O‘zbekiston Qozog‘istondan elektr energiyasini sotib olishni boshladi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedach, arxivnoe foto
Linii elektroperedach, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uzoq yillar davomida birinchi marta Qozog‘iston O‘zbekistonga elektr energiyasini eksport qila boshladi. Iyun oyi oxiridan 17-iyulgacha O‘zbekistonga 145 mln kVt-soat elektr energiya eksport qilingan.

TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. Iyun oxiridan, uzoq yillar davomida birinchi marta Qozog‘iston O‘zbekistonga elektr energiyasini eksport qila boshladi. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vazirligi xabar berdi.   

Ikki davlatning vakolatli tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan bitimga ko‘ra, 2019-yil davomida O‘zbekiston energetika tizimiga 1 mlrd kVt-soatdan oshiqroq elektr energiyasi eksport qilinadi. O‘zbekistonga elektr energiyasi eksportini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri Qozog‘istonning ichki ehtiyojini ta’minlash  hisoblanadi. 

 GRES - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo davlatlari yagona elektr energiya bozorini yaratishadi

“Qozog‘iston iste’molchilarini elektr ta’minoti bilan uzluksiz va ishonchli ta’minlash uchun avariyaga qarshi avtomatikani sozlash bo‘yicha tadbirlar majmuasi va texnologik qoidabuzarliklar vaziyatida o‘zbekistonlik iste’molchilar uchun cheklovlar kiritish ko‘zda tutilgan”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lum bo‘lishicha, elektr energiyasini yetkazib berish boshlangan va iyun oyi oxiridan 17-iyulgacha O‘zbekistonga 145 mln kVt-soat elektr energiyasi eksport qilingan. 

Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston elektr energiyasini yetkazishi Qozog‘istondagi elektr stansiyalarni modernizatsiyalash, rekonstruksiyalash va kengaytirish hisobiga elektr quvvatlaridagi profitsit evaziga mumkin bo‘lgan. 

Xabarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiqni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar nafaqat elektr energetikasi sohasida, balki iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham o‘zaro manfaatli hamkorlikka xizmat qilishi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasini sota boshlashi haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0