SamDU 600 yoshni nishonlashga tayyorlanmoqda

© SputnikUniversitetskiy bulvar v Samarkande
Universitetskiy bulvar v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand DU yoshini 600-yil etib belgilash uni universitetlar jahon reytingi ro‘yxatida munosib o‘rin egallashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Samarqand Davlat Universiteti 2020-yilning 21-sentabrida 600-yilligini nishonlashga tayyorlanmoqda. Bu haqida Sputnik muxbiriga muassasa matbuot xizmati xabar qilgan.

V Uzbekistane nachinayetsya priyem detey v shkoli po dopkvote - Sputnik O‘zbekiston
SamDU huzurida fizika-matematikaga ixtisoslashgan maktab ochildi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, bundan 600-yil oldin 1420-yilda Samarqanlla Ulug‘bek madrasai oliyasi tashkil qilingan. Olimlar aniqlashiga ko‘ra Ulug‘bek madrasasida universitetlarda o‘tilayotgan fanlarning barchasi o‘tilganini, bilimlar yozuvlarga asoslangan bo‘lganini va hayotning ko‘plab sohalarini qamrab olgani tasdiqlangan.

Mirzo Ulug‘bek madrasasi o‘zining ko‘lami, salohiyati va oliy maqomi bilan Sharqda juda tez shuhrat qozondi. Madrasa turli fan sohalarini qamrab olishi, ilmiy ishlar ko‘lamining kengligi va olamshumulligi, dunyoviy ilmlarning o‘qitilish darajasi, olimlarining mashhurligi bilan tubdan farq qilar edi.

Madrasaviy bilimlar tizimi uzuluksiz jarayon sifatida 20-asr boshiga qadar davom etdi. Sovet davrida Samarqandda oliy ta’lim tizimi bir necha bosqichdan o‘tib 1933-yilning 30-yanvarida Samarqand Davlat universiteti tashkil etildi.

Zdanie Natsionalnogo universiteta Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston
Milliy universitet va SamDU dunyoning eng nufuzli 500ta OTMlari ro‘yxatiga kiritiladi

O‘zbekiston ta’lim tizimi shakllanishi va rivojlanishini milliy madaniyatimizning o‘rta asrlardagi yutuqlari va o‘sha davrlardagi madrasa – ta’lim muassasalari tarixi bilan bevosita bog‘liq. Tarixiylik, manbaviylik, madaniyatimiz tarixida madrasa – universitet tizimi davrlar kesimida oliy ta’limning Samarqand zaminida uzuluksiz davomiyligiga asos bo‘la oladi. 

Ushbu omillar Samarqand davlat universiteti Mirzo Ulug‘bek asos solgan madrasai oliya davomchisi deb xulosa berishga imkoniyat berdi.

Universitet yoshini 2020-yil 21-sentabrda 600-yilligini nishonlash taklifini yurtimizning ko‘plab mutaxasis olimlari oliygoxlari tomonidan qo‘llab quvvatlandi, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, Samarqand DUning yoshini 600-yil etib belgilash O‘zbekiston ta’lim tizimining qadimiy ekanligini e’tirof etish bilan bir qatorda, uni universitetlar jahon reytingi ro‘yxatida munosib o‘rin egallashiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

 

Yangiliklar lentasi
0