Lola Yo‘ldosheva otasi bilan bo‘lgan so‘nggi muloqotni esga oldi

© instagram / lolaofficial_Uzbekskaya pevitsa Lola Yuldasheva
Uzbekskaya pevitsa Lola Yuldasheva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lolaning so‘zlariga ko‘ra, otasi juda yaxshi, iqtidorli va o‘ta baland didli inson bo‘lgan. Ularning so‘nggi so‘zlashuvi nima haqda kechganini - materialimizda o‘qing.

TOShKENT, 14-may - Sputnik. O‘zbekistonlik xonanda Lola Yo‘ldosheva otasi bilan bo‘lgan so‘nggi muloqotni yodga oldi. Bu haqda xonanda Instagramda post qoldirgan.

Svadba Loli Yuldashevoy, foto s Ravshanom Yuldashevim  - Sputnik O‘zbekiston
Ravshan Yo‘ldoshev - o‘z davrining chinakam afsonasi edi - jurnalist xotirasi

San’atkorning Instagramdagi kuzatuvchilaridan biri unga otasi haqida so‘zlab berishni so‘ragan.

"Dadam sochlarining uchiga qadar intelligent inson edilar. U kishi juda aqlli edi. Juda saxiy va noyob iqtidor egasi. O‘ta bosiq, hamisha yoqimli mayin ovozda gapirardilar. Meni nazarimda, dunyoda u kishi javobini bilmaydigan va dono maslahat bera oladigan savolning o‘zi yo‘q edi. Men shaxsiy hayotimda ham, ijodim masalasida ham u kishiga maslahat olgani murojaat qilar edim. Dadam men suyanadigan tog‘ edilar. U kishi o‘zlarini yaxshi ko‘rardilar, hamisha e’tibor qaratardilar, hamisha yaxshi kiyinib yurardilar, didlari juda nozik va baland edi... Dadam ko‘z yoradigan mahalimda albatta yonimda bo‘lishga va’da bergandilar va men u kishining kelishlarini intiqlik bilan kutayotgan edim... Dadam bilan oxirgi u kishining vafotlaridan bir kun oldin gaplashganman... Hech birimiz o‘shanda bu so‘nggi suhbatimiz ekanligini hatto xayolimizga keltirmaganmiz", - deb hikoya qilgan Lola.

Eslatib o‘tamiz, Lola Yo‘loshevaning otasi Ravshan Yo‘ldoshev 2020-yil 30-mart kuni vafot etgan edi. 

Yo‘ldoshev afsonaviy Tarona Records studiyasi asoschisi, shuningdek, xonanda Zilola Musayeva (Shaxzoda)ning sobiq turmush o‘rtog‘i. 

Yangiliklar lentasi
0