Mirziyoyev VDNXda O‘zbekiston ko‘rgazmasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi

© Sputnik / Nazarov OrifjonPavilon №66 na VDNX
Pavilon №66 na VDNX - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimligi mazkur shartnomani amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida Moskvadagi Butunrossiya ko‘rgazma markazi 66-pavilonida “O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazma madaniy markazi” ekspozitsion markazini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Kak restavriruyut pavilon Uzbekistana na VDNX - video - Sputnik O‘zbekiston
VDNXdagi "O‘zbekiston" paviloni o‘zida qanday sinoatni mujassam etgan

Toshkent shahar hokimligi mazkur shartnomani amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan MGIMO bitiruvchilari forumida Rossiya Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy ushbu pavilon O‘zbekistonga foydalanish uchun muddatsiz ravishda topshirilishi ma’lum qildi. Tomonlar shartnomani 2019-yil 30-may kuni Urganch shahrida imzolagan.

Pavilon binosi 1950-yillarda Moskvada keng tarqalgan “Stalin ampiri” hamda o‘zbek milliy me’morchiligi aralashmasi uslubida qurilgan. Ushbu pavilon o‘sha vaqtlarda VDNXning eng chiroyli binolaridan biri bo‘lgan va san’at asari hisoblangan.

Rasman: O‘zbekistonga VDNXdagi pavilon qaytarilmoqda

Pavilondagi ta’mirlash-tiklash ishlari 2017-yil oxirida boshlangan. Moliyalashtirishni Rossiya Madaniyat vazirligi o‘z zimmasiga olgan, obyekt yaqin vaqtlarga qadar uning zimmasida bo‘lgan. Hozirda tarixiy binoda murakkab restavratsiya ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdulla Aripov ushbu pavilonga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0