Markaziy Osiyodagi eng baland teleminora 35 yoshga to‘ldi

Obuna bo‘lish
Balandligi 375 metr bo‘lgan Toshkent teleminorasini qurish ishlari 1978-yilda boshlanib, 1984-yilda tugatilgan.

TOShKENT, 17 yanv - Sputnik. 2020 yilning 15-yanvar kuni  375 metrlik Toshkent teleminorasi 35 yoshga to‘ldi. Inshoot balandligi bo‘yicha markaziy Oiyoda birinchi, MDHda esa ikkinchi o‘rinda turadi.

Teleminora dunyo bo‘yicha 11 pog‘onani egallab turibdi. Uning ichiga kirish va sayr qilish uchun chipta narxi 35 ming so‘mni tashkil etadi. 7-16 yoshgacha bo‘lganlar uchun esa chipta narxi 15 ming so‘m. Dam olish kunlarida narxlar 5000 so‘mdan oshiriladi.

Shuningdek, mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida minora ichida QR-kodli tizim qurilmalari o‘rnatilgan. 2019-yil 16-noyabrdan boshlab esa teleminoraga chiqish uchun pasport talab etish tartibi to‘xtatilgan. 

Balandligi 375 metr bo‘lgan teleminorani qurish ishlari 1978-yilda boshlanib, 1984-yilda tugatilgan. 1985-yil 15-yanvarda faoliyat yurita boshlagan. Minoraning 100 metr balandlikdagi qismida tomosha maydonchasi joylashgan. Bundan tashqari ko‘k va qizil zallar bo‘lib, ayni damda qizil zalda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Minoraning qolgan boshqa qavatlari texnik qavatlar hisoblanadi.  Shaxtaning ichidan uchta lift o‘tgan.  1birinchi va uchinchilift mehmonlarga, ikkinchi lift esa ishchilar uchun mo‘ljallangan. Teleminoraning og‘irligi texnikasiz  6000 tonna, texnikalar bilan 16.000 tonna hisoblanadi.

Minora qaddini ko‘tarib turgan 3 ta oyoqlarining har biri 90 metrdan, og‘irligi esa 540 tonnadan iborat.

Yangiliklar lentasi
0