Madaniyat vazirligi YuNESKO tomonidan ajratilgan grantlar o‘g‘irlanganini gumon qilmoqda

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Akilovaning so‘zlariga ko‘ra, YuNESKO tomonidan moddiy merosni asrab-avaylash uchun 1995-yildan mablag‘lar ajratib kelingan, ammo ular har safar qayoqqadir g‘oyib bo‘lgan

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. YuNESKO tomonidan qadimiy shaharlarni saqlash va rekonstruksiya qilish uchun 1995-yildan buyon ajratib kelingan mablag‘lar o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin, dedi bugun jurnalistlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston Madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Akilova. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabari asosida.

Kamola Akilova,  zamestitel ministra kulturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston shaharlarida Xitoy lash-lushlari ko‘payib ketdi – Madaniyat vaziri o‘rinbosari

"Biz qiziq bir hujjatni aniqladik. 1995-yildan boshlab bizning shaharlarimiz uchun YuNESKO tomonidan ko‘plab marotaba grantlar ajratib kelingan", - dedi Akilova.

Pul mablag‘lari Samarqand va Buxoro shaharlarining menejment-rejasi va hatto ayrim muayan tarixiy obyektlarning restavratsiyasi uchun ajratilgan bo‘lgan.

"Bu pullar qaysi maqsadlar uchun sarflab yuborilganini aniqlashtirish uchun maxsus komissiyani tashkil etish vaqti keldi. Biz nega hozir hammasini "nol"dan boshlayapmiz", - dedi vazir o‘rinbosari.

Xabar qilinishicha, gap aniq kishilar haqida bormoqda, batafsil ma’lumot keyinroq beriladi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Samarqand va Buxoro shaharlari bilan o‘nlab yillar davomida hech kim shug‘ullanmaganini, hokimlar esa o‘zboshimchalik bilan yerlarni sotish, noqonuniy qurilish va uylarni buzish ishlari bilan shug‘ullanganliklarini qo‘shimcha qildi.

Sayfullayevning so‘zlariga ko‘ra, faqat 2018-yildagina Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan bo‘lib, hujjatda YuNESKO ruxsatisiz hech kim uy qurish yoki buzish ishlarini amalga oshirish huquqiga ega emasligi belgilangan bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0