Rossiya va O‘zbekiston g‘aznachiligi vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

© Federalnoe kaznacheystvo RossiiV Tashkente obsudili voprosi sovershenstvovaniya kaznacheyskix sistem Rossii i Uzbekistana
V Tashkente obsudili voprosi sovershenstvovaniya kaznacheyskix sistem Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda Rossiya va O‘zbekiston g‘aznachiligi mutaxassislari davlat daromadi rejasini tuzish va prognoz qilish, g‘aznachilik tizimini daromad yig‘ish jarayonini boshqaruvchilari bilan integratsiya qilish masalalarini muhokama qilshdi.

TOShKENT, 25 apr – Sputnik. Toshkentga 23-aprel kuni Rossiya Federal g‘aznachiligi delegatsiyasi keldi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.

Aleksandr Mixaylik boshchiligidagi Rossiya Federal g‘aznachiligi delegatsiyasi Toshkentda o‘zbekistonlik hamkasabalari bilan g‘aznachilik tizimining samaradorligini oshirish, zamonaviylashtirish, budjetni bajarish mexanizmlari hamda Rossiya g‘aznachiligi va O‘zbekiston Moliya vazirligi orasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdi.

Krasivie nomera na avtomobil v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
"Chiroyli" avtoraqamlar O‘zbekiston g‘aznasiga qancha daromad keltirgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston G‘aznachiligi boshlig‘i D.N. Sattarov  ikki mamlakat orasida hamkorlikning muhim ekanligini qayd etdi.

Mehmonlar Rossiyada g‘aznachilik tizimining rivojlanishi hamda ushbu tizimning davlat budjetini to‘ldirishdagi muhim roli  haqida so‘zlab berishdi.

Shuningdek, g‘aznachilik mutaxassislari o‘zbekistonlik hamkasabalari bilan davlat daromadi rejasini tuzish va prognoz qilish, g‘aznachilik tizimini daromad yig‘ish jarayonini boshqaruvchilari bilan integratsiya qilish masalalarini muhokama qilshdi.

Yangiliklar lentasi
0