Tojikistondan O‘zbekistonga sement yetkazib berish 16 baravarga oshdi

© Sputnik / Yevgeniy Kozirev / Mediabankka o‘tishSementniy zavod
Sementniy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan davr mobaynida jami 322 ming tonna sement eksport qilingan bo‘lib, O‘zbekistonga 172 ming tonna, Afg‘onistonga 131 ming tonna va Qirg‘izistonga 19 ming tonna sement eksport qilingan

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Tojikiston oxirgi bir yil ichida eksport hajmini ikki baravarga oshirdi. Joriy yilning dastlabki uch oyi davomida Tojikistonda 774 ming tonna sement ishlab chiqarildi, deb yozadi Sputnik Tojikiston mamlakat sanoat va yangi texnologiyalar vazirligiga tayanib.

Zavod jelezobetonnix izdeliy - Sputnik O‘zbekiston
"Yevrotsement grupp" O‘zbekistonda yangi sement zavodi quradi

Bu 2017-yilning yanvar-martidagiga qaraganda 348 ming tonnaga ko‘pdir.

O‘tgan davr mobaynida jami 322 ming tonna sement eksport qilingan bo‘lib, O‘zbekistonga 172 ming tonna, Afg‘onistonga 131 ming tonna va Qirg‘izistonga 19 ming tonna sement eksport qilingan.

O‘zbekistonga sement yetkazib berish 162 ming tonnaga (o‘sish 16,3 baravar), Qirg‘izistonga 16,8 ming tonnaga (6 baravar) oshgan bo‘lsa, Afg‘onistonga yetkazib berish hajmi 10,6 ming tonnaga (8,8%) kamaygan.

Yangiliklar lentasi
0