“Oskar” mukofotiga da’vogarlarning long-listi e’lon qilindi

© pics.ruUzbekistan smojet vidvigat filmi na premiyu "Oskar"
Uzbekistan smojet vidvigat filmi na premiyu Oskar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
93 davlatdan talabnoma kelib tushgan bo‘lib, ular qatorida o‘zbekistonlik rejissor Hamdamovning “Issiq non” filmi ham joy topgan.

TOShKENT, 8 okt – Sputnik. “Eng yaxshi xorijiy film” nominatsiyasida “Oskar”ga da’vogarlar long-listi aniqlandi.

Umumiy hisobda 93 davlatdan talabnoma kelib tushgan bo‘lib, ularning orasida ilk bor O‘zbekiston, Gana va Nigeriya qatnashmoqda. 

Rossiyalik rejissor Kantemir Balagovning “Dilda” (Novcha) filmi ham ro‘yxatda o‘rin egallagan.

Rashid Malikov "Oskar"ga da’vogar o‘zbek "Issiq non"ning imkoniyatlari bilan o‘rtoqlashdi

Kinoakademiya qoidalariga ko‘ra, kinotasma AQShdan tashqarida tasvirga tushirilgan va undagi qahramonlar o‘rtasidagi muloqotlar ingliz tilidan boshqa tilda olib borilishi, filmning davomiyligi 40 daqiqadan oshmasligi kerak.

Ilgari ushbu nominatsiya “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” deb nomlangan. Bu yildan yangi nom bilan e’lon qilingan.

“Issiq non” Oskar tanloviga yuboriladi

Eslatib o‘tamiz, “Oskar”ga O‘zbekistondan yosh kinorejissor Umid Hamdamovning “Issiq non” filmi da’vo qilmoqda. Kinotasma Rossiyaning “Kinoshok” XXVIII Ochiq festivalida Gran-prini qo‘lga kiritgan edi. Unda bosh rolni ijro etgan Feruza Saidova “Eng yaxshi ayol roli uchun” sovriniga ega bo‘lgandi.

Yangiliklar lentasi
0