“Tog‘lardek baland bo‘l”: korrupsiyaga qarshi kurash o‘zbek teatri sahnalarida

© O‘ZBEK MILLIY AKADEMIK DRAMA TEATRPremyera spektaklya "Bud visok kak gori" v Uzbekskom natsionalnom dramaticheskom teatre
Premyera spektaklya Bud visok kak gori v Uzbekskom natsionalnom dramaticheskom teatre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Spektaklda ilk bor respublikaning birorta teatrida ko‘tarilmagan mavzu ochib berilgan. Kon-metallurgiya sohasida boy hayotiy tajribaga ega inson qismati va matonatli hayot yo‘li, qo‘rqmas, dovurak va fidokor o‘zbek shaxta konchilari hayoti teatr sahnasiga olib chiqildi.

TOShKENT, 15 okt – Sputnik.  O‘zbek milliy akademik drama teatrida dramaturg Qo‘chqor Norqobil qalamiga mansub “Tog‘lardek baland bo‘l” asari asosida qo‘yilgan premyera namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Spektakl premyerasiga mashhur yozuvchi va shoirlar, Navoi kon-metallurgiya kombinati rahbariyati, shaxta konchilari va keng jamoatchilik vakillari taklif etildi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathullo Ma’sudov dramani sahnalashtirish jarayoniga to‘xtalar ekan, asarda zamonaviy tomoshabin talab va ehtiyojlari qayd etilgani, hozirda keng jamoatchilik orasida jiddiy dramalarni ko‘rishga qiziqish yuqori ekanligiga o‘z e’tiborini qaratdi.  

Asarda og‘ir sanoat, kon-metallurgiya sohasida uzoq hayotiy tajriba va chuqur hayotiy bilimga ega inson taqdiri to‘laqonli talqin qilingan. Dramadagi zamon qahramoni shu sohani rivojlantirish uchun barcha turmush qiyinchiliklari va taqdir zarbalariga sobit turib, matonat bilan kurashadi.

O‘zbekistonliklarning aksariyati mamlakatda korrupsiya tarqalgan, deb hisoblaydi

O‘ta murakkab hayotiy yo‘lni bosib o‘tib rahbar lavozimiga erishgan insonning poklik, zamondoshlariga nisbatan mehr-murruvvat ko‘rsatish, xalq va yurt boyligini ko‘z qorachig‘idek asrash, korrupsiya va talon-tarojlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun olchoqlik va turli zug‘umlar oldida irodasi sinmasdan jasorat ko‘rsatishi chuqur tahlil qilingan.

Dramada zamon qahramoni obrazi qiyofasi inson dardi va qalb iztiroblari orqali aks ettirilgan. Asarda inson qismati va matonatli hayot yo‘li ifodalangan. 

Spektaklni yosh rejissor G‘ofurjon Mardonov sahnalashtirgan. Bosh rollarni xalq artisti Zuhra Ashurova, xizmat ko‘rsatgan artistlar Tohir Saidov, Mehriddin Rahmatov va boshqalar ijro etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbek milliy akademik drama teatrida 105-ijodiy mavsum boshlandi.

Yangiliklar lentasi
0