Samsung bilan hamkorlikda Sirdaryoda yirik korxona quriladi

© Sputnik / Igor Katayev / Mediabankka o‘tishXimicheskie udobreniya
Ximicheskie udobreniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zkimosanoat" va Samsung Sirdaryo viloyatida umumiy qiymati 600 million dollar bo‘lgan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi zavod qurishi ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. "O‘zkimosanoat" aksiyadorlik jamiyati va Janubiy Koreyaning Samsung Engineering kompaniyasi Sirdaryo viloyatida umumiy qiymati 600 million dollar bo‘lgan karbamid va ammiak ishlab chiqaruvchi yirik korxona qurishi ma’lum bo‘ldi.

Muzlatgichlar ishlab chiqarilishi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda «Samsung» muzlatgichlari ishlab chiqariladi

Seshanba kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga bo‘lgan tashrifi doirasida ushbu zavod qurilishi mo‘ljallanayotgan maydonni ko‘zdan kechirdi. Yangiyer tumanida joylashgan ushbu zavod yiliga 400 ming tonna ammiak va 600 ming tonna karbamid ishlab chiqaradi.

Prezident zavod qurilishi uchun juda qulay joy tanlanganini, bu yerda tabiiy gaz manbai, elektr va suv ta’minoti tarmoqlari, avtomobil va temir yo‘llar borligini qayd etdi.

“Sirdaryodagidek qulay infratuzilma hech qayerda yo‘q. Bunday imkoniyat zavodni qurish va barqaror ishlatishda qo‘l keladi, investorlarning qiziqishini oshiradi. Bu juda rentabelli, istiqbolli loyiha”, - dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Eslatib o‘tamiz, “O‘zkimosanoat” kelasi yilda Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industries kompaniyasi bilan birgalikda “Navoiazot” korxonasi asosida yana bir yirik mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi korxona qurishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0