Toshkentda Sankt-Peterburg kunlari bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk / Mediabankka o‘tishVecherniy Sankt-Peterburg
Vecherniy Sankt-Peterburg - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburg Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sergey Markov O‘zbekiston, xususan, toshkentliklarning mehmondo‘stligini e’tirof etgan.

TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Toshkent shahar hokimligida Sankt-Peterburg Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sergey Markov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi hududlari va Rossiya Federatsiyasi subyektlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim, Strategik sheriklik to‘g‘risidagi hamda Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomalar va boshqa qator hujjatlar asosida rivojlanmoqda. 

Dni russkix traditsiy v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Ruslar O‘zbekistonda axil-inoq hayot kechirmoqda - Samarqand hokimi

Xabarda yozilishicha, Sankt-Peterburg Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sergey Markov O‘zbekiston, xususan, toshkentliklarning mehmondo‘stligini e’tirof etib, poytaxtga amalga oshirayotgan safari davomida Toshkentning diqqatga sazovor joylarini ko‘rish, tarixi ulug‘ qadim va navqiron shaharning hayoti bilan tanishish niyatida ekanligini aytib o‘tgan.

“Muloqot davomida tomonlar 2019-yilda Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Sankt-Peterburg kunlari tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish borasida  fikr almashishdi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, uchrashuvda Toshkent shahar hokimligi va Sankt-Peterburg o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid takliflar ham ko‘rib chiqilgan.

Yangiliklar lentasi
0