Bu yil "Sharq taronalari" festivali qanday o‘tadi - hokimlik axboroti

© sharqtaronalari.uzFestival "Shark Taronalari" v Samarkande
Festival Shark Taronalari v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Festivalda 80 dan ortiq davlatlar, 30 ta xorijiy OAV vakillari ishtiroki kutilmoqda. Registon maydoni atrofidagi gullar qayta ekilib, yo‘laklar ta’mirlanishi rejalashtirilgan. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus yo‘laklar tashkil etilgan.

TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Samarqanddagi Registon maydonida 26-30 avgust kunlari o‘n ikkinchi bor "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi, deb xabar berdi Samarqand hokimligi matbuot-xizmati.

Termizda birinchi Xalqaro baxshichilik san’ati festivali boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
Afsonalar jonlangan kecha: Termezdagi xalqaro baxshichilik festivalidan fotoreportaj

Qayd etilishicha, 2019-yil 25-aprelda Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida qabul qilingan nizomga ko‘ra, bu yil festivalni o‘tkazish bo‘yicha bir qator yangiliklar qilingan.

Ya’ni bu yil tanlov ishtirokchilarining chiqishlari ikki yo‘nalish - an’anaviy xalq musiqasi va qo‘shiq hamda zamonaviy kompozitorlar tomonidan yaratilgan musiqa va qo‘shiq yo‘nalishlarida baholanadi.

"Eng yosh ishtirokchi", "Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchi", "Eng yaxshi cholg‘u musiqasi ijrochisi" kabi nominatsiyalarda ham ishtirokchilar maxsus diplom hamda 500 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

"Nafaqat Samarqand, balki O‘zbekistonning gavhari bo‘lgan Registonning badiiy ko‘rinishi saqlangan holda, Sherdor va Ulug‘bek madrasalarining yonida yurtimizning 14 hududi uchun pavilonlar quriladi", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, festivalda 80 dan ortiq davlatlar, 30 ta xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Festival doirasida o‘tkaziladigan "Sharq xalqlari an’anaviy musiqa san’atini rivojlantirish istiqbollari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada xorijlik va mahalliy taniqli musiqashunos olim va mutaxassislar hamda tadqiqotchilar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashadi.

Yangiliklar lentasi
0