Qoyalarga o‘yilgan tarix - Qrimning mashhur ibodatxonalari

© Sputnik / Maks Vetrov / Mediabankka o‘tishXram Voskreseniya Xristova
Xram Voskreseniya Xristova  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qrim ibodatxonalari odatda g‘ayrioddiy ko‘rinishga ega - ular qoyalarga qurilgan yoki ular qoya ichida o‘yilgan.

TOShKENT, 3 fev - Sputnik, Galina Sokolova. Ko‘pchiligi inqilob, urushlar va Sovet hokimiyati yillarida juda ko‘p azoblarni boshdan kechirdi, ammo shunga qaramay ular qutqarilib, qayta tiklandi. Yarim orolning eng qiziqarli cherkovlari va monastirlari uchun qo‘llanma RIA Novosti materialida.

Xersonesdagi yer osti maqbara-ibodatxonasi

Ushbu maqbara Qrimning janubi-g‘arbiy sohilidagi qadimgi yunon xududi - Xersonesdagi eng birinchi nasroniy me’moriy yodgorligi hisoblanadi. Arxeologlar aniq yoshini ayta olishmaydi, ammo ular 5-asrdan oldin qurilgan deb ishonishga moyil.

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishPesherniy xram yevangelista Marka na territorii Svato-Uspenskogo mujskogo monastirya v Baxchisarayskom rayone v Krimu.
Qoyalarga o‘yilgan tarix - Qrimning mashhur ibodatxonalari - Sputnik O‘zbekiston
Pesherniy xram yevangelista Marka na territorii Svato-Uspenskogo mujskogo monastirya v Baxchisarayskom rayone v Krimu.

Olimlar yer osti (VI–VII asrlar) va yer usti (XII–XV asrlar) ibodatxonalari bo‘lganini aniqladilar. Ularni bog‘lab turgan zinapoya va yuqori strukturaning poydevori qisman saqlanib qolgan.

Sovet arxeologi Anatoliy Yakobson yerto‘la zodagon fuqaroning dafn qilinadigan joyi bo‘lishi mumkin de hisoblagan. Shuningdek, u IV asrda bu joylarga Qrim shahidi va ma’rifatparvari Vasiliy Xersonesskiy tashrif buyurganligini ham inkor etmadi. Bu avliyo, afsonaga ko‘ra, mahalliy knyazlardan birining o‘g‘lini tiriltirgan. 309-yilda Rim imperatori Maksimilian Galeriyning buyrug‘iga binoan voizni ushlab, tosh va tayoq bilan urib o‘ldirdilar.

Qadimiy maqbara "Xersones Tavricheskiy" muzey-qo‘riqxonasi hududida joylashgan. Siz bu yerga ekskursiya bilan yoki o‘zingiz borishingiz mumkin. Tajribali sayohatchilar bunga bir kunni sarflashni maslahat berishadi.

Baxchisaraydagi Uspenskiy erkaklar monastiri

Maram-Dere darasining etagida - Rossiyadagi eng qadimgi va Qrimdagi eng obro‘li monastiri joylashgan. Uning tarixi 9-asrda rohiblar cherkovni qoyani o‘zidan o‘yib chiqishidan boshlangan (shu kungacha saqlanib qolgan).

Bibi Maram cherkovi

Afsonaga ko‘ra, bu joyda cho‘pon Xudoning onasining ikonasini topdi. Diniy yodgorlikni bir necha bor boshqa joyga ko‘chirishga harakat qilingan, ammo u mo‘’jizaviy ravishda qaytgan. Ikona xozirgi kunda ham muborak Bibi Maram cherkovida saqlanmoqda. Unga minglab e’tiqoddagilar kelishadi.

20-asr boshlariga kelib, monastirda bir nechta binolar barpo etildi va turar-joy binolari, shu jumladan katta ruhoniy va ziyoratchilar uchun uy qurildi. Ammo 1921-yilda Sovet hukumati hamma narsani yopdi, ko‘plab ruhoniylar otib tashlandi.

Ulug‘ Vatan urushi davrida bu yerda kasalxona joylashgan, undan keyin - psixiatriya dispanseri. 1993-yilda monastir cherkovga qaytarildi.

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishSvato-Uspenskiy mujskoy monastir v Baxchisarayskom rayone v Krimu.
Qoyalarga o‘yilgan tarix - Qrimning mashhur ibodatxonalari - Sputnik O‘zbekiston
Svato-Uspenskiy mujskoy monastir v Baxchisarayskom rayone v Krimu.

Siz unga ekskursiyalar bilan yoki o‘zingiz tashrif buyurishingiz mumkin. Kiyinish ko‘rinishi kuyidagicha: erkaklar shimda, shortida emas, ayollar yubkada, boshlarida ro‘moli bilan va yelkalari yopiq bo‘lishi kerak.

Simferopoldagi Avliyo Konstantin va Yelena cherkovi

Simferopoldagi birinchi pravoslav cherkovi 1787-yilda, Qrim Rossiya imperiyasi tarkibiga qo‘shilganida qurilgan.

Bungacha ikki yil oldin, polk komandiri Boris Tatishev tatar uyini sotib olgan, va uning o‘rnida qirolicha Yekaterina II ning kelishiga cherkov qurildi. Qirolicha cherkovni ziyorat qildi, so‘ng xizmatchilar uchun kiyimlarni va zarur anjonmlarni taqdim etdi.

