Kitob, ko‘cha va bust: O‘zbekistonda Chingiz Aytmatovning 90-yilligi keng nishonlanadi

© Sputnik / Yuriy Ivanov / Mediabankka o‘tishChingiz Aytmatov
Chingiz Aytmatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari ko‘rsatmasi bilan buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90-yilligini nishonlash bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuziladi

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekistonda buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90-yilligi keng nishonlanadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti qarori e’lon qilindi.

"O‘tgan asrning 80-yillarida sobiq Markaz tomonidan uyushtirilgan "o‘zbek ishi", "paxta ishi" kabi nohaq siyosiy kampaniyalar chog‘ida Chingiz Aytmatovning adolat va haqiqat kuychisi sifatida xalqimizning sha’ni va obro‘-e’tiborini katta minbarlardan turib mardona himoya qilganini el-yurtimiz hamisha minnatdorlik bilan eslaydi. Betakror ijodkorning davlatimiz tomonidan "Do‘stlik" va "Buyuk xizmatlari uchun" ordenlari bilan taqdirlangani ham shundan dalolat beradi.

Chingiz Aytmatov - Sputnik O‘zbekiston
Aytmatovning qirg‘iz tilida nashr qilinmagan asari topildi

Atoqli adib o‘zbek adabiyoti va san’atining yirik namoyandalari bilan yaqin do‘st va ijodiy hamkor bo‘lgani yosh adiblarimiz uchun yuksak ibrat namunasidir", — deyiladi hujjat matnida.

Davlat rahbari ko‘rsatmasi bilan buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90-yilligini nishonlash bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuziladi. Tashkiliy qo‘mita chora-tadbirlari rejasida: "Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston" nomli xotira kitobini nashrga tayyorlash va chop etish, Aytmatov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish, yozuvchi asarlari asosida yangi spektakl sahnalashtirish va badiiy film suratga olish, adib xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridan biriga Chingiz Aytmatov nomini berish, Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 33-maktabda adib bustini o‘rnatish ko‘zda tutillgan.

Prezident Almazbek Atambayev i Prezident Shavkat Mirziyoyev podpisali Deklaratsiyu O strategicheskom partnerstve, ukreplenii doveriya, dobrososedstva mejdu Kirgizskoy Respublikoy i Respublikoy Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev - Mirziyoyevga: Men sizni hamisha o‘zimni akam deb hisoblaganman
Shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda "Chingiz Aytmatov va o‘zbek adabiyoti" mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkaziladi.

O‘zbekistondagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

2018 yil dekabr oyining ikkinchi o‘n kunligida O‘zbek Milliy akademik drama teatrida atoqli adib xotirasiga bag‘ishlangan ijodiy kecha o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0