Fransiyaning Orano kompaniyasi O‘zbekistonda uran qidirish bilan shug‘ullanadi

© Sputnik / Yevgeniy YepanchinsevDobicha prirodnogo urana na mestorojdenii Xiagdinskogo rudnogo polya
Dobicha prirodnogo urana na mestorojdenii Xiagdinskogo rudnogo polya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston oldin xorijiy investorlarga bermagan qumli uran konlaridan Fransiya kompaniyasi bilan birgalikda foydalanadi.

TOShKENT, 19-iyun – Sputnik. Fransiyaning Orano Mining S.A kompaniyasi Navoiy viloyatida uran konlarini qidirish va qazib olish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil qiladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, O‘zbekiston Davlat geologiya qo‘mitasiga asosan.

"Orano va Davlat Geologiya qo‘mitasi uran konlarini qidirish va uran qazib olish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil qiladi. Ushbu korxonani tashkil qilish bo‘yicha kelishuv loyihasi tayyorlandi”, - dedi Geologiya qo‘mitasi vakili.

Xabarda aytilishiga ko‘ra qo‘shma korxona iyul oyining oxiriga qadar tashkil qilinadi.

Geologiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra qo‘shma korxona geologiya qidiruv ishlarini Navoiy viloyatida joylashgan Shimoliy va Janubiy Jengeldi hamda Yangiquduq konlarida olib boradi. Ijobiy natijaga erishilgan taqdirda – uran qazib olish va uni sotish bilan shug‘ullanadi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s premyer-ministrom Indii - Sputnik O‘zbekiston
Hindistonga uran yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzolandi

Qo‘shma korxona tashkil qilish shartiga ko‘ra, uning ustav kapitali 34,5 million dollarni tashkil qiladi. Undan 51 % Orano ulushi va 49% Davlat Geologiya qo‘mitasining ulushi bo‘ladi.Ushbu shartnoma bo‘yicha ilk qadam o‘tgan yili Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga bo‘lgan tashrifi davomida qo‘yilgan edi.

O‘zbekiston Davlat Geologiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, respublikada aniqlangan uran zahiralari miqdori 190 ming tonnani tashkil qiladi. Undan 140 ming tonnasi – qumloq uran konlaridir, 47 – ming tonnasi qora slanes uran konlari. Qazib olish osonroq bo‘lgan qumloq uran konlari oldin xorijiy sarmoyadorlarga taklif qilinmas edi. Ushbu konlar O‘zbekistonda uran qazib olish huquqiga ega bo‘lga yagona korxona - Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati zahiralari tarkibiga kiradi.  

Prezident Ukraini P. Poroshenko posetil Rovenskuyu AES - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Janubiy Koreyaga uran yetkazib beradi

So‘nggi bir necha yil davomida O‘zbekiston hukumati xorijiy sarmoyadorlarni qora slanesli uran konlaridan uran qazib olishga chorlashga harakat qildi, lekin muvaffaqiyatga erisha olmadi. Bunday uran qazib olish uchun katta investitsiyalar kirtish kerak.

Ayni damda O‘zbekiston qazib olingan barcha uran rudasini eksportga yuboradi. Xususan 2019-yil yanvarida O‘zbekiston va Hindiston orasida uran yetkazib berish bo‘yicha 200 mln dollarlik shartnoma imzolangan edi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda dunyoning faqat 16ta mamlakatida uran zahiralari aniqlangan. Shunlardan biri O‘zbekiston. Eng yirik uran zahiralari: Avstraliyada – 1,6 mln tonna,  Qozog‘istonda – 745 ming tonna,  Kanadada – 509 ming tonna, Rossiyada – 507 ming tonna.

Yangiliklar lentasi
0