O‘zbekiston yanvar oyida benzin ishlab chiqarishni necha foizga qisqartirdi?

© Sputnik / Taras Litvinenko / Mediabankka o‘tishNa avtozapravochnoy stansii
Na avtozapravochnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining tog‘- kon sanoati va ochiq konlarni ishlashda yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi.

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. O‘zbekiston 2019-yil yanvar oyida benzin ishlab chiqarishni 2018-yilning mos davriga nisbatan 31,8 foizga qisqartirdi. O‘zbekiston 2019-yil yanvarida 71,6 ming tonna benzin ishlab chiqargan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga asosan.

Rabota RPK Visosk-Lukoyl-II - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Erondan neft mahsulotlari sotib olish masalalarini muhokama qilmoqda

O‘zbekistonda 2019-yil yanvar oyida 81,7 ming tonna dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarildi. Bu 2018-yilning shu davriga nisbatan 14,2 foizga ko‘pdir.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2019-yil yanvar oyida neft qazib olishni 2018-yilning shu davri bilan taqqoslaganda 5 foizga kamaytirdi - 60,6 ming tonna.

O‘zbekiston 2019-yilning yanvarida 5,24 milliard kub metr tabiiy gaz qazib oldi, bu 2018-yilning shu davriga nisbatan 2,9 foizga ko‘pdir.

Shuningdek, davlat 2019-yil yanvarida 185,4 ming tonnadan ziyod gaz kondensati ishlab chiqardi, bu 2018-yilga nisbatan 0,3 foizga kam.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda muntazam ravishda benzin va neft mahsulotlarining boshqa  turlari tanqisligi yuzaga kelmoqda. Neft asosan Rossiyadan temir yo‘l transporti orqali keltiriladi, bu esa uning tannarxini oshiradi. Yanvar oyining oxirida O‘zbekiston Erondan neft mahsulotlari sotib olish masalalarini muhokama qilishni boshladi.

Yangiliklar lentasi
0