Jerar Depardye O‘zbekistonga tashrif buyurdi

© UzbekkinoJerar Depardye posetil Sentr islamskoy sivilizatsii v Tashkente
Jerar Depardye posetil Sentr islamskoy sivilizatsii v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aktor O‘zbekiston azaldan olimlar va buyuk mutafakkirlarni dunyoga keltirgan zamin ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

TOShKENT, 7 noyab - Sputnik. Taniqli fransuz aktori Jerar Depardye Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda "O‘zbekkino" milliy agentligi ma’lum qildi. Mashhur fransuz aktori Jerar Depardye O‘zbekiston haqidagi hujjatli film suratga olish ishlari uchun Toshkentga keldi. Aktor Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Depardye, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov va «O‘zbekkino” agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov bilan ham suhbatlashdi.

© UzbekkinoJerar Depardye Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Jerar Depardye O‘zbekistonga tashrif buyurdi - Sputnik O‘zbekiston
Jerar Depardye Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

«Men ushbu markazni barpo etish tashabbusi bilan chiqqan mamlakatingiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu yondashuviga qo‘shilaman. Mamlakatingizda ushbu muqaddas dinni insonparvarlik qadriyatlarning diqqat markazi sifatida ulug‘laydilar va bu buyuk e’tiqodni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan tenglashtirganlarni qoralaydilar. Bugungi kunda ko‘plab ekspertlarning ta’kidlashicha, O‘zbekiston musulmon dunyosi uchun insonparvarlik rivojlanish modelining poydevorini qo‘ymoqda. Bu haqiqatan ham tarixiy lahzalardir”, — deya, Depardye o‘z fikrlarini bildirdi.

Aktor O‘zbekiston azaldan olimlar va buyuk mutafakkirlarni dunyoga keltirgan zamin ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, u o‘zbek xalqining mehmondo‘stligidan va O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosidan hayratda ekanligini bildirdi.

«O‘zbekistonga noyob jug‘rofiy o‘rin (hudud) tuhfa etilgan. Osiyoning qoq yuragida joylashgan bu mamlakat o‘zidan tashqaridagi mamlakatlarning madaniyatidan ko‘plab madaniy an’analarni to‘pladi va shu bilan birga o‘z tajribasini tashqi olamga yetkazdi”, - deya ta’kidladi Depardye.

Depardye so‘zining oxirida Islom merosi, ma’rifatli islom mavzusi O‘zbekistonda suratga olish ishlari boshlangan filmning asosiy mavzularidan biri bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Jerar Depardye O‘zbekiston haqidagi filmda suratga tushadi

Eslatib o‘tamiz, Jerar Depardye ishtirokida hujjatli filmni suratga olish tashkilotchilari sifatida «O‘zbekkino”, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi tashabbus ko‘rsatmoqda.

Filmni suratga olish ishlari O‘zbekistonning 5 ta shahri - Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va Nukusda olib boriladi.

Yangiliklar lentasi
0