O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi ortdi

© GM UzbekistanKompaniya GM Uzbekistan predstavila novuyu Malibu Turbo v eksklyuzivnom svete
Kompaniya GM Uzbekistan predstavila novuyu Malibu Turbo v eksklyuzivnom svete - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat statistika qo‘mitasi 2019-yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasining sanoat ishlab chiqarishi haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi.

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. 2019 yilning yanvar oyida O‘zbekistonda 17466 dona yengil avtomobillari ishlab chiqarildi, bu 2018-yilning shu davriga nisbatan 38,8 foizga ko‘pdir. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga asosan.

Prezentatsiya novoy Lada Granta  na zavode «AvtoVAZ” v Tolyatti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiyadan eng ko‘p avtomobil import qiluvchi mamlakatlar uchligiga kirdi

Hisobotda qayd etilishicha, yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi ham ortib, 367 donani tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davrida esa 177 dona yuk avtomobili ishlab chiqarilgan edi. Bu esa joriy yilda 2,1 baravarga ko‘p degani.

O‘zbekistonda joriy yil yanvarda 74 dona avtobus ishlab chiqarildi, bu esa 2018-yilning mos davriga nisbatan 1,9 baravar ko‘pdir.

Shuningdek, 2019-yil yanvar oyida O‘zbekistonda avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish hajmi 16428 donani tashkil etdi. 2018-yil yanvar oyi (9223 dona) bilan taqqoslaganda o‘sish sur’ati 78,1 foizga teng.

Yangiliklar lentasi
0