O‘zbekistonda kitobxonlik madaniyati rivojlantiriladi

© Foto: pixabay.comDevushka chitayet knigu
Devushka chitayet knigu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarorga ko‘ra, 2021-yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasi “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilandi.

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Hukumat qarori bilan 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlandi.

Aholi, avvalo, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga ko‘maklashish, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop etishni qo‘llab-quvatlash Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Dastur quyidagi 3 bosqichda amalga oshiriladi:

  • birinchi bosqich – 2020-2021 yillarda  kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • ikkinchi bosqich – 2022-2023 yillarda kitobxonlikka oid infratuzilmani mustahkamlash;
  • uchinchi bosqich – 2024-2025 yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish, ularning intellektual salohiyati o‘sishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilash.

Qarorga ko‘ra, 2021-yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasi “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan tasdiqlangan Dasturni 2020-2021 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, nashriyotlar tomonidan yozuvchilarga ajratiladigan gonorar masalasini takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0