“Oskar” mukofotiga nomzodlar ma’lum qilindi

Obuna bo‘lish
Amerika kino san’at akademiyasining “Oskar” mukofotini topshirish marosimining 91-taqdimoti 24-fevralda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Los Anjelesda «Oskar» mukofotiga nomzodlar ro‘yxati e’lon  qilindi.  Bosh sovrin – “Eng yaxshi film” yo‘nalishidagi mukofotni “Yulduz tug‘ildi” (A Star is Born) melodramasi, “Bogema rapsodiyasi” (Bohemian Rhapsody) filmi, “Roma” (Roma) dramasi, “Yashil kitob" (Green Book) filmi, “Qora klanchi” (BlacKkKlansman) filmi, “Hokimiyat” (Vice) filmi, “Qora pantera” (Black Panther) jangari filmi, “Mahbuba” (The Favourite) komediyasi qo‘lga kiritishi mumkin. Bu haqda Amerika kino akademiyasining rasmiy Twitter sahifasida ma’lum qilindi.

“Eng yaxshi aktor” yo‘nalishida “Oskar”ni olishga Rami Malek (“Bogema rapsodiyasi”, Bohemian Rhapsody), Kristian Beyl (“Hokimiyat”, Vice), Bredli Kuper (“Yulduz tug‘ildi”, A Star Is Born), Uillem Defo (“Van Gog. Abadiylik ostonasida”, At Eternity"s Gate) va Viggo Mortensen (“Yashil kitob”, Green Book) asosiy da’vogarlar sifatida ko‘rsatilgan.

“Eng yaxshi aktrisa” yo‘nalishida “Oskar” olishga nomzodlar ro‘yxatida Ledi Gaga (“Yulduz tug‘ildi”, A Star is Born), Yalitsa Aparisio (“Roma”, Roma), Glenn Klouz, (“Rafiqa”, The Wife), Oliviya Kolman (“Mahbuba”, The Favourite) va Melissa Makkarti (“Meni kechira olasizmi?”, Can You Ever Forgive Me) ko‘rsatilgan.

Uyatli sahnalar bizga yot: Tojikistonda filmlar qattiq nazoratga olinadi

Eng yaxshi rejissor mukofotiga nomzod sifatida Adam Makkey (“Hokimiyat”, Vice), Alfonso Kuaron (“Roma”, Roma), Pavel Pavlikovskiy ("Xolodnaya voyna", Sovuq urush), Yorgos Lantimos (“Mahbuba”, The Favourite) va Spayk Li “Qora klanchi” (BlacKkKlansman) filmi e’lon qilingan.

Nomzodlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0