Nukusda ommaviy diktantni Sputnik bosh muharriri o‘qidi  

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKarakalpakstansi vpervie napisali Totalniy diktant
Karakalpakstansi vpervie napisali Totalniy diktant - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nukusda bo‘lib o‘tgan “Ommaviy diktant” aksiyasiga kutilganidan 5 baravar ko‘p odam keldi.

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Kecha Qoraqalpog‘istonda ilk bor “Ommaviy diktant” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unadn dastlab ro‘yxatdan o‘tgan 200 kishi o‘rniga mingga yaqin ishtirokchilar to‘planishdi.

Aksiya Totalniy diktant proshla v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
"Savodxonlik bayrami": Toshkentda o‘tkazilgan "Ommaviy diktant" aksiyasidan reportaj

Diktant yozuvchilar uchun 13 ta aholi punktida 17 ta xona tayyorlandi. Ommaviy diktant o‘tkazish uchun mahalliy oliygohlardan filolog o‘qituvchilar taklif qilindi.

Tadbirning asosiy maydonchasi etib Muxammada al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filialining 100 kishilik auditoriyasi belgilangan edi. U yerda diktant matnini o‘qish uchun Sputnik bosh muharriri Dmitriy Klyuchevskiy taklif qilindi.

Ommaviy diktant uchun matn har doim sir tutiladi va diktant boshlanishidan bir necha daqiqa oldin konvert ochiladi. Bu yilgi matn rossiyalik yozuvchi, literatura tanqidchisi Pavel Basinskiy qalamiga mansub bo‘lib, u rus adabiyotga bag‘ishlangan edi.

Diktant yozish - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda ommaviy diktant yozish aksiyasi bo‘lib o‘tdi

Aynan Nukusda foydalanilgan matn Gogolning “O‘lik jonlar” asariga bag‘ishlangan edi.  Dastlab auditoriyaga to‘liq matn boshidan oxirigacha o‘qib eshittiriladi. Tadbirda ishtirok etgan tajribali o‘qituvchilar aytishiga qaraganda, diktant oson bo‘lmagan. Ayniqsa tinish belgilarini qo‘yish borasida. 

Diktant natijalari 17-aprel kuni e’lon qilinadi. A’lochilarga maxsus sovg‘alar taqdim etiladi. 

Ommaviy diktant ilk bor 2004-yilda Novosibirsk Davlat universitetida o‘tkazilgan edi. Barcha xohlovchilarga o‘z bilimlarini sinab ko‘rish maqsadida ko‘ngilli ravishda diktant yozish taklif qilingan edi. Keyinchalik ushb tadbir butun Rossiya va dunyoga tarqalgan edi. 2019-yilda Ommaviy  diktant dunyoning 80 mamlakatida va 357 ta shaharlarda yozildi.

Yangiliklar lentasi
0