Nargiz bilan janjaldan so‘ng Fadeyev barcha artistlar bilan shartnomalarni bekor qildi

© YouTubeMaksim Fadeyev
Maksim Fadeyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Produser so‘zlariga ko‘ra, leybl shundan hajmgacha o‘sgan-ki, bugun uni nazorat qilishning imkoni yo‘q. Shu sabab ham ushbu qaror qabul qilingan.

TOShKENT, 31 okt - Sputnik. Yurak xuruji haqidagi mish-mishlar va Nargiz bilan yuz bergan mojaro haqidagi xabarlardan so‘ng, Maksim Fadeyev barcha artistlar bilan shartnomalarni bekor vildi, u bu haqda videomurojaatida ma’lum qilgan.

Konsert pevisi Nargiz v Yerevane - Sputnik O‘zbekiston
"Viski, orsiz gaplar va xaos": Nargiz konsertda o‘z fanatlarini shokka soldi

MALFA produserlik markazi artistlarga ularning kontentidan foydalanish imkonini qoldirdi. Shuningdek, endilikda kompaniya eksklyuziv materiallar yaratishga ixtisoslashishi ma’lum qilingan.

"Men, mana 30-yildirki MALFA kompaniyasini uzluksiz boshqarib kelmoqdaman. Men bu bayonotni qay tarzda ommaga yetkazishni ochig‘i bilmay turgandim, chunki juda ko‘p mish-mishlar yuribdi. Shunga ishonchim komilki, butun shou-biznes nimalar ro‘y berayotganidan xabardor, ammo muxlislar bu haqda bilishni istashmoqda. Men sizlarga nimalar bo‘layotganini shaxsan o‘zim aytmoqchiman. MALFA kompaniyasi leybldagi barcha artistlar bilan shartnomalarni bekor qildi. Shu bilan birga biz barcha kontentlarni mualliflik huquqlari saqlanib qolinishi sharti bilan artistlarga tekinga foydalanishga berdik", - dedi Fadeyev o‘zining videomurojaatida.

U shuningdek, kompaniya tashkil topganidan buyon birinchi marotaba bu kabi global o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Produserning so‘zlariga ko‘ra, leybl shunday hajmda kattalashib ketganki, uni nazorat qilishning imkoni qolmagan, shu bois ham bunday qaror qabul qilingan.

Nargiz i Maksim Fadeyev - Sputnik O‘zbekiston
Maksim Fadeyev sukunatga chek qo‘ydi va Nargiz bilan bo‘lgan mojaroga izoh berdi

"Endilikda oldinga harakatlanamiz. Bu o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan mahsulotni sizga taqdim etishga ahd qilganmiz. U mutlaqo eksklyuziv, juda qimmat kompaniya bo‘ladi, mass-market emas. Biz endi bozorga ko‘p artistlarni taklif eta olmaymiz, yiliga bir yoki ikki arstistni taqdim qilishimiz mumkin. E’tiborimizni yanada yaxshiroq jamlab, eng yaxshi mahsulotni taqdim etamiz", - deb ta’kidlagan Fadeyev.

Maksim Fadeyevning MALFA kompaniyasi Molly, "Serebro" guruhi, Tereza, Isayya va bir qator boshqa musiqachilar bilan hamkorlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Internet tarmog‘ida Maksim Fadeyevning yuragi xuruj qilgani haqida xabar tarqalgan, ammo artist direktori buni rad etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0