gaz quvuri loyihasida ishlash huquqidan voz kechdi.
2019 yilda Shveysariyaning dengiz tubida quvur o‘rnatishga ixtisoslashgan Allseas kompaniyasi loyihadan chiqishga qaror qildi. Undan so‘ng loyihadan kema mulkdorlarini sug‘urta qiluvchi xalqaro klub ham loyihadan chiqdi. Yanvar boshida esa Norvegiyaning Det Norske Veritas – sertifikatlash kompaniyasi, Daniyaning Ramboll injiniring kompaniyasi va Germaniyaning Bilfinger SE – qurilish kompaniyasi ham loyihani tark etishdi.
Vashingtonning aniq maqsadi bor – dollar evaziga sotiladigan suyultirilgan gaz eksportini oshirishva Sharqiy Yevropa mamlakatlari orqali (hisob-kitob dollarda amalga oshiriladi) yonilg‘i transferini oshirish.

Ishga o‘tishdi

Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, Yevrokomissiya tuzilayotgan shartnomalar yevroda narxlash va asosiy moliyaviy yo‘nalishni yevro tomonga o‘zgartirishga qartilgan muhim reja tayyorlagan.
Amerikanskiy dlllar i yuan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2020
Rossiya va Xitoy dollardan yuz o‘girmoqda
Undan tashqari milliy iqtisodiy boshqaruv organlari Yevropa kompaniyalarining xorijiy kompaniyalar tomonidan sotib olinishini bloklash huquqi beriladi. Xususan, kompaniya mulkdori o‘zgarishi oqibatida xorijiy sanksiyalarga tobe bo‘lish ehtimoli tekshiriladi. Buning uchun xorijiy sarmoyalarni qabul qilishning yangi tizimi qo‘llaniladi va bunday “yutish” milliy xavfsizlikka tahdid hisoblanadi.
“Tashqarida joylashgan davlatlar tomonidan sanksiyalar qo‘llanilishi YeIning xalqaro shartnomalarni bajarish va davlatlararo munosabatlarini boshqarish imkoniyatiga jiddiy putr yetkazdi. Uchinchi davlatlarning bir tomonlama sanksiyalari YeI korxonalarining qonuniy savdo va sarmoyalarini xavf ostiga qo‘ydi”, - deyilgan hujjat loyihasida.
Yana bir muhim jihat – xorijiy, birinchi navbatda Amerika banklaridan mustaqil bo‘lish. “Moliyaviy inqiroz vaqtida ular YeIda o‘z  faoliyatini qisqartirishi va asosiy e’tiborni ichki bozorga qaratishlari mumkin”, - deyilgan hujjatda.
“Yevroning xalqaro mavqeyi oshishi bizning iqtisod va moliya tizimimizni valyuta xavflaridan himoya qiladi, boshqa valyutalarga tobelikdan saqlaydi i transaksiyalar bo‘yicha xarajatlarni kamaytiradi”, - dedi iqtisodiy masalalar bo‘yicha Yevropa komissari Paolo Djentiloni.

Dollar muqobili

Yevropa Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, yevro – ommaviylik bo‘yicha dunyoda dollardan so‘ng ikkinchi valyuta bo‘lib qolmoqda.
Amerikanskiy dlllar i yuan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2020
Xitoy dollardan voz kechishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Umumiy hijmi 750 milliard yevro bo‘lgan Pandemiyadan so‘ng Yevropani tiklanish fondi ham yevroning jozibadorligini oshiradi. YeI Amerika dollari muqobili sifatida ittifoq obligatsiyalari muomalaga chiqaradi. Yevropaliklar, ayniqsa, ekologiya sohasiga sarmoya jalb qilishga qaratilgan “yashil obligatsiyalardan” katta umid qilishmoqda.  
Belgilangan 750 milliarning uchdan birini ushbu maqsad uchun sarf qilish rejalashtirilgan. Xususan, YeIning barcha moliya markazlarini – global “yashil moliyalash” markazlariga aylantirish rejalashtirilgan. Yevroni mustahkam moliya mahsulotlariga asoslangan valyutaga aylantirish rejalashtirilgan.
Dollarga qarshi yana bir faktor – Yevropa Markaziy Banki moliyaviy xizmatlar sohasida YeIning strategik avtonomiyasini oshirish va o‘z moliya tizimini himoya qilishini ta’minlash maqsadida - raqamli yevro kiritish rejasidir.
Vizit glavi MID RF S. Lavrova v Indiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2020
Lavrov Rossiya iqtisodiyoti dollardan voz kechishi haqida so‘zlab berdi
Amerika OAVlari ta’kidlashiga ko‘ra, YeI rejalari amalga oshmaydi. Siyosat yoki qonuniy tashabbuslar borasida – YeI juda zaif. Birinchi navbatda bunga Yevropa davlatlari orasidagi fikrlar xilma-xilligi xalal beradi, deb yozadi Amerikaning Bloomberg tahliliy agentligi.
Yetakchi sarmoya kirituvchi banklar xulosasiga ko‘ra, dollarning  mavqeyi avvalgidek mustahkam emas. Bosqichma-bosqich Yevropa Ittifoqining obligatsiyalari ham AQSh davlat obligatsiyalarining muqobiliga aylanishi mumkin. Bu jahon valyuta rezervlarini diversifikatsiya qilishga xizmat qiladi. An shunda jahon iqtisodida dollar miqdori 1990-yillar darajasigacha kamayishi mumkin, deb hisoblaydi JP Morgan.
Yangiliklar lentasi
0