Rossiyadan O‘zbekistonga qancha pul o‘tkazildi?

© Sputnik / Igor ZaremboPosetitel v operatsionnom zale ofisa banka
Posetitel v operatsionnom zale ofisa banka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yilning birinchi choragida Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha O‘zbekiston Shveysariyadan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi.

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Rossiyadan xorijga pul o‘tkzmalari hajmi bo‘yicha O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni egalladi deb xabar qildi Markaziy bank.

Punkt obmena valyut - Sputnik O‘zbekiston
O‘tgan yilda Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmi oshdi – Markaziy bank

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 818 million dollari yuborilgan. Shuningdek, Tojikistonga – 462 mln., Qirg‘izistonga – 453 mln., Armanistonga – 194 mln., dollar, Qozog‘istonga – 137 mln., dollar jo‘natilgan.

Eng ko‘p mablag‘ esa – Shveysariyaga yuborilgan – 1,3 milliard dollar.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonga yuborilgan 818 million  dollardan 340 millionini Rossiya fuqarolari, 478 millionini esa - O‘zbekiston va boshqa davlat fuqarolari yuborgan. Yuborilgan mablag‘ning o‘rtacha qiymati – 349 dollarni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir oy oldin Rossiya banklari Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Vyetnamga pul o‘tkazmalar hajmini cheklab qo‘ygan edi. Bundan maqsad – ushbu davlatlar bilan biznes yuritayotgan tadbirkorlarning noqonuniy harakatlarini cheklash.

Mehnat vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga mehnat migrantlari tomonidan yuborilayotgan mablag‘lar hajmi 2021-yilga kelib 7,2 milliard dollargacha oshishi mumkin. Bugungi kunda yiliga o‘rtacha 4 milliardni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0