Sherali Jo‘rayev, Yulduz Usmonova va boshqa san’atkorlar maktablarga kitoblar sovg‘a qilishdi

© UzbekkonsertZvezdi uzbekskoy estradi podarili knigi v shkoli Tashkenta
Zvezdi uzbekskoy estradi podarili knigi v shkoli Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sherali Jo‘rayev, Ortiq Otajonov, Yulduz Usmonova va boshqa taniqli san’atkorlar Toshkent shahridagi 248-sonli va Toshkent viloyatidagi 6-sonli maktabga tashrif buyurishdi.

TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Taniqli san’atkorlar Toshkent va Toshkent viloyatida joylashgan maktab kutubxonalariga kitoblar sovg‘a qilishdi.

Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahorov boshchiligida O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov, taniqli so‘z ustasi Shukrullo Isroilov va xonanda Zohirshoh Jo‘rayev poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 248-son maktabiga tashrif buyurishib, maktab kutubxonasiga kitob sovg‘a qilishdi.

© UzbekkonsertZvezdi uzbekskoy estradi podarili knigi v shkoli Tashkenta
Sherali Jo‘rayev, Yulduz Usmonova va boshqa san’atkorlar maktablarga kitoblar sovg‘a qilishdi - Sputnik O‘zbekiston
Zvezdi uzbekskoy estradi podarili knigi v shkoli Tashkenta

Shuningdek, O‘zbekiston xalq artistlari Ortiq Otajonov, Yulduz Usmonova, G‘ulomjon Yoqubovlar Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi 6-sonli maktabga borishib, shaxsiy kutubxonalaridagi turli janrdagi adabiyotlardan maktab kutubxonasiga sovg‘a qilishdi.

© UzbekkonsertZvezdi uzbekskoy estradi podarili knigi v shkoli Tashkenta
Sherali Jo‘rayev, Yulduz Usmonova va boshqa san’atkorlar maktablarga kitoblar sovg‘a qilishdi - Sputnik O‘zbekiston
Zvezdi uzbekskoy estradi podarili knigi v shkoli Tashkenta
Yangiliklar lentasi
0