Sovet hukumati davrida cherkovning qisman vayron bo‘lgan binosida aeroklubi va FHDYo arxivi joylashgan edi. Uzoq vaqt davomida bino bo‘sh turdi. 1991-yildan boshlab bu yana pravoslav cherkovi.

Avliyolar Konstantin va Yelena cherkoviga tashrif afsuski, ko‘p tarixiy obidalar saqlanib kolmagan Qrim poytaxtining diqqatga sazovor joylarining ekskursiyasida majburiy qismdir.

Kosmo-Damianovskiy monastiri va Alushta yaqinidagi Shaxzoda Aleksey suvga sho‘mg‘ish joyi

Monastir 1856-yilda, Alushta shahridan 20 kilometr narida qurilgan. Qirol oilasi bu yerga tez-tez tashrif buyurar edi. Aleksandr III va uning rafiqasi Mariya Fedorovna ikki marta o‘rmon uyida qolishgan - podshoh bu yerda ov qilishni yaxshi ko‘rar edi.

Kosmo-Damianovskiy erkaklar monastiri

Uning o‘g‘li Nikolay II xotini va bolalari bilan bu yerda olti marta bo‘lgan. Romanovlar sulolasining so‘nggi imperatori, shuningdek, o‘g‘li Alekseyni muqaddas buloqqa botirish uchun ham kelgan. Shundan so‘ng, shahzodaning sog‘lig‘i yaxshilandi deb hisoblanadi (u gemofiliyadan aziyat chekkan - qon ivish buzilgan genetik kasallik).

Aytishlaricha, buloqdagi suv shifobaxsh xususiyatlarga ega - muqaddas sehrgarlar Kosma va Damianning ibodatlari tufayli. Olimlar uning tarkibida kumush, vanadiy, litiy, kremniy borligini aniqladilar.

“Imon bilan kelgan odam shifo topadi”, deyishadi rohiblar.

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishSvato-Uspenskiy mujskoy monastir v Baxchisarayskom rayone v Krimu.
Qoyalarga o‘yilgan tarix - Qrimning mashhur ibodatxonalari - Sputnik O‘zbekiston
Svato-Uspenskiy mujskoy monastir v Baxchisarayskom rayone v Krimu.

Romanovlar sulolasi har doim homiylik qilgan va monastirga yordam berib kelgan. Masalan, imperiya farmoniga binoan dehqonchilik qilish uchun 40 gektar o‘rmon yerlari ajratilgan.

Bu yerda o‘tloq va bog‘ bor edi. Nok daraxtlari allaqachon yuz yoshga to‘lgan bo‘lsa ham,  baribir mevalar berishadi.

Sovet hukumati davrida monastir juda qattiq shikastlangan. Binolarning ko‘p qismi XIX asr poydevorlari ustida qayta qurilgan. Birinchi ko‘rinishda Romanovlar sulolasining uch yuz yilligiga 1913-yilda qurilgan kichik butxona saqlanib qolgan.

Kosmo-Damianovskiy monastiriga yetib olishning afazlroq usuli bu avtomashina. So‘qmoqli tog‘ yo‘li va Qrim tabiat qo‘riqxonasi bo‘ylab haydashga to‘g‘ri keladi. Oynalardan tabiatdan zaqlanishingiz mumkin va omadingiz chopsa, kiyik yoki to‘ng‘izlarni ko‘rishingiz mumkin.

Forosdagi Masihning muqaddas tirilishi cherkovi

U 1892-yilda birinchi gildiya unvoni savdogari Aleksandr Kuznetsov tomonidan, 1888-yilda Qrimdan Sankt-Peterburgga ketayotgan poyezd qulashida mo‘’jizaviy tarzda Aleksandra III va butun qirollik oilasini omon qolishi sharafiga qurilgan.

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishVeruyushie vo vremya pasxalnoy slujbi v skalnom mujskom monastire svatogo muchennika Feodora Stratilata na gore Chelter-Koba v Baxchisarayskom rayone Krima.
Qoyalarga o‘yilgan tarix - Qrimning mashhur ibodatxonalari - Sputnik O‘zbekiston
Veruyushie vo vremya pasxalnoy slujbi v skalnom mujskom monastire svatogo muchennika Feodora Stratilata na gore Chelter-Koba v Baxchisarayskom rayone Krima.

Kuznetsov maqbarani qurishga qaror qilganida, u allaqachon tez avj oladigan sil bilan kasallangan edi. Ammo baribir loyihani buyurtma qilishga va amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Va u yana bir necha yil yashadi.

Sovet hukumati davrida cherkov vayron qilindi: gumbazlar va xochlar sindirilgan, ichkarisida restoran tashkil etildi. 60-yillarda binoni deyarli 30-yilga butunlay tashlab qo‘yishdi. 1988-yilda hammasi tiklandi.

Bu Qrimning janubiy sohilidagi eng chiroyli ibodatxonalardan biridir. U balandligi 400 metr bo‘lgan qoyanining chekkasida joylashgan va undan dengiz va shaharning panoramik ko‘rinishi ochiladi.

Bu yerga Forosdan avtobus qatnaydi. Yalta - Sevastopol marshruti bilan boradigan bo‘lsangiz, siz "Baydar darvozasi" bekatida tushishingiz kerak. To‘g‘ri, keyin siz toqqa piyoda chiqishingiz kerak bo‘ladi, lekin ochiladigan manzaralar shunga loyiqdir.

Yangiliklar lentasi
0