Ekspertlar sanksiyalarning Rossiya-O‘zbekiston munosabatlariga ta’siri haqida fikr bildirdi

© Sputnik / Mixail KlimentyevFlagi Rossii i Uzbekistana
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida Rossiya bilan tovar almashish bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Expo-Russia Uzbekistan tashkiliy qo‘mitasi raisi David Vartanov va O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov Sputnik muxbiri bilan suhbatda sanksiyaviy urushlarning O‘zbekiston-Rossiya munosabatlariga ta’siri xususida fikr bildirdilar.

David Vartanovning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar Rossiya va O‘zbekiston munosabatlariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, zero ikki davlat rahbarlari mamlakatlar strategik hamkorlar ekanligini bayon etishgan.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yil oxiriga qadar Rossiya korxonalari soni mingdan oshadi

"Biz hech qanday to‘siq ko‘rmayapmiz. Sanksiyalar balki, aksincha, O‘zbekiston va Rossiyadek do‘st mamlakatlarning o‘zaro munosabatlarini yanada yaxshilaydi, chunki tashqi muammolar yuzaga kelganida ichki muammolar faolroq yechiladi. Menimcha bu rivojlanishga xizmat qiladi, zero har ikki davlat yirik o‘zaro manfaat mavjudligini anglab turibdi va joriy yilning dastlabki ikki oyida tovar almashish hajmining 50%ga ortishi ko‘p narsadan darak beradi. Istiqbol ulkan va menimcha, sanksiyalar ta’sir ko‘rsatmaydi", — dedi Vartanov.

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov hech qanday sanksiya mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishini to‘xtata olmaydi va keyingi yil davomida savdo-iqtisodiy munosabatlarning o‘sishi bundan guvohlik berib turibdi deb hisoblaydi.

© SputnikPredsedatel orgkomiteta Expo-Russia Uzbekistan David Vartanov i perviy zampredsedatelya TPP Islom Jasimov
Predsedatel orgkomiteta Expo-Russia Uzbekistan David Vartanov i perviy zampredsedatelya TPP Islom Jasimov  - Sputnik O‘zbekiston
Predsedatel orgkomiteta Expo-Russia Uzbekistan David Vartanov i perviy zampredsedatelya TPP Islom Jasimov

"Tovar almashish ko‘rsatkichlari sanksiyalar munosabatlarimiz rivojlanishiga hech qanday to‘siq bo‘lmaganligining javobidir. Fikrimcha, bu yil ayniqsa atom energetikasi va kosmik sohada hamda qishloq xo‘jaligi, sarxil va qayta ishlangan meva-sabzavotlar eksportida yanada yuksak muvaffaqiyatlarga erishamiz", — qayd etdi Jasimov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida Rossiya bilan tovar almashish bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi. 2017-yil yakunlariga ko‘ra tovar almashish hajmi 3,6 milliard dollarni tashkil etdi va 33,9%ga oshdi.

Shu yilning yanvar-fevral oylarida tovar almashish hajmi 50,2%ga oshdi va qariyb 600 million dollarni tashkil etdi. Rossiya eksporti 59,7%, importi 28,1%ga oshdi.

Yangiliklar lentasi
0