O‘zbekiston YuNESKOning yana bir konvensiyasi a’zosi bo‘ldi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaFlagi stran-uchastnikov festivalya
Flagi stran-uchastnikov festivalya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi vaqtda ushbu hujjat 148 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. O‘zbekiston ham ular qatoriga qo‘shildi.

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. 2020-yil 15-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi uchun YuNESKOning Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi konvensiyasi kuchga kirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirli matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Uzbekskiy natsionalniy tanes - Sputnik O‘zbekiston
Xorazmning Lazgisi YuNESKO ro‘yxatiga kiritildi

Konvensiya 2005-yil 20-oktabrda Parij shahrida imzolangan va 2007-yil 18-martda kuchga kirgan. O‘zbekiston Konvensiyani 2019-yil 14-oktabrda ratifikatsiya qilgan. Hozirgi vaqtda hujjat 148 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Konvensiyaning asosiy maqsadi – madaniy o‘zini ifodalashning turli xil shakllarini himoya qilish va rag‘batlantirish, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘li bilan turli madaniyatlarning o‘zaro erkin aloqa qilishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Hozirgi vaqtda mamlakatda konvensiyaning asosiy qoidalarini hayotga tatbiq etish uchun tegishli chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, Maqom san’ati xalqaro forumi, Xalqaro baxshichilik san’ati festivali o‘tkazilishi bunga yaqqol misol bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0