Hindistonlik kinoijodkorlar Bobur haqidagi filmni O‘zbekistonda tasvirga olmoqchi

© Sputnik / A. Sverdlov / Mediabankka o‘tishBabur Zaxireddin Muxammed na miniature XVI veka
Babur Zaxireddin Muxammed na miniature XVI veka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu masala yuzasidan muzokaralar o‘tkazish maqsadida hindistonlik kinoijodkorlar joriy yil fevral oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Hindistonning "Emmay Entertainment" produserlik kompaniyasi va "StarTV" telekanali Mirzo Bobur haqida film suratga olishni rejalashtirmoqda.

Tadj-Maxal — mavzoley-mechet, naxodashiysya v Agre, Indiya - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda Shoh Jahon bunyod ettirishni orzu qilgan Toj Mahal quriladi
O‘rta asrning yetakchi adibi va buyuk shoir, mohir sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar (Humoyun, Akbar, Jahongir, Avrangzeb) haqidagi ushbu kartina ko‘p qism — 6 fasldan iborat tarixiy film bo‘lishi kutilmoqda.

"Emmay Entertainment" kompaniyasi vakillari filmning ma’lum qismlarini, xususan Boburning bolalik hamda Samarqand va Qobul shaharlaridagi hukmronlik davrlariga oid sahnalarni aynan O‘zbekistonda tasvirga olishga qiziqish bildirishmoqda.

Ushbu masala yuzasidan muzokaralar o‘tkazish maqsadida hindistonlik kinoijodkorlarning joriy yil fevral oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0