Urganchda O‘zbek-turkman do‘stlik uyi ochildi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Dom drujbi uzbekskogo i turkmenskix narodov
Dom drujbi uzbekskogo i turkmenskix narodov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbek-turkman do‘stlik uyida muzey, kutubxona, to‘garaklar uchun xonalar va tantanalar zallari mavjud.

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan G‘oybu qishlog‘ida O‘zbek-turkman do‘stlik uyi ochildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan ushbu ushbu ma’naviyat maskanining Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning tashrifi doirasida ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbek-turkman do‘stlik uyi ochilish marosimi
Dom drujbq uzbekskix i turkmenskix narodov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek-turkman do‘stlik uyi ochilish marosimi
Davlat rahbarlari dastlab bu yerda o‘rnatilgan Maxtumquli Firog‘iy bustini ochishdi, uning poyiga gullar qo‘yishdi. Prezidentlar O‘zbek-turkman do‘stlik uyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Qadimiy va zamonaviy me’morlik an’analari asosida bunyod etilgan ushbu majmuada o‘zbek va turkman aloqalarini aks ettiruvchi muzey, ikki mingdan ziyod kitob fondiga ega kutubxona, tadbirlar o‘tkazish zali hamda turli fan va san’at to‘garaklari uchun xonalar barpo etilgan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbek-turkman do‘stlik uyida kutubxona
Dom drujbi uzbekskix i turkmenskix narodov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek-turkman do‘stlik uyida kutubxona
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu qishloqda ko‘plab turkman millatiga mansub fuqarolar istiqomat qilad. Ularning o‘z ona tilida ta’lim olishi, urf-odatlari va an’anlarini rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilgan. Endi esa bu yerda O‘zbek-turkman do‘stlik uyi bunyod etildi. O‘zbek-turkman do‘stlik uyi turkmanistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanO‘zbek-turkman do‘stlik uyining ochilishi
Otkritie doma drujbi uzbekskogo i turkmenskix narodov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek-turkman do‘stlik uyining ochilishi
Yangiliklar lentasi
0