Samarqandda yangi muzey quriladi

© Sputnik / StringerRegistan v Samarkande
Registan v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, 8 ta muzey qayta ta’mirlanadi

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Samarqandda 7 mlrd so‘mlik yangi muzey quriladi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Tubeteyki. Uzbekistan, Shaxrisabz. Artel “Xudjum” 1936 g. - Sputnik O‘zbekiston
Muzey saqlovchisi: o‘zbeklar bezash ustasi
"Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi qaroriga ko‘ra 2018-yilda Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasi uchun shaharning eski shaharga yaqin qismida yangi bino quriladi. Buning uchun 7 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan", — deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, 8 ta muzey qayta ta’mirlanadi.

Taniqli oqin Ergash shoir Jumanbulbul o‘g‘lining uy-muzeyi qurilishiga ham qariyb 2,5 milliard so‘m mablag‘ beriladi. Bu choralar pirovardida tariximizning noyob osori-atiqalarini asrash barobarida xorijlik sayyohlarga xizmat ko‘rsatish ko‘lamini oshirishga ham xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0