Anqara va Istanbulda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

© SputnikDni kulturi Uzbekistana v Tadjikistane
Dni kulturi Uzbekistana v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya keng jamoatchiligini O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi bilan tanishtirish maqsadida Anqara va Istanbul shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Turkiyaning Anqara va Istanbul shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkaziladi. Bu masala O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavushog‘lu o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi.

Uchrashuvda siyosiy-diplomatik, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va xavfsizlik sohalaridagi ikki tomonlama sheriklikning yuqori darajasi, shuningdek, ikki mamlakat manfaatlariga mos keladigan barcha yo‘nalishlardagi hamkorlik qo‘lami yuqori sur’atlar bilan o‘sib borayotganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Madaniy-gumanitar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

“Turkiya keng jamoatchiligini O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi bilan tanishtirish maqsadida Anqara va Istanbul shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazish rejalari muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.

Joriy yilning 19-20 fevral kunlari yuqori darajada bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston – Turkiya” strategik hamkorlik Kengashining birinchi yig‘ilishi mamlakatlararo hamkorlikning rivojlanishida boshlangan yangi bosqichni ifoda etganligi ham ta’kidlandi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Tursiyu s vizitom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Turkiya pandemiyaga qaramay o‘zaro savdoni 5 mlrd dollarga yetkazishni tasdiqladi

Ikkala davlatning umumiy manfaatlari va tashabbuslarini ilgari surish maqsadida yaqin vaqtlarda Strategik rejalashtirish guruhining 2-yig‘ilishini va ikki mamlakat tashqi siyosiy idoralari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqildi.

Turkiya tomoniga pandemiyaga qarshi kurashda bir necha bor ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Turkiya pandemiyaning ta’siriga qaramay, o‘zaro savdo hajmini qisqa muddatda 5 mlrd dollarga yetkazishga kelishib olgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0