Qozog‘iston O‘zbekistonda neft quvuri qurishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Mixail Grachev / Mediabankka o‘tishMagistralniy nefteprovod
Magistralniy nefteprovod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi quvur orqali O‘zbekistonga yiliga 5 million tonnagacha neft yetkazib berish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Qozog‘iston O‘zbekistonga "Shimkent-Jizzax" neft o‘tkazgichini qurishni rejalashtirmoqda, dedi qo‘shni mamlakat energetika vaziri o‘rinbosari Bolat Akchulakov.

Ayni damda neft quvurini qurish ishlari boshlanmgan. Qurilishi Jizzaxda neftni qayta ishlash zavodi ishga tushganidan keyin boshlanishi rejalashtirilgan.

“Biz ayni damda Jizzaxda qurilayotgan neftni qayta ishlash zavodining texnik xususiyatlariga bag‘ishlangan muzokaralar o‘tkazdik”, - deb vazir o‘rinbosarining so‘zlarini keltiradi "Kazinform".

Qozog‘iston va O‘zbekiston orasidagi neft quvuri tashqaridan mablag‘ jalb qilish evaziga quriladi. Undan koreyaning Eksimbanki, Xitoyning Davlat rivojlanish banki, “Gaprombank” va “Kredit Sviss” banklari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Aytish joizki, bugungi kunda Jizzaxda neft zavodi qurish – loyiha bosqichida.

Yangiliklar lentasi
0