Jahongir Otajonov kutilmaganda san’atni tark etdi. U muxlislarga videomurojaat yo‘lladi

Obuna bo‘lish
Mana va nihoyat, Allohni irodasi bilan o‘zimni 1-2 yildan beri qiynab kelayotgan savollarga ushbu daqiqalarda javob topdim, deb o‘ylayman, deya boshlagan muxlislariga murojaatni Otajonov.

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. O‘zbek musiqa sohasining yorqin yulduzlaridan biri, xorazmlik xonanda Jahongir Otajonov musiqachilikdan voz kechish qarorini qabul qildi.

Fontan iz deneg lishil Jaxongira Atadjanova litsenzii - Sputnik O‘zbekiston
"Dollar fontanida cho‘milaver": Jahongir Otajonovga litsenziyasi qaytarildi

Xonanda o‘zining ushbu qarorini Instagram orqali qilingan video-murojaatda e’lon qilgan.

" <>...Mana va nihoyat, Allohni irodasi bilan o‘zimni 1-2 yildan beri qiynab kelayotgan savollarga ushbu daqiqalarda javob topdim, deb o‘ylayman. O‘zim yaxshi ko‘rgan, meni shuncha darajaga yetkazgan, xalqimizni orasida ozmi-ko‘pmi obro‘ e’tibor qozontirgan musiqachilik kasbim bilan Alloh uchun, shariatimizga to‘g‘ri kelmagani uchun voz kechishlikni jur’at qildim", - deydi xonanda.

Xonanda yillar davomida uni olqishlab, ashulalarini eshitib kelgan barcha muxlislariga minnatdorlik bildirgan.

U shuningdek, ijodidan norozi bo‘lgan yurtdoshlarni ham esga olgan va ulardan undan rozi bo‘lishlarini so‘rab qolgan.

Otajonov, bundan keyin unga musiqachilik bo‘yicha savollar bilan bezovta qilmasliklarini va muxlislardan uning qo‘shiqlarini qayerda ko‘rishsa, o‘sha joydan o‘chirib tashlashlarini so‘rab qolgan.

Yangiliklar lentasi
0