O‘zbekiston Tomsk viloyatidan katta hajmda yog‘och import qildi

© Sputnik/Viktor TolochkoDozimetricheskiy kontrol drevesini
Dozimetricheskiy kontrol drevesini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomsk viloyatidan yog‘och eksport qilish bo‘yicha O‘zbekiston Xitoydan o‘zib ketdi.

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. 2018-yil yakuniga ko‘ra, Rossiyaning Tomsk viloyatidan eksport qilingan yog‘och hajmi bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘ringa chiqdi, deb xabar qilmoqda RIA Tomsk.

“Tomsk viloyatidan eksport qilingan jami yog‘och va yog‘och materiallarning 43% O‘zbekistonga to‘g‘ri keldi, 35 %esa – Xitoyga eksport qilingan”, - deyilgan xabarda.

“Oldin Tomsk viloyati yetishtirilgan yog‘och materiallarining 90 %ini Xitoyga eksport qilar edi, lekin so‘nggi 3-yil davomida O‘zbekiston sotib olish hajmini keskin oshirdi”, - deydi Rosselxoznadzor hududiy vakili Vladislav Azarenko.

Shuningdek viloyatdan Qirg‘iziston va Qozog‘istonga ham katta hajmda yog‘och eksport qilingani qayd etildi. Rosselxoznadzor vakilining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda viloyatdan dumaloq yog‘och olib chiqish hajmi kamayib, tayyor kesilgan yog‘och materiallar olib chiqish hajmi oshmoqda.

Yangiliklar lentasi
0